Ekskursiyalar o‘tkazish metodlari


Download 49 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi49 Kb.
#1316177
1   2   3
Bog'liq
Har bir guruh uchhun ekskursiya o\'tkazish rejasini tuzish

Ko`rganlarni taqqoslash metodi - bu ko`rilayotgan obektni boshqa obektlar bilan taqqoslashdir. Bu yerda obektning ham o`xshash tomonlari va ham o`ziga xos xususiyatlari taqqoslanadi. Taqqoslash so`zda, ko`rganlarda va hatto xayolan bo`lishi mumkin. Masalan, boshqa shaharlarda joylashgan mashhur obektlar bilan taqqoslash.Taqqoslash ifodali bo`lishi kerak, shundagina sayyohlar uni eslab qolishadi.
Taqqoslash metodini qo`llash sayyohlarga masalan, obektning o`lchami, shakli, rangi va boshqa xususiyatlarini konkret tasavvur etishga imkon beradi.
Taqqoslash bilishning universal vositasidir. K.D.Ushinskiy shunday degan «Dunyodagi barcha narsani biz taqqoslash orqali bilib olamiz. Oldimizda yangi predmet tursayu, biz uni biror narsaga tenglashtira olmasak, farqlay olmasak, biz bu predmet haqida hech narsa deya olmasdik».
Gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalarni ko`rsatish metodik usuli yordamida ekskursiya jarayonidagi ko`rish qatorida paydo bo`ladigan «bo`shliqlar» to`ldiriladi. Bu vositalar ekskursiya obektlari joyini olmaydi, ular qo`shimcha o`rganish manbai hisoblanib, aniq voqealar, tarixiy hodisalarni qayta tiklashga yordam beradi. Bu metod ko`rish orqali rekonstruksiyalash va voqealarni lokalizatsiyalash metodlari bilan birlashab ketadi(buzilib ketgan madrasa, masjidlarning oldingi rasmlari ko`rsatiladi.Masalan, Imom al-Buxoriy madrasasi). So`zli rekonstruksiya qanchalik kuchli bo`lmasin ko`rgazmali vositalarsiz obektni tasvirlash qiyin bo`ladi.
Geografik ekskursiyalarda paleontologik namunalar ko`rgazmali vosita sifatida ishlatiladi. Namunalarni oldindan saralab, keyin material tayyorlash kerak(fauna, flora).
Obektni unga o`rnatilgan memorial taxta bilan ko`rsatish metodik usuli ham ekskursiyada ko`p ishlatiladi. Avval obektning o`zi ko`rsatilib, tahlil qilinadi. Qo`shimcha vositalar sifatida ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodidan foydalanish mumkin(ekskursiya obekti o`zgarishlarni boshdan kechirgan bo`lsa).Keyinchalik esa voqealar xotirlanib, memorial taxta qo`yilganligi aytib o`tiladi. Memorial taxta haqida hikoya qilish kerakmi, yo`qmi mutaxassislarning fikri har xil. Buni gid ekskursiya jarayonida vaziyatdan kelib chiqqan holda hal qilishi lozim.
Obektni avtobus harakati paytida ko`rsatish. Avtobusli ekskursiya hozirda eng ko`p tarqalgandir. Gid obektlarni harakatda shunday hikoya qilib berishi kerakki,ular sayyohlar xotirasiga muhrlanib qolsin.Bu albatta oson ish emas.Obektlar sayyohlar nazaridan sanoqli soniyalarda o`tib ketadi, shuning uchun ularning etiborini oldindan jalb qilish zarur. Sayyohlar obektni ko`rishidan avval, u haqida umumiy malumotlarni oldindan berib borish kerak.Obektni nimalar atrofida ko`rishlarini, uning asosiy belgilarini aytib, sayyohlarni tomosha qilishga yo`naltirish lozim.Bu yerda ekskursiyaning “ko`rsatishdan xikoya qilishga” qonuni buzilgandek ko`rinadi. Lekin bu ekskursiya amaliyotidagi kam uchraydigan holatlar va gid bunday paytda zaruriy ko`nikmalarga ega bo`lishi shart.
Panoramali ko`rsatish- bu sayyohlarga aniq bir nuqtadan bir nechta obektlarni umumiy tanishtirishdir. Panoramali ko`rsatish asosan tabiat yon bag`rida tashkil etilgan ekskursiyalarda foydalaniladi. Masalan, tog`larda maxsus shunday ekskursiyalar rejalashtiriladiki, u bir nuqtadan tog`lar cho`qqisi zanjiri ko`rinadigan joylarga tugaydi.
Obektning oldida harakatlanish- memoriy ansambllarni, maydonlarni, tabiat komplekslarini tomosha qilishda foydalaniladi. Bu sayyohlarga obektning alohida xususiyatlarini yaxshilab o`rganish imkonini beradi. Bazida buni bir nuqtadan qilish qiyin bo`ladi.
Obekt oldida harakatlanish sayyohlarga o`sha davr voqealariga qatnashayotganlik hissini beradi.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling