„El-yurt umidi jamgʻarmasi xorijda yashayotgan va professional faoliyatini
Download 39.76 Kb. Pdf ko'rish
|
El-yurt umidi jamg‘armasi - Vikipediya
El-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi — xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotganlar, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida hamda Oʻzbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar tayyorlash maqsadida tuzilgan. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi etib tashkil etilgan. Jamgʻarma xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va oʻqishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Prezidentining „Iste’dod“ jamgʻarmasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Jamgʻarmaga xorijda ta’lim olish uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishni tashkil etishda Davlat test markazi tomonidan har tomonlama uslubiy yordam koʻrsatiladi. Jamgʻarma orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olgan stipendiatlarning ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini, shu jumladan, fan doktori ilmiy darajasini, maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyadan oʻtkazish (ekvivalentligini belgilashni) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ta’minlanishi belgilangan [1] . Xorijda magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim olish, malaka oshirish va stajirovka oʻtashga qabul qilish faqat Oʻzbekiston fuqarolari uchun hamda qabul va tanlab olishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi. Magistratura yoki doktorantura dasturi boʻyicha xorijda ta’lim olgan stipendiatga, oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan muddatda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi [2] . Quyidagilar jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilangan: xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, Asosiy vazifasi iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi materiallar, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy-amaliy tajribaga ega vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish; davlat organlarining kadrlar boʻyicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi mumkin boʻlgan jahon mamlakatlari va mutaxassisliklar boʻyicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish; xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish; ta’lim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar orasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha ularning gʻoya va fikrlarini toʻplash, umumlashtirish, tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, toʻplangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish; xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish; rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish; nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda istiqbolli mutaxassislarni oʻqishini monitoring qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga koʻmaklashish, ushbu mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan oʻsishiga va lavozimlarga koʻtarilishiga koʻmaklashish; Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy toʻplamlarni tayyorlash va keng tarqatish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda kadrlarni xorijda tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish borasidagi ishlar holatini monitoring qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ularni hamkorlik va rivojlanish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish [1] . xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malaka oshirishga — 2 oygacha muddatga; xorijiy ilmiy, ta’lim, ijod muassasalari, davlat idoralari, korxona va boshqa tashkilotlarda stajirovka oʻtashga — 6 oygacha muddatga; yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda magistratura dasturi asosida ta’lim olishga — 1–2 yil Jamgʻarma stipendiyalari mobaynida, doktorantura dasturi boʻyicha — 1–4 yil mobaynida [2] . Bakalavr — 3–4 yil; Magistratura — 1–2 yil; Doktorantura — 1–4 yil [3] . Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi; Yosh: doktorantura — 25 yoshdan 45 yoshgacha; magistratura — 21 yoshdan 45 yoshgacha; Bakalavriat — 25 yoshgacha; Taʼlim muddati Talablar Tanlangan mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega boʻlishi (oliy taʼlim tizimidan tashqari); 3-shaxslarning toʻliq moliyaviy majburiyati toʻgʻrisida rasmiy roziligi [3] . Prezidentning „Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi 2021-yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim olishi uchun 100 ta oʻrin, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun avvalgi yillarga nisbatan oʻrtacha 5 barobar koʻp oʻrin ajratilishi belgilangan [4] . 1. Lex.uz. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“ farmoni“ (https://l ex.uz/docs/3920037) . https://lex.uz/ . Qaraldi: 2018-yil 25-sentabr. 2. Advice.uz. „“El-yurt umidi” jamgʻarmasi“ (h ttps://advice.uz/oz/document/2302) . https://advice.uz/ . 3. „Номзодларга қўйиладиган умумий талаблар“ (https://eyuf.uz/) . Manbalar https://eyuf.uz/ . 4. Bugun.uz. „Президент фармони билан «Эл-юрт умиди» жамғармаси хорижда ўқийдиганлар учун ўринлар сонини 5 бараварга оширади“ (https://bugun.uz/2 021/02/12/prezident-farmoni-bilan-el-yurt -umidi-zhamgarmasi-horizhda-oqijdiganla r-uchun-orinlar-sonini-5-baravarga-oshirad i) . https://bugun.uz/ . Qaraldi: 2021-yil 12-fevral. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php?title=El- yurt_umidi_jamg‘armasi&oldid=2919 581" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 29-Sentabr 2022, 00:48 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 39.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling