Eksport-auditorlar va tekshiruvchan nazorat
Download 234.16 Kb.
|
EKSPORT-AUDITORLAR VA TEKSHIRUVCHAN NAZORAT
Ushbu standart talablari tekshiruv natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlash ko’zda tutilgan barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy, auditorlik xulosasi berish ko’zda tutilmagan tekshiruvlar, hamda professional xizmat ko’rsatuvchi auditorlik tashkilotlari uchun esa tavsiya tavsifiga ega hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti muayyan topshiriqni bajarish chog’ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqish holatlarida ushbu vaziyatni o’zi-ning ishchi hujjatlarida aks ettirishi va mijoz korxona rahbariyatiga taqdim etadigan yozma hisobotida ko’rsatishi shart. Auditorlik tashkilotining o’z yuridik xizmati bo’lmagan yoki masala uning sohasidan tashqariga chiqadigan bo’lsa, u holda auditorlik tashkiloti yuridik shaxs hisoblangan, ixtisoslashtirilgan tashkilot xizmatidan foydalanishi mumkin.Mijoz-korxona ekspert xizmatidan foydalanishni rad qilganida auditorlik tashkiloti o’tkazilgan audit natijalari bo’yicha salbiy auditorlik xulosasi tayyorlash masalasini ko’rib chiqadi. Ekspert ishlari natijalari to’g’risidagi xulosa mazkur standart talablariga muvofiq tayyorlanishi va rasmiylashtirilishi lozim bo’lib, uning mazmuni va shakli ekspert xizmati ko’rsatish shartnomasida ko’zda tutilishi lozim. Shuningdek, bu shartnomada ekspert xizmatlarining maqsadi va hajmi; muayyan masalalar bayoni (tafsiloti); zarur hollarda ekspert bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi o’zaro munosabatlar; xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi; ekspert o’z ishida maqsad qilib qo’ygan taxminlar va uslublar hamda ularning auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va uslublarga mos kelishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham keltirilishi zarur.Mijoz-korxona ekspert xizmatidan foydalanishni rad qilganida auditorlik tashkiloti o’tkazilgan audit natijalari bo’yicha salbiy auditorlik xulosasi tayyorlash masalasini ko’rib chiqadi. Ekspert ishlari natijalari to’g’risidagi xulosa mazkur standart talablariga muvofiq tayyorlanishi va rasmiylashtirilishi lozim bo’lib, uning mazmuni va shakli ekspert xizmati ko’rsatish shartnomasida ko’zda tutilishi lozim. Shuningdek, bu shartnomada ekspert xizmatlarining maqsadi va hajmi; muayyan masalalar bayoni (tafsiloti); zarur hollarda ekspert bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi o’zaro munosabatlar; xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi; ekspert o’z ishida maqsad qilib qo’ygan taxminlar va uslublar hamda ularning auditorlik tashkiloti ekspert xizmatidan foydalangan oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va uslublarga mos kelishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham keltirilishi zarur.Auditorlik tekshiruvi jarayonida ekspert ishidan foydalanish to’g’risida auditorlik tashkiloti o’rganishi lozim bo’lgan xolatlarning tavsifi va murakkabligi, ularning jiddiyligi, hamda maqsadga muvofiqligi, ushbu holatlarga nisbatan boshqa auditorlik amallarini qo’llash mumkinligi va ishonchliligidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi.Download 234.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling