Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo
Download 0.77 Mb.
|
savollar aniq variant
moslik kriteriysi(mezoni) yordamida tekshirishni talab qiladi. Bunday mezonlardan bir nechtasi bor, ammo Kolmogorovning moslik mezoni eng sodda va qulay. Uni qo‘llash uchun quyidagi kattalik aniqlab olinadi: (15.3)
bu erda n - o‘lchashlar soni, ayni holda n = 35; D - nazariy va empirik chastotalar orasidagi maksimal tafovutning moduli: D = max [f(x)t - f(x)e]. 15.1-jadvaldan eng katta chastotalar farqi 27-28 intervalda D = (0,259-0,171) =0.088, shunday ekan = 0.088 =0.521. Kolmogorov moslik kriteriysi uchun maxsus jadvallar mavjud. Ushbu mezonning asosiy sharti (1,0—1,2) bo‘lsa, unda nazariy normal taqsimot empirik taqsimotga mos kelishini ishonch bilan aytish mumkin. Bizning misolimizda, avtomobillarning o‘lchangan yonilg‘i sarfi empirik taqsimoti normal taqsimot qonuniga mos keladi deb xisoblash mumkin. 15. Qiyosiy taxlil qilishning asosiy maqsadi - yangi mashinaning eskidan afzalligini, muayyan operatsion usulning ahamiyatliligini aniqlash, eksperimental va nazariy natijalarni va boshqalar ko‘rsatkichlarni taqqoslash asosida xulosalar qabul qilishdan iborat. Taqqoslangan o‘rtacha arifmetik qiymat va o‘rtacha kvadratik (standart) og‘ish orasidagi farq ahamiyatli (muxim) bo‘lmasasa, ya’ni farqning qiymati statistik mezonlarda gi xatolik chegarasida bo‘lsa, ularning orasidagi miqdoriy farq tasodifiy va tanlamalar bir bosh to‘plamga tegishli deb hisoblanadi. Ushbu farqning ahamiyatliligini baholash uchun parametrik va parametrik bo‘lmagan (noparametrik) ishonchlilik mezonlari qo‘llaniladi. Birinchisi tanlamalarning statistik parametrlari ( va ) ga asoslangan, ikkinchisi tegishli chastotali tanlama varianti funksiyalariga asoslangan. Parametrik mezonlar kuchliroq «echimni aniqlash» qobiliyatiga ega bor, lekin ular faqatgina o‘rganilayotgan tanlama normal taqsimot yoki unga yaqin taqsimlangan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Parametrik mezonlarda dispersiyalarni taqqoslashda ko‘pincha Fisherning F-mezonlari va o‘rtacha arifmetik qiymatlarni taqqoslashda Styudentning t –mezoni qo‘llaniladi. Ikkala tanlamaning taqsimlanishini solishtirganda, avvalo, bu tanlamalar dispersiyalarini, so‘ngra esa o‘rtacha arifmetik qiymatlari (o‘.a.q.)ni solishtirishimiz kerak. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling