Elektr energetika sohasi


Gidroelektrstansiyalar kaskadlariga birlashtirilgan bo’lib, suv oqimlari bo’yicha ishlaydi


Download 23.01 Kb.
bet3/4
Sana13.12.2022
Hajmi23.01 Kb.
#999845
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekistonda energetika

Gidroelektrstansiyalar kaskadlariga birlashtirilgan bo’lib, suv oqimlari bo’yicha ishlaydi.
Markazlashtirilgan elektr ta'minoti tizimiga umumiy quvvati 475,5 MVt ga ega blokstansiyalar ulangan.
Energiya tizimining issiqlik elektr stansiyalaridan respublikamizning bir qancha shaharlari va yashash joylariga, shulardan Toshkent, Angren, Navoiy, Nurobod, Nuriston, Shirin, Farg’ona kabilarga issiqlik enargiya ta'minoti amalga oshiriladi.
0,4-500 kV kuchlanishga ega bo’lgan elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi (havo va kabel liniyalari, zanjirlar bo’yicha uzunlik) 258,6 ming km ni tashkil etadi. O’rnatilgan transformator quvvatlari 48,2 mln. kV∙A li 35 kV va undan yuqori kuchlanishga ega bo’lgan 1735 ta nimstansiyalar va 6-10 kV kuchlanishga ega bo’lgan umumiy quvvati 13,4 mln. kV∙A 71365 ta transformator punktlaridan foydalanilmoqda.
«O’zelektrtarmoq» unitar korxonasi uzunligi 9,7 ming km 110-500 kV quvvatiga ega bo’lgan magistral elektr tarmoqlari orqali ishlab chiqarilgan elektr enargiyasini taqsimlab-sotuvchi korxonalariga yetkazib beradi. Korxonaning 76 ta nimstansiyalarida umumiy quvvati 21,3 MV∙A ga teng bo’lgan transformatorlar o’rnatilgan.
Hududiy elektr tarmoq korxonalari ishlab chiqarilgan elektr energiya uzunligi 246,1 ming km bo’lgan 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari orqali, shu jumladan uzunligi deyarli 13,4 ming km bo’lgan kabelli tarmoqlari orqali iste'molchilarga yetkazib beriladi.
Sohaning 2020 yilgacha rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-sonli «2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy isloh qilish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar Dasturi to’g’risida» gi Farmoniga muvofiq belgilangan. Ushbu farmonga asosan, 2015-2020 yillarda investitsiyaviy dasturga kiritilgan issiqlik energetikasiga 6 ta ustuvor loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan, bulardan:
- Toshkent IES da 370 MVt quvvatga ega bo’lgan bug’-gaz uskunasini qurish;

Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling