Electronics WorkBench virtual dasturi bilan tanishish
Label (Komponentning xossalari)
Download 26.95 Kb.
|
Electronics WorkBench virtual dasturi bilan tanishish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Schematic Options.
- Analysis Setup.
Label (Komponentning xossalari). Komponentning metkasi yoki identifikatorini o’rnatish yoki o’zgartirish. Komponentning identifikatori yagona bo’lishi kerak, uni o’chirib tashlab bo’lmaydi.
Value. Komponent xossalarining qiymatlari o’rnatiladi. Models. Komponentning modelini tanlash va uni tahrirlash. Komponentlar sukut bo’yicha ko’pchilik hollarda “ideal” bo’ladi. Natijalarning aniqligini orttirish zarur bo’lsa “real” modellarni tanlash mumkin. Schematic Options. Sxemaning parametrlarini tanlash. Fault. Komponent terminaliga nosozliklarni kiritish. Quyidagi nosozliklarni kiritish mumkin: Leakage – Komponentga parallel ulanadigan qarshilikning qiymati (komponentga qo’shni zanjirlarning, komponentga parallel ekvivalent qarshiligi); Short – komponentning qisqa tutashuv rejimi; Open – komponentning ichida uzilish mavjud, ya’ni uning qarshiligi juda katta. Node. Sxema tugunining xossalarini o’zgartirish, unda quyidagi bo’limlar mavjud: Node ID – sistema tomonidan berilgan tugunning nomi; Use as Testpoint – tugun test nuqtasi sifatida ko’rilishi kerakligini bildiradi; Set Node Color – simlarning rangini o’zgartirish. Display. Display bo’limidagi Use Schematic Options tanlanmaganda quyidagilarni ko’rsatish/berkitish uchun ishlatiladi: Show labels - komponentning nomi; Show values - qiymati; Show reference ID – identifikatori. Analysis Setup. Elementning parametrlarini, masalan qarshilik uchun ishchi haroratni rostlash. Circuit/Create Subcircuit. Ostsxema hosil qilish (ajratilgan elementlarni ostsxemaga birlashtirish). Ostsxema cheklanmagan miqdordagi komponentlarga ega bo’lishi va uning tarkibiga boshqa ostsxema kirishi ham mumkin. Boshqa elementlarga ketadigan hamma simlar ostsxemaning piktogrammasida terminallarga aylanadi. Ostsxemani yaratish uchun: a) ostsxemaning tarkibiga kirishi zarur bo’lgan elementlar ajratiladi; b) Circuit/Create Subcircuit buyruqsi tanlanadi va hosil bo’ladigan dialog oynada ostsxemaga nom beriladi va quyidagilardan biri belgilanadi: Copy from Circuit – ajratilgan elementlarning faqat nusxalari ostsxemaga joylashtiriladi, ularning o’zlari sxema oynasida qoladi; Move from Circuit - ajratilgan elementlar sxemadan yo’qotilib ostsxemaga joylashtiriladi; Replace in Circuit - ajratilgan elementlarni ostsxemaga joylashtiriladi va sxemada ularning o’rnida ostsxemaning piktogrammasi hosil bo’ladi. Yaratilgan ostsxemalar Favorites paneliga joylashadi. Favorites paneli
Ostsxemadan faqat joriy sxemada foydalanish mumkin. Lekin uning nusxasini almashtirish buferiga olish va boshqa sxema oynasiga qo’yish mumkin. Download 26.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling