Eksperiment natijalari ustida ishlash reja: Eksperiment va uning turlari
Eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash
Download 22.94 Kb.
|
EKSPERIMENT NATIJALARI USTIDA ISHLASH
3. Eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash
Rejada belgilangan tayyorgarlik va ta’minot ishlari bajarilgandan keyin eksperiment o‘tkaziladi. Eksperimentni turi, o‘tkazish usuli, strukturasi va davom etish vaqti quyilgan maqsad, rejada qayd etilgan ssenariy bilan belgilanadi. Agarda hal etuvchi eksperiment o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda oldindan ishlab chiqilgan g‘oya yoki gipoteza uzil kesil isbotlanadi yoki, aksincha, tasdiqlanmasligi mumkin. Yana bir turdagi eksperimentda noma’lum bo‘lgan xossa, doimiylik (konstanta), qiymat aniqlanadi. Bunday natijani har tomonlama tahlil qilish fanda yangilikni kashf qilishga olib keladi. Eksperimentdan olingan ma’lumotlar o‘qish uchun qulay bo‘lgan yozuv va sxema shakllariga( tavsif, jadval, grafik, formulalar ko‘rinishiga) keltiriladi. Bu olingan natijani oldingi empirik ma’lumotlar bilan aniqroq taqqoslash va baholash imkoniyatini beradi. Eksperiment o‘z nihoyasiga yetgandan keyin, qo‘lga kiritilgan natijalarni tekshirish va qayta ishlash zaruriyati tug‘iladi. Eksperimentdan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash barcha raqamlarni,shu jumladan, monitoring natijalarini tartiblashtirishdan iborat bo‘lgan amalni bildiradi. Jami o‘zgaruvchan miqdorlar fizik o‘lchamlarning yagona birliklari tizimiga mos ravishda baholanishi lozim. Eksperimentning miqdoriy ko‘rsatkichlarini qayta ishlashda 3 ta statistik me’yoriy talabga rioya qilish kerak: 1) qiymatlarni baholash aniqligi (matematik tahlil yoki umumlashmalarni izlanilayotgan parametrdan chetlanishi minimal bo‘lishi); 2) baholashlarni asoslanganligi; 3) baholashni og‘ishmasligi (ya’ni, parametrlar hisoblanganda me’yordan ortiq xatoga yo‘l qo‘ymaslik) qoidalari. Eksperiment natijalarini tekshirish matematik o‘lchash nazariyasi asosida amalga oshiriladi. Eksperiment qanchalik puxta va aniq o‘tkazilmasin ba’ri-bir ma’lum nuqson yoki xatolik paydo bo‘ladi, xatoliklarning miqdoriy ko‘rsatkichlari: A) eksperiment qilinayotgan ob’ektning tarkibi; B) ob’ekt unsurlarini o‘zgarishi tezligi, uning parametrlari; V) ta’sir ko‘rsatayotgan omil yoki kuchning qiymati; D) jalb etilgan texnik asboblarning takomil darajasi bilan belgilanadi. Xatoliklarni baholash, ularga oid qiymatni chiqarish tasodif xatolar nazariyasi asosida yaratilgan matematik hisoblash metodikasi yordamida amalga oshiriladi. Xususan, zarur bo‘lgan o‘lchashlarni minimal miqdori, o‘tkazilgan o‘lchashlarni aniqligi va ishonchli bo‘lishi baholanadi, natijalarning miqdoriy jadvalida berilgan raqamlar qatori korrektirovka (to‘g‘rilash) qilinadi. Shundan keyin eksperimental ma’lumotlarni statistik qayta ishlash amalga oshiriladi, tasodif holat yoki eksperimentning nomukammal o‘lchash matodikasidan kelib chiqqan xatolar aniqlanadi, ayrimlar olib tashlanadi, olingan qiymatlar tartiblashtiriladi, tahlil qilinadi. Korrektirovka, miqdoriy va statistik qiymatlarni aniqlash amalga oshirilgandan keyin navbatdagi bosqich natijalarini taqqoslash va qayta ishlashdan iborat bo‘ladi. Agar taqqoslash va tahlil qilish natijasida keyingi umumlashtirish uchun material tayyorlansa, unda yangi xodisani ochish, qayd qilish imkoniyatini beradigan ma’lumot hosil bo‘ladi. Oqibatda tushuntirish va anglash uchun yangi ilmiy fakt paydo bo‘ladi, yangi hodisa va qonuniyatni ochishga xizmat qiladigan empirik zamin tayyorlanadi. Download 22.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling