Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash
Download 1.31 Mb.
|
ABT dan laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9- LABORATORIYA ISHI ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDA ISHLOVCHI AGREGATLARNING OPTIMAL TARKIBINI ANIQLASH Ishdan maqsad
- Qisqacha nazariy ma’lumot
8.2-jadval.Hisoblash natijalari jadvalga kiriting.
Sinov savollari 1. Elektr energetika tizimining holatini kompleks optimallash qanday parametrlar boʻyicha optimallashni nazarda tutadi? 2. Elektr energetika tizimining holatini kompleks optimallash masalasini matematik koʻrinishini ifodalang. 3. Nima sababdan elektr energetika tizimining holatini kompleks optimallash masalasi alohida masalalarga ajratib echiladi? 4. Elektr tarmog’ining holatini optimallash masalasi elektr energetika tizimining holatini kompleks optimallash masalasidan nima bilan farq qiladi? 9- LABORATORIYA ISHI ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDA ISHLOVCHI AGREGATLARNING OPTIMAL TARKIBINI ANIQLASH Ishdan maqsad: Issiqlik elektr stansiyalarida ishlovchi agregatlarning optimal tarkibini aniqlash orqali yoqilg’i sarfini minimallashtirish. Qisqacha nazariy ma’lumot Hozirgi zamon energetika tizimlarining yuklamalarini yuqori oʻta notekisligi elektr stansiyalarida ishlovchi agregatlarning quvvatlarini yuklama kam boʻlgan soatlarda kamaytirish, ba’zan esa oʻchirish, yuklama koʻp boʻlgan holatlarda esa ularni yana qayti ishga tushirishni talab etadi. IESning agregati oʻchirganda salt ishlashga sarflanuvchi va oʻzehtiyojga sarflanuvchi yoqilg’ining tejalishi hisobiga iqtisodiy samara koʻrilsa, ularni qayta ulaganimizda oʻz-oʻzidan qoʻshimcha xarajatlar hosil boʻladi. Bu xarajatlar birinchi navbatda oʻchirib qoʻyilgan agregatlarni sovib qolganligi sababli qizdirishga sarflanuvchi yoqilg’i sarfi bilan bog’liq boʻlgan xarajatlardir. Shunday qilib, agregatning yuklamasi u toʻxtatilganidan keyin boshqa agregatlarga oʻtadi. Natijada yoqilg’i sarfining nisbiy oʻsishi ortadi va bunga mos holda yoqilg’i sarfi ham oshadi. Ushbu holatni tushuntirish uchun 1- rasmda ishga tushirish holatining xarakteristikasi tasvirlangan. Bunda IESning K-150 tipidagi turbinaga ega boʻlgan bloklaridan birida gorelkalarning soni soat 6 dan boshlab, ketma-ket tarzda 2-16 gacha ortadi. 2- rasmda turli quvvatdagi energobloklar uchun ularni ishga tushirish uchun sarflanuvchi yoqilg’ining toʻxtab turish vaqti ga bog’lanish egri chizig’i keltirilgan. Bunda quvvat ishlab chiqarishga sarflanmaydigan ishga tushirish sarfi solmoqli miqdorni tashkil etadi. Masalan, toʻxtab turish vaqti soat boʻlganda 160 MVt quvvatli blok uchun ning qiymati 40-45 t, quvvati 300 MVt boʻlgan blok uchun esa, bu koʻrsatkich 110-140 t ni tashkil etadi. 2- rasmdan yana shu narsa koʻrinadiki, bog’lanish egri chiziqli. Masalani soddalashtirish uchun bog’lanishni siniq chiziqli approksimatsiyalash mumkin (3- rasm). Agar gap agregatni qisqa muddatga toʻxtatish ustida ketsa ( soat), u holda siniq chiziqli bog’lanishning birinchi boʻlagi, agar undan katta muddat ustida borsa, u holda siniq chiziqnin 2- boʻlagi amal qiladi. 9 .1- rasm. Ishga tushirish holatining xarakteristikasi. Bp, tut/s 160 300 1 200 2
160 3 20 40 60 9.2- rasm. Ishga tushirish sarfini toʻxtab turish vaqtiga bog’liqligi. 9.3- rasm. Sarf xarakteristikasini toʻg’ri chiziqlar bilan almashtirish. Elektr stansiyalarida ishlovchi agregatlarning optimal tarkibini tanlash masalasining ma’nosi energetika tizimining butun ishlash sikli davomida umumiy yoqilg’i sarfini minimal boʻlishini ta’minlash uchun ularni ishga tushirish va toʻxtatish vaqtini aniqlash masalasiga keltiriladi. Ishga tоpshiriq. 1. Qisqacha nazariy ma’lumоtlarni oʻzlashtiring va nazоrat savоllariga javоblar tоping. 2. Bеlgilangan variant raqami boʻyicha ishni amalga оshirish uchun dastlabki ma’lumоtlarni «Dastlabki ma’lumоtlarni tayyorlash» punktiga muvоfiq tayyorlang. 3. Hisoblashlarni EHMda bajaring va olingan natijalarni «ishni bajarish tartibi» punktiga muvоfiq tayyorlang 4. Laboratoriya ishi boʻyicha hisоbоt tayyorlang va хulоsalar qiling. Ishni bajarish uchun dastlabki tayyorgarlik. Hisobotga quyidagilar keltirilishi lozim. 1. DigSILENT Power Factory dasturida tayyorlangan faylni oching. 2. Agregatlarning sarf xarakteristikalarini kiriting. 3. Agregatlarning maksimal va minimal quvvatlarini kiriting. 4. Yuklamalarni kiriting. 5. Xar bir agregatlarning quvvatlarini yozib oling. 6. Umumiy yoqilg’i sarfini xisoblang. 7. Olingan natijalarni 9.2-jadvalga kiriting. 9.1-jadval. IES energobloklari boʻyicha olingan ma’lumot variantlari.
Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling