„El-yurt umidi jamgʻarmasi xorijda yashayotgan va professional faoliyatini


Download 39.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2023
Hajmi39.76 Kb.
#1312013
Bog'liq
El-yurt umidi jamg‘armasi - Vikipediya



El-yurt umidi
jamg‘armasi
„El-yurt umidi“ jamgʻarmasi — xorijda
yashayotgan va professional faoliyatini
yuritayotganlar, ayniqsa, katta ilmiy
salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va
isteʼdodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni
yoʻlga qoʻyish yetakchi xorijiy taʼlim
muassasalarida hamda Oʻzbekistonda
tayyorlash va malakasini oshirish orqali
kadrlar tayyorlash maqsadida tuzilgan.


Jamgʻarma 
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga
 boʻysunadigan
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va
vatandoshlar bilan muloqot qilish
boʻyicha „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi etib
tashkil etilgan. Jamgʻarma xorijda
stipendiatlarning malaka oshirishi,
stajirovkasi va oʻqishini tashkil etish
boʻyicha Oʻzbekiston Prezidentining
„Iste’dod“ jamgʻarmasining huquqlari,
majburiyatlari va shartnomalari, shu
jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha
huquqiy vorisi hisoblanadi.
Jamgʻarmaga xorijda ta’lim olish uchun
nomzodlarni tanlov asosida tanlab
olishni tashkil etishda Davlat test markazi


tomonidan har tomonlama uslubiy
yordam koʻrsatiladi. Jamgʻarma orqali
xorijiy mamlakatlarda ta’lim olgan
stipendiatlarning ta’lim olganlik
toʻgʻrisidagi hujjatlarini, shu jumladan, fan
doktori ilmiy darajasini, maxsus
sinovlarsiz nostrifikatsiyadan oʻtkazish
(ekvivalentligini belgilashni) Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy
attestatsiya komissiyasi tomonidan
ta’minlanishi belgilangan
[1]
.
Xorijda magistratura va doktorantura
dasturlari boʻyicha ta’lim olish, malaka
oshirish va stajirovka oʻtashga qabul
qilish faqat Oʻzbekiston fuqarolari uchun
hamda qabul va tanlab olishning yagona


qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Magistratura yoki doktorantura dasturi
boʻyicha xorijda ta’lim olgan stipendiatga,
oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada,
shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa
davlat tashkilotlarida egallagan
mutaxassisligi boʻyicha 5 yildan kam
boʻlmagan muddatda uzluksiz ishlab
berish majburiyati yuklanadi
[2]
.
Quyidagilar jamgʻarmaning asosiy
vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib
belgilangan:
xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim
va tibbiyot muassasalarida,
Asosiy vazifasi


iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida,
ayniqsa, eng yangi materiallar,
innovatsion texnologiyalarni ishlab
chiqarish va qoʻllash sohalarida
ishlayotgan, qimmatli ilmiy-amaliy
tajribaga ega vatandoshlar bilan
aloqalar oʻrnatish;
davlat organlarining kadrlar boʻyicha
xizmatlari tomonidan foydalanilishi va
onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi
mumkin boʻlgan jahon mamlakatlari va
mutaxassisliklar boʻyicha
kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va
amaliy tajribaga ega vatandoshlarning
elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni
yaratish va yuritish;


xorijiy olimlar, oʻqituvchilar,
muhandislar va boshqa mutaxassislar,
shu jumladan vatandoshlarni ta’lim,
sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat
boshqaruvi sohalariga jalb etish, ular
uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb
muammolarini hal etish, ularning
salohiyatidan samarali foydalanishni
ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab
chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiyot
sohalarida ishlayotgan vatandoshlar
orasida Oʻzbekistonning ijobiy
qiyofasini shakllantirish, Oʻzbekiston
Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari,
ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari
boʻyicha ularning gʻoya va fikrlarini


toʻplash, umumlashtirish, tegishli
tashkilotlarga yetkazish, shuningdek,
toʻplangan materiallarni tayyorlash va
tarqatishning samarali tizimini yaratish;
xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imijini
shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda,
shuningdek, rivojlangan
mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy
markazlari bilan aloqalarni yoʻlga
qoʻyish va hamkorlikni rivojlantirishda
vatandoshlar salohiyatidan faol
foydalanish;
rivojlangan mamlakatlarning yetakchi
ta’lim va ilmiy muassasalarida
bakalavriat, magistratura va
doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim,


sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat
boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli
mutaxassislarni, shu jumladan
pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab
olish hamda tayyorlashni tashkil etish;
nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy
muassasalarda istiqbolli
mutaxassislarni oʻqishini monitoring
qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib
ishga joylashishiga koʻmaklashish,
ushbu mutaxassislarning mehnat
faoliyatini monitoring qilish, ularning
kasbiy jihatdan oʻsishiga va
lavozimlarga koʻtarilishiga
koʻmaklashish;


Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va
sotsial-iqtisodiy islohotlarning
borishiga oid tahliliy materiallari chop
etiladigan jurnallar, ilmiy toʻplamlarni
tayyorlash va keng tarqatish;
davlat organlari va boshqa
tashkilotlarda kadrlarni xorijda
tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni
jalb etish borasidagi ishlar holatini
monitoring qilish hamda ushbu tizimni
takomillashtirish boʻyicha takliflar
ishlab chiqish;
ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va
davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro
tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning
davlat tuzilmalari va nodavlat


tashkilotlari bilan aloqalarni yoʻlga
qoʻyish, ularni hamkorlik va rivojlanish
boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga
jalb etish
[1]
.
xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda
malaka oshirishga — 2 oygacha
muddatga;
xorijiy ilmiy, ta’lim, ijod muassasalari,
davlat idoralari, korxona va boshqa
tashkilotlarda stajirovka oʻtashga — 6
oygacha muddatga;
yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy
muassasalarda magistratura dasturi
asosida ta’lim olishga — 1–2 yil
Jamgʻarma stipendiyalari


mobaynida, doktorantura dasturi
boʻyicha — 1–4 yil mobaynida
[2]
.
Bakalavr — 3–4 yil;
Magistratura — 1–2 yil;
Doktorantura — 1–4 yil
[3]
.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi
boʻlishi;
Yosh: doktorantura — 25 yoshdan 45
yoshgacha; magistratura — 21
yoshdan 45 yoshgacha; Bakalavriat —
25 yoshgacha;
Taʼlim muddati
Talablar


Tanlangan mutaxassislik boʻyicha
kamida 2 yil mehnat tajribasiga ega
boʻlishi (oliy taʼlim tizimidan tashqari);
3-shaxslarning toʻliq moliyaviy
majburiyati toʻgʻrisida rasmiy roziligi
[3]
.
Prezidentning „Davlat xizmatchilari va
mutaxassislarni xorijda tayyorlash
hamda ularning salohiyatini yanada
oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida
„El-yurt umidi“ jamgʻarmasi 2021-yilda
ochiq stipendiya tanlovlari asosida
yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda
bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim olishi
uchun 100 ta oʻrin, magistratura va
doktoranturada oʻqish uchun avvalgi


yillarga nisbatan oʻrtacha 5 barobar koʻp
oʻrin ajratilishi belgilangan
[4]
.
1. Lex.uz. „Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining „Oʻzbekiston respublikasi
vazirlar mahkamasi huzuridagi
mutaxassislarni xorijda tayyorlash va
vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini
tashkil etish toʻgʻrisida“ farmoni“ (https://l
ex.uz/docs/3920037) . https://lex.uz/ .
Qaraldi: 2018-yil 25-sentabr.
2. Advice.uz. „“El-yurt umidi” jamgʻarmasi“ (h
ttps://advice.uz/oz/document/2302) .
https://advice.uz/ .
3. „Номзодларга қўйиладиган умумий
талаблар“ (https://eyuf.uz/) .
Manbalar


https://eyuf.uz/ .
4. Bugun.uz. „Президент фармони билан
«Эл-юрт умиди» жамғармаси хорижда
ўқийдиганлар учун ўринлар сонини 5
бараварга оширади“ (https://bugun.uz/2
021/02/12/prezident-farmoni-bilan-el-yurt
-umidi-zhamgarmasi-horizhda-oqijdiganla
r-uchun-orinlar-sonini-5-baravarga-oshirad
i) . https://bugun.uz/ . Qaraldi: 2021-yil
12-fevral.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=El-
yurt_umidi_jamg‘armasi&oldid=2919
581" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 29-Sentabr 2022, 00:48
da tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 39.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling