Ekstrimizm va terrorizm
Download 1.36 Mb.
|
Ekstrimizm va terrorizm455645
Hozirda dunyoda koʻplab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud boʻlib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “al-Jihod”, “at-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy batalьoni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (Gʻalaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin. Darhaqiqat, hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur oʻylangan strategiyaning bir qismidir.
O'zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida «Terrorizm va ekstremizm – insoniyat kelajagining kushandasi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirbo'lib o'tdi. Unda Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi o'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakili kapitan Shoxrux Azizxonov, diniy masalalar bo'yicha vakil Ahmad ibn Malik masjidi imom xatibi Ulug'bek Qobilov, litsey pedagogik jamoasi va o'quvchilari ishtirok etdilar. Yig'ilishda dunyoda globallashuv jarayonlari jadal davom etayotgan bugungi kunda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi ekstremizm va terrorizm eng xatarli jinoyat ekanligi, xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlariga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilikning birinchi darajali vazifasi ekanligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida «Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi» – degan so'zlari keltirib o'tildi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling