Eksport salohiyatini baholash


Download 209.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi209.53 Kb.
#212491
  1   2
Bog'liq
11-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH



11-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING 

EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH 

 

11.1.  Kichik  biznes  va  tadbirkorlik  sub’ektlarining  eksport  salohiyati  va  eksportyor 

korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi 

11.2. Ekportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish. 



 

 

 

 

 

 

11.1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va eksportyor 

korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi 

 

Eksport  diversifikatsiyasi,  ya’ni  xorijga  sotilayotgan  tovarlar  va  xizmatlar 

nomenklaturasining  kengayishi,  jami  eksportda  alohida  tovar  yoki  xizmat  turi  (ayniqsa, 

xom  ashyo)  ulushining  katta  bo’lishiga  barham  berilishi,  mahsulotlarimiz  eksport 

qilinayotgan  mamlakatlar  geografiyasini  kengaytirish    eksport  hajmining  barqaror 

bo’lishini  ta’minlaydi,  milliy  iqtisodiyotning  tashqi  bozordagi  salbiy  o’zarishlarga 

ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi. 

Eksport  tarkibida  bir  yoki  bir  necha  tovarlar  ulushining  sezilarli  darajada  ortib 

ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi 

korxonalarni og’ir ahvolga  solib qo’yishi mumkin. Buning  natijasida eksport  hajmining 

qisqarishi  valyuta  tushumlarining  kamayishi,  tashqi  savdo  balansining  yomonlashuvi  va 

korxonalar  moliyaviy  ahvolining  tanglikka  yuz  tutishiga  olib  kelishi  mumkin. 

SHuningdek,  eksport  umumiy  hajmining  kam  sonli  davlatlarga  bog’lanib  qolishi  ham  

qaltis holat hisoblanadi. 

Prezidentimiz  tomonidan  ma’ruzada  ilgari  surilgan    tayyor  raqobatbardosh  

mahsulotlar eksportini faol oshirish  va  bu  mahsulotlar  yetkazib  beriladigan  mamlakatlar 

geografiyasini  yanada  kengaytirish  vazifasini  amalga  oshirish  eksport  hajmini    barqaror 

o’stirish,  tashqi  bozordagi    o’zgarishlar  ta’sirida  uning  hajmi  keskin  kamayishi  xavfini 

bartaraf etish imkonini beradi.  

Eksport  qilinayotgan  tovarlarni  diversifikatsiya  qilish,  ularni  import  qiluvchi 

mamlakatlar  geografiyasini  kengaytirish  bu  mamlakatlardan  biri  yoki  bir  guruhining 

iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga 

yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.  

O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida 

amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  iqtisodiyotimizning  eksport  salohiyatini  yuksaltirish, 

tashqi  savdo  tarkibida  ijobiy  siljishlarga  erishish,  uning  hajmini  barqaror  o’stirish 

imkonini bermoqda . 

 


Download 209.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling