Elastiklik kuchi.Guk qonuni - Prujina – kuch taʼsirida deformatsiyaga uchraydigan va taʼsir toʻxtagandan soʻng oʻz shaklini tiklaydigan jism.
- Prujinaning koʻp turlari mavjud, bulardan sodda metall oʻram shaklidagi prujina hammaga tanish boʻlsa kerak. Prujinalar oʻrtacha murakkablikdagi barcha mexanik qurilmalarning kerakli qismidir – sharikli ruchkalardan tortib poyga mashinalarining motoriga qadar.
- Metall simning choʻzilish (oʻq boʻylab yuk osilganda) va buralishga (bir uchini boshqasiga nisbatan burish) reaksiyasi turli xil fizik qonunlar sababli sodir boʻladi va prujinaning tuzilishiga bogʻliq holda u turli xil deformatsiyaga uchrashi mumkin. Bundan tashqari, metallarning elastiklik xususiyatlari ular tashkil topgan zarralarga bogʻliq. Uni mexanik kuchlanishni oʻzgartirish va prujinani yumshatish deb ataladigan isitish/sovitish jarayoni orqali oʻzgartirish mumkin. Agar prujina metallning toʻgʻri boʻlagidan yasalgan boʻlsa unda uning elastiklik xossalarini qayta tiklash uchun uni qayta eritish kerak boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |