O‘lchash o‘zgartgichlar - turlari va xarakteristikalari
O‘lchov qurilmasining asosiy qismi bu o‘lchash o‘zgartgich(O‘O‘) bo‘lib, u o‘lchanayotgan kattalikni ikkinchi bir kattalikka o‘zgartirib beruvchi qurilmadir. O‘lchash o‘zgartgichlar turli fizik kattaliklarni o‘lchash va keyinchalik o‘lchash axborotini kayta ishlash, saklash va uzatish uchun qulay shaklga o‘zgartirib berish vazifasini bajaradi. Bevosita o‘lchash ob’ektiga o‘rnatilgan o‘lchash o‘zgartgichlari majmuasi datchik deb xam ataladi.
Mashinalarni sinash IO‘Tda qo‘llaniladigan O‘O‘lar ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Mexanik.
2.Optikomexanik.
3.Pnevmatik.
4.Gidravlik
5.Elektr..
Elektr o‘lchash o‘zgartirgichlari o‘z navbatida:
1. Parametrik (passiv) va
2. Generator (faol) turlarga bo‘linadi.
Passiv o‘zgartgichlarda o‘lchanayotgan kattalik ta’siri ostida kandaydir elektr parametri (karshilik, sig‘im, induktivlik va b.) o‘zgaradi. Misol uchun, termorezistor, tenzodatchik va b. Faol o‘zgartirgichlarda esa kiruvchi kattalik ta’siri ostida o‘zgartgichning o‘zida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.)- tok xosil bo‘ladi. Masalan, taxogenerator, termopara va xokazolar. Mashina yoki uning ishchi organining mexanik yuklanganligini o‘lchash uchun tenzometrik O‘O‘ lar qo‘llaniladi.
27. Tasodifiy miqdorning sonli statistik xarakteristikalari. Eksperiment natijalari - tasodifiy o‘zgaruvchilar qatori xaqida jadval shaklida yoki grafik ko‘rinishda eng to‘liq ma’lumot beriladi. Biroq yanada ixcham shaklda, sonli tarqalish(yoyilish) xarakteristikalarini bilish muxim axamiyatga ega. Bunday xarakteristikalar matematik statistikada ikkita turga bo‘linadi:
- tarqalish(yoyilish) markazining joylashuvi, tasodifiy kattalikning eng yuqori chastota bilan takrorlanadgan oralig‘i degani. Boshqacha aytganda, bu tasodifiy o‘zgaruvchining o‘rtacha arifmetik qiymati(o‘.a.q.) bo‘lib, uning atrofida uning miqdori kamroq bo‘ladi. SHuning uchun guruhning markazida tasodifiy o‘zgaruvchining taqsimlanishining zichligi eng katta;
Do'stlaringiz bilan baham: |