Ekvivalent sinusoidal usul. Ferromagnit o’zakli chulg’amdagi tok


Download 0.79 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1149225
Bog'liq
4-SEMESTR

EKVIVALENT SINUSOIDAL USUL. FERROMAGNIT O’ZAKLI CHULG’AMDAGI TOK

  • Magnit oqim – bu maʼlum yuza orqali oʻtadigan umumiy magnit maydon induksiyasi. U maʼlum yuzani egallagan jismga magnit kuchining taʼsirini tasvirlashda juda foydali. Magnit oqimning qiymati tanlangan muayyan yuzaga bogʻliq. Biz yuzani xohlagan oʻlchamda tanlashimiz va uni magnit maydonga nisbatan ixtiyoriy qiyalikda joylashtirishimiz mumkin.
  • Agar biz magnit induksiya chiziqlaridan foydalansak, yuzadan oʻtadigan har bir induksiya chizigʻi magnit oqimni hosil qilishda oʻz hissasini qoʻshadi. Magnit induksiya chiziqlarining yuzani kesib oʻtish burchagi ham muhimdir. Kichik burchak ostida oʻtadigan induksiya chiziqlari magnit oqimning kichik bir qismini tashkil qiladi. Biz magnit oqimni hisoblashda magnit induksiya chiziqlarining olingan yuzaga normal yoʻnalgan komponentini hisobga olamiz.
  • Agar biz sinov maydoni sifatida �AA yuzali tekis sirtni tanlasak va unga oʻtkazilgan normal hamda magnit induksiya vektorlari (�BB ning son qiymati) orasidagi burchak �θtheta boʻlsa, unda magnit oqim quyidagiga teng boʻladi: [Izoh]
  • Φ=��cos⁡�Φ=BAcosθ\Phi, equals, B, A, cosine, theta
  • Agar yuza induksiya chiziqlariga perpendikulyar boʻlsa, burchak nolga teng va magnit oqim shunchaki ��BAB, A boʻladi. 1-rasmda magnit maydonga ikki xil burchakda joylashtirilgan yuza va buning natijasida hosil boʻlgan magnit oqim koʻrsatilgan.
  • Magnit oqimning SI xalqaro oʻlchov sistemasidagi birligi Veber (nemis fizik olimi hamda telegrafning hammuallifi Vilgelm Veber sharafiga qoʻyilgan) va u WbWbW, b deb belgilanadi.
  • Magnit oqim faqat maʼlum bir sohadagi magnit maydonni ifodalashning bir usuli boʻlgani bois uni magnitometr bilan xuddi magnit maydon kabi oʻlchash mumkin. Masalan, kichik magnitometr zond katta hajmli magnit materialning (taxminan 0,5 m20,5 m20, comma, 5, space, m, squared) yonida aylanmasdan harakatlantirildi, shunda u oʻzgarmas (5 mT5 mT5, space, m, T) qiymatni koʻrsatmoqda deylik. Shunda yuza boʻylab oʻtadigan magnit oqim (5⋅10−3 T)⋅(0,5 m2)=0,0025 Wb(5⋅10−3 T)⋅(0,5 m2)=0,0025 Wbleft parenthesis, 5, dot, 10, start superscript, minus, 3, end superscript, space, T, right parenthesis, dot, left parenthesis, 0, comma, 5, space, m, squared, right parenthesis, equals, 0, comma, 0025, space, W, b.
  • Siz duch kelishingiz mumkin boʻlgan yana bir atama – bu magnit oqim zichligi. U Wb/m2Wb/m2W, b, slash, m, squared da oʻlchanadi. Magnit oqimni yuza boʻyicha boʻlayotganimiz sababli magnit oqim zichligini toʻgʻridan toʻgʻri Teslada aniqlashimiz mumkin. Umuman olganda, magnit oqim zichligi atamasi koʻpincha magnit maydon kattaligi bilan sinonim sifatida ishlatiladi.
  • Solenoid magnit maydon boʻylab harakatlanganda, unda yuzasi boʻylab oʻtadigan magnit oqimga proporsional kuchlanish hosil qiladi. Bu holat Faradey qonuni bilan tushuntiriladi, bu qonun haqida Faradey qonuni maqolamizda bilib olishingiz mumkin. Elektr motorlar va generatorlar 3-rasmda koʻrsatilgandek magnit maydonda aylanadi va Faradey qonunini amalda qoʻllaydi. Bu holda tokli ramka aylanganda magnit oqim oʻzgaradi. Magnit oqim muhandislarga magnit maydoni murakkab boʻlgan taqdirda ham elektr generatori tomonidan ishlab chiqarilgan kuchlanishni osonlikcha hisoblash imkonini beradi.

Garchi hozirga qadar sodda tekis yuzalar bilan ish koʻrgan boʻlsak-da, yuza ixtiyoriy shaklda boʻlishi mumkin. Hattoki sfera kabi berk yuzali shakllardan foydalanishimiz ham mumkin. Berk yuzali shakllar, ayniqsa, fiziklar uchun juda qiziq, bunga sabab Gaussning magnitlanish qonuni. Magnitlar har doim ikki qutbli boʻlgani bois berk yuzali jismlar magnit monopol(Yangi oynada ochiladi) boʻla olmaydi (hozircha bizga faqat shu ayon). Demak, bu kabi jismlarni kesib oʻtadigan natijaviy magnit oqim nolga teng. Shuning uchun berk yuzaga kiruvchi barcha magnit chiziqlar undan chiquvchi chiziqlar bilan teng boʻladi. Ushbu fakt magnit maydon masalalarini yengillashtirish uchun foydalidir.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling