Ekspluatatsion xususiyatlari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
TRANSPORT VOSITALARI EKSPlUATATSION XUSUSIYATLARI
TRANSPORT VOSITALARI EKSPlUATATSION XUSUSIYATLARI • Avtomobini loyixalash davrida uning konstruksiyasiga ma’lum xususiyat beriladi. Avtomobil o‘z xususiyatini to‘liq ishlata olish uchun uning sifati, konstruktor avtomobilni qanday loyihalagan, tanlangan texnologiya va detallarning materiallariga bog‘lik. • Avtomobil konstruksiyasining murakkabliga va unga bo‘lgan talablarning ko‘pligi tufayli uning xususiyatlarini biror universal o‘lcham bilan baholash qiyin. • SHuning uchun avtomobilning xususiyatiga baho berish uchun o‘lchagich va ko‘rsatgich kiritamiz. • O‘lchagich – avtomobil xususiyatining sifatini aniqlaydi. • Ko‘rsatgich – o‘lchagichning raqamli qiymatini aniqlaydi. • Ko‘rsatkich bir ma’noli bo‘lgani uchun avtomobilning konkret sharoitdagi va ekspluatatsion xususiyati uchun oxirgi imkoniyatini aniqlaydi (masalan: Avtomobilning maksimal tezligi). • Ekspluatatsion xususiyat ko‘rsatgichi tajribada va hisoblab aniqlandi. • Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. • Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari quyidagilardan iborat: • Avtomobilning dinamik xususiyati • Avtomobilning yonilg‘i tejamkorlik xususiyati • Avtomobilning dinamik xususiyati deb, yuk va passajirlani berilgan yo‘l sharoitida xarakat xavfsizliginining saqlagan holda maksimal o‘rtacha tezlik bilan yura olish qobiliyatiga aytiladi.Avtomobilning dinamik xususiyati tortish va tormozlash xususiyatlariga bog‘liq • Avtomobilning tortish xususiyati, ma’lum ekspluatatsion sharoitda maksimal o‘rtacha tezlik bilan baholanadi. • Avtomobilning tortish xususiyati sekinlashish va tormozlanishni samaradorligini ko‘rsatadi. • Avtomobilning yonilg‘i tejamkorlik xususiyati deb xarakat davomida minimal yonilg‘i sarflab transport ishini bajara olish qobiliyatiga aytiladi. • Avtomobilning turg‘unlik xususiyati deb, tashqi kuch ta’siri ostida avtomobil o‘z xarakat yo‘nalishini (xaydovchi ishtirokisiz) saqlay olish qobiliyatiga aytiladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling