Elektir stansiyalari tarmoqlari va tizimlari 3-2020 guruh 2-kurs talabasi yavmutboyev quvonchboy


Download 0.85 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1128856
Bog'liq
QUVONCHBOY SLAYD

ELEKTIR STANSIYALARI TARMOQLARI VA TIZIMLARI 3-2020 GURUH 2-KURS TALABASI YAVMUTBOYEV QUVONCHBOY

Mavzu: Transformotorning salt va qisqa tutashuv tavsiflari

SLAYD


Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda elektr energiyasi kishi boshiga I0 kVt s. ga to‘g‘ri keladi. Bu esa 200 yil ilgari sanoatda asosiy ish kuchi hisoblangan insonning quvvatidan I00 marta ko‘pdir.
Elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish uchun o‘zgaruvchan tok generatorlarining 6-30 kV li kuchlanishini transformatorlar yordamida 110, 150, 220, 330, 400, 500, 750, 1150 kV gacha kuchaytirib elektr o‘tkazish tarmoqlariga uzatiladi. Kuchlanishning shu qadar kuchayishi tokning proporsional kamayishiga olib keladi va uzatish tarmog‘idagi quvvat isrofi shu tokning kvadratiga proporsional ravishda kamayadi.

Transformatorlarning turlari


Elektr energiyasini qabul qiluvchi, uzatuvchi yoki tarqatuvchi enegiya tizimlarda qo‘llanuvchi transformatorlar kuch transformatorlari(KT) deyiladi.
O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilovchi (o‘zgarmasga aylantiruvchi) va o‘zgarmas tokni invertorlovchi (o‘zgaruvchanga aylantiruvchi) yarim o‘tkazgich asboblari bo‘lgan sxemalarda ishlatiluvchi transformatorlar o‘zgartkich transformatorlari (O‘T) deyiladi.
Maxsus transformatorlar ham ishlab chiqariladiki, ular elektro-termik o‘choqlarda (o‘choq transformatorlari), elektr payvandlash, elektr transporti uskunalari, elektron sxemalar, tok va kuchlanish o‘lchagichlari sxemalarida qo‘llaniladi.
 
Tok turiga qarab transformatorlar bir fazali, uch fazali va ko‘p fazalilarga bo‘linadilar.
Uch fazali KTlarning quvvatlari 1250 MVA gacha, uch fazali guruh transformatorlarining quvvatlari esa (uchta bir fazali transformatordan hosil bo‘lgan) 2000 MVA gacha bo‘lib, og‘irligi esa 500 t. gacha boradi.
www.arxiv.uz
Kuchli transformatorlar tuzilishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadilar: moyli va quruq transformatorlar. Moyli transformatorlarda magnit o‘zak va chulg‘amlar yaxshi izolyator va sovutuvchi modda hisoblangan transformator moyi to‘ldirilgan idishga joylashtiriladilar. Transformator moyi chulg‘am izolyasiyalarini havoning zararli ta’siridan ham saqlaydi. a) moyli; b) quruq transformatorlar ko‘rinishlari;
Minera
TOHn
ТМГ
www.arxiv.uz

Quruq transformatorlar


Trihal
TSE
TTA-RES
TMCRES-S
www.arxiv.uz
BIR FAZALI TRANSFORMATORLAR
electromagnetic field
www.arxiv.uz
Transformatorlar quyidagi ish rejimlarida ishlaydi:
a) Salt ishlash rejimi;
b) YUklama rejimi;
v) Qisqa tutashuv rejimi.
Salt yurish (yuksiz) rejimida ikkilamchi chulg‘amning toki nolga teng, lekin birlamchi chulg‘amdagi tok nolga baravar bo‘lmaydi. Ikkilamchi chulg‘am uzilgan holda birlamchi chulg‘amning toki salt yurish toki deyiladi
Salt (yuksiz) ishlashning ahamiyati katta, chunki uning yordamida tajriba usuli bilan transformatorning muhim qiymatlari bo‘lmish a) transformatsiyalash koeffitsienti; b) yuksiz ishlash toki va v) yuksiz ishlash quvvat isroflarini aniqlash mumkin.
www.arxiv.uz
Salt (yuksiz) ishlash vektor diagrammasi.
Tok, kuchlanish va boshqa o‘zgaruvchilarni kompleks shaklida vektorlar bilan ifodalash mumkinligi transformator-larni hisoblash va ular ishini tavsiflashda ancha qulayliklar yaratadi.
www.arxiv.uz
Transformatorlarning qisqa tutashuvi deb uning shunday cheklangan rejimiga aytiladiki, bunda ikkilamchi chulg‘am o‘z-o‘ziga qisqa (R=0 bo‘lgan o‘tkazgich bilan) ulanib, birlamchi chulg‘amga u1 o‘zgaruvchan kuchlanish ulanadi. SHu sababli, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi u2 = 0 bo‘ladi. Qiska tutash rejimi, bu avariya (shikasta) rejim bulib, bunda tok nominal qiymatga nisbatan 10-20 marta oshib ketadi.
www.arxiv.uz
Kuchlanish transformatori deb yuqori kuchlanishli birlamchi chulg‘amning o‘ramlari soni W1 nisbatan ko‘p bo‘lib, tarmoqqa parallel ulanadi, ya’ni o‘lchanadigan kuchlanish bevosita ta’sir ettiriladi. Ikkilamchi chulg‘amning o‘ramlari soni W2 nisbatan kam bo‘lib, unga voltmetr, vattmetr, schyotchik va boshqa asboblarning kuchlanish g‘altaklari ulanadi.
Tokni o‘lchash transformatori
Kuchli toklarni kuchsiz tokka aylantirishda tok transformatorlari ishlatiladi. Bunday transformatorlar birlamchi chulg‘amining o‘ramlari soni ko‘p bo‘lmay, asosiy elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi va o‘lchanadigan tok u orqali o‘tadi. Ikkilamchi chulg‘amning o‘ramlari soni nisbatan ko‘p bo‘lib, unga o‘lchov asboblari (ampermetr, vattmetr, schyotchiklarning tokli g‘altaklari) ketma-ket ulanadi.
www.arxiv.uz
Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling