Elektr energetikasi


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati


Download 5.18 Mb.
bet38/91
Sana14.10.2023
Hajmi5.18 Mb.
#1701867
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Bog'liq
Маъруза Аудит

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
Asosiy adabiyotlar:


  1. Zakon o ratsionalnom ispolzovanii energii v Respublike Uzbekistan. Tashkent, 1997.

  2. Energoaudit. Energoresursosberejenie, seriya Energosberejenie. – M.: Energoatomizdat, 1999.

  3. Elias Krontiris. Mejdunarodnыy opыt energosberejeniya. /Mejdunarodnoe soveщanie po obmenu opыtom. Energosberejenie v promыshlennыx ustanovkax. Tez. Doklada. – T.: 1995.

  4. Xashimov A.A., Sitdikov R.A. Audit energoeffektivnыx elektrotexnicheskix sistem i kompleksov. Konspekt leksiy. – T: TGTU, 2001.

  5. Energy Audits for Industry. Fuel efficiency booklet, Best practice programme, 1993.

Qo‘shimcha adabiyotlar:


  1. Energy Audits for buildings. Fuel efficiency booklet, Best practice programme, 1993

  2. Spravochnik po avtomatizirovannomu elektroprivodu /Pod red. Elisseva i dr. – M.: Energoatomizdat, 1983.



Internet saytlari:



  1. http://www. e-audit.ru

    1. http://www.karexim.msk.ru

    2. http://www.com tex.ru


MA’RUZA 15


Kompressor va ventilyatorlarda energiya auditi

  1. Energetik balans va ishlab chiqarish elementlarining energetik tavsiflari.

  2. Sanoat korxonalarini elektrobalansini tuzish bœyicha asosiy kœrsatmalar

  3. Agregatning energetik balansi tarkibi

Beton buzuvchi, kuch bolg‘a, silliqlovchi mashina va vibrator, bo‘yoq pult va bo‘yoq sachratuvchi qurilmalarda siqilgan havo kuchidan foydalaniladi. Siqilgan havo kompressorlarda xosil qilinadi. Kompressorlardagi motorlarning quvvati bir necha yuz vattdan bir necha yuz kilovattgacha bo‘lishi mumkin. Katta hajmdagi gazli muhitni transportirovka qilishda quvvati minglab kilovattga bo‘lgan sinxron motorli kompressorlar ishlatiladi.
Kompressor elektr yuritmalarida elektr energiya sarfini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq keladi:
1. Siqiladigan havoni qizdirish va havo o‘tkazgichdagi
issiqlik izolyasiyasini qo‘llash havo isrofini kamaytiradi, bu esa
o‘z – o‘zidan elektr energiya sarfini kamaytiradi. Bu holda elektr
energiyadan iqtisod qilish ushbu formula bilan hisoblanadi:

bu erda siqilgan havo miqdori, m3/min, havo o‘tkazgichga o‘rnatilgan issiqlik izolyasiyasi qurilmasigacha va qurilmadan keyingi o‘tkazgichdagi haroratlarning ayirmasi (yil davomidagi o‘rtacha qiymati), 0S, 1 m3 siqilgan havo olish uchun sarf bo‘lgan elektr energiya,
kVt*s/ m3, t – yil davomida kompressorning ishlagan vaqti, soat.
Misol: Iste’molchiga yuborilayotgan siqilgan havoning
harorati 200S dan 400S ga ko‘targanimizda kompressor elektr yuritmasi qancha elektr energiyani iqtisod qiladi?
Echimi: Q = 10 m3/min, t = 3000 soat, = 0.08 kVt*s/ m3.
Bir yilda iqtisod qilingan elektr energiya

2. Siqilgan havo sizib chiqishini kamaytirish kerak.
Havoning sizib chiqishi vaqtidagi elektr energiya isrofi quyidagi
formula bilan hisoblanadi:

bu erda armatura va qisgichlarda havo isrofi, m3/min, n – siqilgan
havo sizib chiqib ketayotgan joylar soni, t – havo o‘tkazgichning bosim
ostida bo‘lib turgan vakt, soat.
3. Kompressorning nominal bosimiga qarab ishchi
mexanizmlarni tanlash kerak. Agar kompressorning bosimi ishchi
mexanizm bosimidan yuqori bo‘lganda elektr energiya isrofi
quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

bu erda A1,A2 – bosimni kamayishidan oldin va keyin 1 m3 havoni siqish uchun sarf bo‘lgan ish miqdori, kgm/m3; Q – kompressordan chiqayotgan siqilgan havoning miqdori, m3/min; t – kompressorning bir yil davomida ishlagan vaqti, soat; elektr tarmogi, motor, uzatish qurilmasi, kompressorning mexanik va nndikator FIK lari; D – kompressorning ishlashi davomida emirilishi natijasida
qo‘shimcha elektr energiya isrofining oshishini hisobga oluvchi
koeffitsient(D = 1,1).
Kompressor bosimining 15% kamayishi elektr energiya
isrofini qariyib 8 % ga kamayishiga olib keladi.
4. Pnevmatik asboblarni elektr asboblari bilan almashtirish
elektr energiyadan 7 – 10% iqtisod qilish imkonini beradi.
5. So‘rib olinayotgan havo haroratini 3% oshishi
kompressordan chiqayotgan siqilgan havo miqdorini 1% ga
kamaytiradi, bu esa elektr energiya sarfini oshiradi. SHuning uchun
odatda havo so‘ruvchi quvurlar oq rangga bo‘yalib, quyosh nuri tushishidan
muhofaza qilinishi zarur.
6. Kompressorning ishlab chiqarish unumdorligini siqilgan
havo miqdorining o‘zgarishiga qarab rostlash lozim.
7. Smena o‘zgarishi va tushlik vaqtlarida kompressorlarni
o‘chirib qo‘yish kerak.
8. Tezliklari rostlanmaydigan kompressorlardagi asinxron motorlarning tarmoqdan olayotgan reaktiv quvvatini yuklanganlik darajasiga qarab rostlash elektr energiyadan samarali foydalanishning asosiy tadbirlaridan biridir.
Metall konstruksiyalari va ular asosidagi inshoatlarni
quritish maqsadida, shuningdek xonalarni isitish uchun turli
qizdirgichlar bilan komplektda ventilyatorlar ham keng qo‘llaniladi.
Ularda qo‘llaniladigan motorlar asosan asinxron motorlar bo‘lib
quvvati bir necha yuz vattdan to o‘nlab kilovattgacha bo‘ladi.
Ventilyasion qurilmalarda sarf bo‘layotgan elektr energiyani
iqtisod qilish uchun quyidagi amaliy choralar ko‘rish lozim:
1. Iqtisodiy jihatdan ma’qul bo‘lmagan ventilyatorni iqtisodiy jihatdan ma’qul bo‘lgani bilan almashtirish natijasida:

bu erda t – ventilyatorning ishlash vakti, soat;
h – ventilyator hosil qilgan bosim. Pa;
Q – ventilyatordan chiqaetgan havoning miqdori; m3/s;
o‘rnatilayotgan va almashtirilayotgan ventilyatorlarning, elektr motorning, elektr tarmoqning FIK lari.
2. Tushlik va smenalar almashinuvi vaktida ventilyatorlarni
o‘chirib qo‘yish kerak (shunda elektr energiyadan kilinadigan iqtisod 20% ni gashkil etadi).
3. Ventilyator konstruksiyasini takomillashtirish (ishchi
g‘ildirakdagi parraklarning og‘ish burchaklarini o‘zgartirish,
yo‘naltiruvchi apparat parraklarini korreksiyalash va h.k.).
SHu tadbirlar natijasida iqtisod kilinadigan elektr energiya
kuyidagi formula bilan aniklanadi:

bu erda Q1,Q2 – ishlab chiqarish rejiminn o‘zgartirguncha va
undan so‘ng ventilyatordan chiqayotgan havoning miqdori, m3/s; h1, h2 - ishlab chiqarish rejimi o‘zgarguncha va undan sung ventilyator hosil
qilgan bosim, Pa; ishlab chiqarish rejimi o‘zgarguncha va
undan so‘ng ventilyatorning FIK lari;
4. Ventilyatordan chiqayotgan havoning miqdorini rostlash
uchui shiperlar o‘rniga ko‘p tezlikli motorlarni qo‘llash elektr energiyadan 30% iqtisod qilish imkonini beradi. SHuningdek chastota
buyicha boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarni qo‘llash xam
ko‘p samara beradi.
5. Ventilyatorni montaj qilishda va ta’mirlashda
kamchiliklarni yuqotish kerak.
Tashqi havoning harorati buyicha teskari boglanishli
ventilyasion qurilmalarning avtomatik boshkaruv tizim sxemalarini
amalda qo‘llash elektr energiyadan 10 – 15% iqtisod qilishga olib
keladi.

Download 5.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling