Elektr energetikasi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Download 5.18 Mb.
bet61/91
Sana14.10.2023
Hajmi5.18 Mb.
#1701867
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
Bog'liq
Маъруза Аудит

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

elektr energetika tizimining auditi


fanidan
GLOSSARIY

GLOSSARIY
Ventil – tokni fakat bir tomonga o‘tkazish xossasiga ega bo‘lgan asboblar elektr ventillari deb ataladi.
Diod – ikki elektrodli lampa. Bir tomonlama o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Vakuumli va yarim o‘tkazgichli diodlar bo‘ladi.
Induktivlik – magnit okimi ilashuvchanligining tokka nisbati bilan o‘lchaniladigan kattalik kontur yoki g‘altakning induktivligi deb ataladi va L harfi bilan belgilanadi. Induktivlik g‘altakning shakli va o‘lchamlariga, undagi o‘ramlar soniga, muhitning magnit sindiruvchanligiga bog‘lik.
Rotor – elektr mashinalarining aylanadigan qismi. Stator ichiga joylashgan rotorga o‘ralgan cho‘lg‘amning magnit maydoni stator cho‘lg‘amining magnit maydoni bilan ta’sirlashib elektr yurituvchi kuch hosil qiladi.
Sinxron mashina – rotorning aylanish chastotasi va statordagi tokdan hosil bo‘lgan aylanuvchi magnit maydonining aylanish chastotasi bir xil bo‘lgan uch fazali o‘zgaruvchan tok mashinasi.
Stator – elektr mashinalarida aylanuvchi magnit maydon hosil qiluvchi cho‘lg‘amlar o‘rnatilgan o‘zak harakatsiz turg‘un uchun u stator deb ataladi. Umuman elektr mashinaning ko‘zg‘almas qismi stator deyiladi.
O‘zgarmas tok – vakt o‘tishi bilan kuch va yo‘nalishi o‘zgarmaydigan elektr toki.
O‘zgaruvchan tok – tok kuchi va yo‘nalishi bo‘yicha davriy o‘zgaradigan elektr toki.
O‘lchash asbobi – ulchash axborot signalini kuzatuvchi bevosita qabul kila oladigan shaklda ishlab chikadigan o‘lchash vositasi.ular xilma –xil bo‘ladi.
O‘lchash transformatori – birlamchi cho‘lg‘amiga ulanadigan tok ki kuchlanish ta’sir qiladigan, ikkilamchi cho‘lg‘amiga ulchash asboblari yoki himoya relesi ulanadigan elektr transformatori.

Download 5.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling