Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari
Download 37.03 Kb.
|
EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI
Psixologik diagnoz qo’yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy mezonlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
psixologik diagnoz insonga xos bo’lgan maxsus hodisa va xususiyatlarni ochib berishi kerak; har qanday diagnoz oingan natijalarni bayon qilish bilan chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham namoyon bo’lishi kerak. Psixologik diagnoz tadqiqot sharoitida inson xulq-atvorini xarakterlaydigan material asosida tushuntirilishi kerak. Sinaluvchining shaxsiy hayot va psixik faoliyati haqida eksperimental tadqiqot yo’li bilan ma’lumotlar asosida psixologik diagnoz qo’yiladi. Tadqiqotchi psixik faoliyat natijalari haqida ma’lumot olish uchun turli psixodiagnostik metodlardan foydalanadi (N.A.Menchinskaya, 1966; Z.I.Kalmikova. 1968; S.Y.Rubinshteyn, 1970; B.V.Zeygarnik, 1976; V.M.BIeyxer, 1976; L.F.Burlachuk, 1979; M.K.Gurevich, 1984 va boshqalar). Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, G’.B.Shoumarov, E.G’.G’oziev, V.A.Tokareva, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Sh.R.Baratov, A.Jabborov, Z.T. Nishanova, Sh.A.Do’stmuham- medova, E.N.Sattorov, G.To’laganova kabi olimlar o’z hissalarini qo’shganlar (Umumiy psixologiya fani) Ushbu kursni o‘rganish mutaxassisning psixolog sifatida shakllanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim tadqiqotlarga nazar tashlaganda, izlanuvchilarning noilmiy, soxta ilmiy fikr yuritish va xulosalar qilayotganligi ko‘zga tashlanadi. Noilmiy va soxta ilmiy fikrlash va xulosalar psixologik bilimlarning cheklanishiga va psixologik hodisalarning mohiyatini anglashga hamda ularning qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini cheklaydi. Demak, eksperimental psixologiya kursini o‘rganish nima uchun kerak? Psixologik tadqiqot metodlari to‘g‘risidagi kursni o‘zlashtirmasdan turib, aniq va etarlicha ilmiy asoslangan dalillar ustida mulohaza yurita olinmaydi. SHuningdek, tadqiqot metodikalari to‘g‘risidagi ushbu kursni o‘rganish esa psixologiya sohalarini (sotsial psixologiya, kognitiv psixologiya, taraqqiyot psixologiyasi, pedagogik va yosh psixologiyasi, yuridiik psixologiya va boshqalarni) chuqur va mustahkam o‘rganish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Amerika psixologiya assotsiatsiyasi 1984 yil dekabr Prinston universitetida har yili o‘tkaziladigan uchinchi kengashi 22 ishtirokchisining asosiy faoliyati tashkilotning birinchi Konstitutsiyasini tasdiqlashdan iborat bo‘lgan. Bu kichik hajmli hisobot tarzidagi etti maqoladan iborat hujjat edi. Birinchi maqola psixologiya fanining shakllanishiga doir asosiy masalalarni qamrab olganligi bilan diqqatga sazovor. Bunda assotsiatsiyaning maqsadi, ya’ni qay tarzda “psixologiyaning fan sifatida rivojlanganligi, a’zolikka huquqi bo‘lgan shaxslar bu ishga jalb qilingan”ligi tavsiflashdan iborat bo‘lgan (Kettell, 1895, 150 b). YAngi rivojlanayotgan bu sohaning ilmiy maqom olishi yashirin bo‘lgan emas. Haqiqatan ham XIX asr oxiri va XX asr boshlarida psixologiya maqomi asosiy masalalardan biri bo‘lgan. Ba’zilar psixologiya har doim falsafa tarkibida bo‘ladi deb qat’iy turishsa, ba’zilar uni fiziologiya tarkibiga kiritishni uqtirar edi. Psixologiya borasidagi turli qarashlarni 1980 yil boshlarida Prinston psixologi Jeyms Mark Bolduin misolida yaqqol tasvirlash mumkin. U Aleksandr Beynning ikki tomli mashhur psixologiya asarini buyurtma qildi va Bolduinga qarshi chiqdi. Hukumatning rasmiy javobida bu kitob “hech qanday ilmiy nufuzga ega emas”ligi mutaxassislar tomonidan belgilanganligi yozilgan edi (O’Donnell, 1985, 132 b). Boshqalarni ishontirishning (balki, hatto hukumat “ekspertlari”ni ham) bir yo‘li – bu ilmiy maydonda tan olingan ilmiy metodlarni qo‘llash va psixologlar birinchi qilgan ishi fiziologlar metodologiyasini o‘zlashtirish (masalan, psixofizika va vaqt reaksiyasi) yoki yangi strategiyalar (masalan, psixik testlar va labirintlar)ni yaratishni o‘z ichiga oladi. Mazkur maqolaning maqsadi ong va xulq-atvor haqidagi bilim izlanishlarida ilmiy metodologiyaning evolyusiyasini o‘rganish hisoblanadi. Men bu bobni Tadqiqot metodologiyasining 4 kategoriyasi asosida shakllantirdim, bularning barchasi XIX asrda o‘z ildiziga ega edi. Bu kategoriyalar quyidagilar: Aql o‘lchagichi – jezdan yasalgan psixologik o‘lchov asbobi; Ichkariga boqib – o‘z-o‘zini tahlil qilish “anketasi”va davri; SHaxsiy farqlar bahosi – psixik test o‘tkazish tartibi; Xulq-atvorni kuzatish – qiyosiy psixologiya merosi. Bu kategoriyalar bilan bog‘liq bo‘lgan har bir metodning tavsifidan so‘ng, dastlabki psixologlar qay tarzda psixolog olim bo‘lib etishganliklarining qisqacha tavsifi bilan bobni tugataman. Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan tajribalar o‘tkazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bo‘lgan hoxlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o‘z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirishlari edi. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo‘yi, oqirlik, opkaning triklik siqimi, kalt va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko‘rish o‘tktrligi, rangni farqlash kabi ko‘rsatkichlar ham kiritildi. To‘liq dastur bo‘yicha hammasi bo‘lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. F.Gal’tonning fikriga ko‘ra, testni o‘kazish eksperimentni talab etadi. SHunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj. Kettell ham ta’kidlab o‘tgan: qachonki asosidan eksperiment va o‘lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya xaqiqiy va aniq fan bo‘lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida u 50 turdagi laborotoriya testlarining ro‘yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko‘ra ko‘proq topshiriqlar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. bu topshiriqlar testlarga qo‘yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo‘llash ko‘rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborotor) ilmiy xarakteri ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko‘ra laborotoriya yaxshi jixozlanishi; testni o‘tkazish vaqtida begonalar bo‘lmasligi; barcha teshiruvchilarga bir xilda ko‘rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari lozim edi. F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g‘oyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini o‘ziga tortdi. SHu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo‘lgan olimlar paydo bo‘la boshladi. Bu metodni qo‘llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AЈSHda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot extiyojlari bilan bog‘lashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj. Kettellning ta’kidlashicha, u o‘zining dastlabki testlarini laborotoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo‘llangan, ammo V. Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi. Yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan testlar qo‘llanila boshlandi. Masalan, aqlni o‘rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Veksler (1939, 1955) ning subtestlari keng tarqaldi. YAngi proektiv metodlar ham yaratilib, keng qo‘llanila boshlandi (amaerikalik psixolog G. Myurre (1935, 1943) ning tematik appertseptsion testi ( TAT), nemis psixologi S. Rozents Veygning frustratsiyaga bo‘lgan reaktsiyani o‘rganish testi va boshqalar ). Rus psixologiyasida diagnostik metodlaridan foydalanish o‘z tarixiga ega. Bunda psixodiagnostika rivojlanishining ikki bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich 20-yillarning boshidan 30-yillarning o‘rtasigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M.S. Bernshteyn, L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, S.G. Gellershteyn, N.D. Levitov, G.I. Rossalimo, P.I. SHpil’reyn va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilg‘or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to‘xtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to‘siq vujudga keldi. Psixodiagnostika rivojlanishidagi ikki bosqich 50-60 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Rus psizxologi tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qatolr vazifalarni hal qilishda o‘z mahsuldorligini namoyon qildi va ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z aksini topdi. Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G. Davletshin, B.R. Qodirov, G‘.B. SHoumarov, E.G‘. G‘oziev, V.A. Tokareva, R.Z. Gaynuttdinov kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ma’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa tabiat fanlarning gurillab o‘sishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi fanning bunday o‘sishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida psixik xodisalarni o‘rganishda eksperimentni tadbiq qilish mumkin emasmikan degan masala maydonga chiqdi.Bu masala buyicha filosof I.Kant o‘z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo‘lishi mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish mumkin emas. Psixik xodisalarni o‘lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimetning bo‘lishi mumkinligi xaqida nemis psixologi I. Gerbart (1776-1841 y.) ijobiy fikr aytgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq etish mumkin va zarurligi xakida» shunday degan: «Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o‘zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir». Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha processlar – xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinaciyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruxiy xolatlar doimo o‘zgarish processida bo‘ladi. Tasavvurlarning bu doimiy o‘zgarish va almashish processida ma’lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o‘lchash mumkin. SHuning uchun ham , Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tadbiq qilish mumkin. Gerbart, garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o‘zi bu metoddan foydalanmagan. Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish buyicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amalga oshirdilar. Veber va Fexnerlarning maqsadi tashqi ta’sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi – sezgilarning o‘zaro munosabatlari soxasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni kuzgatuvchi ta’sirotlar o‘rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atkich logarifmasiga proporcionaldir degan psixo-fizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexnerlar o‘tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan aloxida fanning paydo bulishiga olib keldi. Veber va Fexner ishlarining aham iyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo‘lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob’ektiv metoddan foydalana boshlaydi. Download 37.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling