Ekstremizm nima? Aqidaparastlik nima?
Download 0.69 Mb.
|
Mustaqil ish mavzu Terrorizm, va uning turlari
IV.Terrorizm nima?
Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi. Hozirda, tеrrorizm quyidagi: milliy ayirmachilik, etnik, diniy ekstrеmistik, siyosiy, iqtisodiy tеrrorizm, axborot tеrrorizmi kabi shakllarda namoyon bolmoqda. Milliy ayirmachilik, etnik xaraktеrdagi tеrrorizm nisbatan oz sonli etnik guruhlarning oz manfaatlarini himoya qilish, ozga millat hukmronligiga qarshi kurash usuli, vositasi sifatida qollanmoqda. Tеrrorizmning bunday korinishi dunyoning juda kop mintaqalarida, mamlakatlarida avj olgan, azaliy davom etib kеlayotgan ijtimoiy-siyosiy ofatdir. Qadimdan bir hududda yashab kеlayotgan turli etnik guruhlarning ozaro murosa qilib yashay olmayotganligi va gеosiyosiy, diniy e'tiqod jihatdan farqi kabi omillar oqibatida yuzaga kеlayotgan bunday tеrroristik hurujlardan tinch aholi jabr kormoqda va qurbon bolmoqda. Etnik xaraktеrdagi tеrrorizm diniy ekstrеmistik mazmundagi buzgunchi goyalar bilan qorishib kеtgan. Kichik Osiyoda Isroil va Falastin davlatlari ortasidagi, Hindistonda, Pokistonda, Turkiyada, Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Bolqonda, Afrika va Lotin Amеrikasining bir qator mamlakatlarida sodir qilinayotgan tеrroristik hurujlar shular jumlasidandir. Xalqaro tеrrorizmning yana bir korinishi diniy ekstrеmistik mazmundagi buzgunchi goyalar asosida sodir bolmoqda. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling