Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


Sinovlarni o‘tkazish uslubiyati (metodikasi)


Download 0.77 Mb.
bet36/37
Sana18.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1211017
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
savollar aniq variant

Sinovlarni o‘tkazish uslubiyati (metodikasi). Sinovlar uslubiyati cinovlar dasturiga kirgan xar bir sinov tadbirining qay yo‘sinda, kanday tartibda va qanday texnik vositalar – o‘lchov, qayd qiluvchi va boshqa asbob uskunalar yordamida bajarilishini belgilab beruvchi meyoriy xujjatdir. Metodikani “tadqiqotlar texnologiyasi” deb atash mumkin, unda eksperimentlar dasturining aloxida bandlari qanday bajariladi?" degan savolga javob beriladi.
Metodika quyidagilarni o‘z ichiga oladi: asosiy omillar va nazorat qilinadigan parametrlarni aniqlash; o‘lchov aniqligini asoslash; parametrlarni o‘lchash, aniqlash, neytrallash va o‘zgartirish usullarini tanlash; ularning o‘zgarish chegaralarini va oraliqlarini asoslash; eksperiment o‘tkazish tartibini aniqlash va rejalashtirish; tajribalarni o‘tkazish uchun mashinalarni, asbob-uskunalar va ish joyini tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish; tajribalar o‘tkazishni nazorat usullarini tanlash.
Metodikani ishlab chiqish uchun asosiy boshlanich ma’lumotlar: eksperimentlar dasturi; o‘lchov natijalarining aniqligi; jarayonning matematik modeli(agar mavjud bo‘lsa); o‘lchov usuli va asboblari bo‘yicha adabiyotlardan ma’lumotlar; tajriba natijalarini ishlash va taxlil usullari bo‘yicha; moddiy bazasi (masalan, asbob-uskunalar, ularni sotib olish uchun mablag‘lar, mashinalar va b. texnik vositalar mavjudligini aniqlaydi); tadqiqot (sinov) muddatlari (qaror qabul qilish uchun natija shoshilinch zarur bo‘lganida), ularning mohiyatini oshkor qilmasdan miqdoriy nisbatlarni belgilash kerak – bu esa "ma’lumotlarni olish va qayta ishlash tezligi" uchun ma’lum talablar qo‘yadi.
Sinovlar uslubiyati davlat va tarmoq standartlariga kiritilgan, shuningdek, maxsus uslublarga bo‘linadi.
Sinash uslublari bo‘yicha ko‘pchilik uslubiy masalalar mashinalarni sinash muassasa(markaz)larida qo‘llanilib kelinayotgan davlat va tarmoq standartlarida o‘z aksini topgan, shu sababli dastur va metodikani ishlab chiqishda ularda keng foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu hujjatlarda mashinalarning sinov sharoitlarini va ishlov beriladigan materiallarni (masalan, tuproq qattiqligi va namligi, donning massa namligi, havo harorati va atmosfera bosimi), mashina sifati (ishlov berish chuqurligi, qamrov kengligi, mashinalarning energiya xususiyatlari (dvigatelni rostlash xarakteristikasini olish, traktorni tortish tavsifi, mashinalarni dinamometrlash va x.k.), mashinalar va agregatlarning iqtisodiy samaradorligi (ish unumi, yonilg‘i sarfi va b.), mashinalar ergonomika ko‘rsatkichlari(mashina kabinasidagi harorat, chang,shovqin va h. k.), ishonchliligi (birinchi buzilishgacha ishlashi, gamma-resurs va b.).
Mashinalarni sinovlarida o‘tkaziladigan xar bir baxolash turining uslubi tegishlicha xalqaro, davlatlararo, davlat va tarmoq standartlari (mos ravishda, ISO-xalqaro, GOST-MDX davlatlariaro, O’zDst-O‘zR davlat va OST-TSt –tarmoq standart) yoki boshqa me’yoriy texnik xujjatlar (MTX) (texnicheskie usloviya-TU-TSh –texnik shartlar, rukovodyaщiy dokument RD- OzRH) dan foydalanish asosida aniqlab olinadi.
Ushbu MTX larni davlat sinovlarida qo‘llanishiga misol tariqasida quyida 12.1-jadvalda MX-1,8 rusumdagi traktorga yarimosma paxta terish mashinasining dastlabki sinovlarida foydalanilgan MTX ro‘yxati keltirilgan[11].
Ayrim ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun tadqiqotchilar tomonidan maxsus metodikalar ishlab chiqilgan bo‘lib ularni tegishli adabiyotlarda keltirilgan. Biroq, tadqiqotchi ko‘p holatlarda nostandart parametrlarga, ko‘rsatkichlarga va o‘lchovlarga duch keladi va u shaxsiy parametrlarni va eksperimentning umumiy metodikasini aniqlashning o‘ziga xos usullarini ishlab chiqishi kerak.
Ta’kidlash kerakki, dasturning ayrim masalalari, shuningdek, metodikalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning aksariyati parallel ravishda echilishi mumkin. Bu tadqiqot maqsadlariga, vaqtga, moddiy bazaga, tadqiqotchining tajribasiga va boshqalarga bog‘liq. Bir metodikani ishlab chiqishda odatda hal qilingan masalalarga qaytib borib, yangi qarorlar qabul qilish kerak bo‘ladi, chunki ular ko‘p hollarda mumkin bo‘lgan variantlarni qidirish yo‘li bilan olinadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling