Ekstraktorlar. Umumiy maʼlumotlar. Ekstraktorlarning tuzilishi
Download 0.73 Mb.
|
Экстракторлар uz-assistant.uz
a- osmos; b – muvozanat; v,g – teskari osmos; 1 – yarimo‘tkazgich membrana
Agar u orqali faqat suv molekulalari diffuziyalanadigan va erigan past molekulyar moddalar o‘tmaydigan yarim o‘tkazuvchi membrana bilan ikkiga ajratilgan idishning bir tomoniga toza suv, ikkinchisiga esa eritma (4a-rasm) joylashtirilsa, unda idishning ikala qismiga bir xim bosim taʼsir etganda, suv membrana orqali eritmaga diffuziyalanadi. Ushbu osmos hodisasi (erituvchining membrana orqali eritmaga ixtiyoriy ravishda o‘tish) N eritma suyuqlik ustunining maʼlum bosimida (4b-rasm) to‘xtaydi, bu bosim osmotik deb ataladi. Eritma ustida osmotik bosimdan yuqori bo‘lgan R bosim hosil qilinganda, erituvchi membrana orqali teskari yo‘nalishda o‘tadi (4v-rasm) va bu hodisa teskari osmos deb ataladi. Teskari osmos usulining qo‘llanilishi erigan komponentlarni konsentrlashga imkon beradi (4g-rasm). Erigan moddalar konsentratsiyasining oshishi bilan osmotik bosim ko‘tariladi va past molekulyar moddalar uchun bir necha o‘nlab megapaskaldan iborat bo‘lishi mumkin. Shuning uchun teskari osmos 5 MPa dan yuqori bo‘lgan bosimlarda o‘tkazadigan membranalar ishlatiladi. Ultrafiltratsiya – molekulalari diametri erituvchi molekulalari diametridan 10 dan ko‘p marta kattaroq bo‘lgan erigan moddalar va kolloid zarrachalarni ajratish jarayenidir. Ultrafiltratsiyada suv va past molekulyar moddalarni o‘tkazuvchi membranalar ishlatiladi. Ushbu usul yuqori molekulyar birikmalar, masalan fermentlarni tozalash va konsentrlashda eng samarali bo‘lib hisoblanadi. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari past osmotik bosimga ega, shuning uchun ultrafiltratsiya jaraynlari 0,6 MPa dan past bosimlarda kechadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling