Elektr energiyasi rejimlarining xususiyatlari va ularning parametrlari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 458.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.03.2023
Hajmi458.47 Kb.
#1261148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
432-437

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00420 
Academic Research, Uzbekistan 435 www.ares.uz 
iste’molchilarni elektr ta’minotida uzilishga olib kelishi mumkin emas, ammo 
avtonom rejimda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Energiya tumanining sxemasi va 
ish sharoitlariga qarab, undagi ishlab chiqarish va iste’mol balansi asosiy 
birlikning uzilishini talab qiladigan ishlab chiqarishning ortiqcha miqdoridan 
100% ga yaqin o‘zgarishi mumkin. 
Taqsimlangan generatsiya obyektlari bo‘lgan elektr energiyasi tumanlari 
rejimlarining asosiy xususiyatlari quyidagicha: 
- o‘tkinchi jarayonlar, ayniqsa, avtonom ish rejimida ancha tezroq davom 
etadi, bu TJ (mexanik doimiy inertsiya ) ning 3-10 baravar past ko‘rsatkichlari bilan 
bog‘liqligi; 
- o‘tkinchi jarayonlarning parametrlari yuklamaning xususiyatlari va 
parametrlariga sezilarli darajada bog‘liqligi; 
- qayta tiklanadigan (reversiv) quvvat oqimlari, generatsiya rejimlariga 
bog‘liqligi; 
- chiziqli bo‘lmagan va tez o‘zgaruvchan yuklamaning mavjudligi sababli 
tasodifiy aralashuvchi omillarning ta’siri (chastotani moslashtirish yuritmasi, 
uzluksiz quvvat manbai va boshqalar ) [2]. 
 
NATIJALAR
Konchilik korxonasi bilan elektr ta’minoti tizimida elektr quvvati 
yetishmasligi paytida paydo bo‘ladigan o‘tkinchi jarayonlarning hisob-kitoblari 
misollarini ko‘rib chiqaylik: elektr ta’minoti tizimi o‘z ehtiyojlarini va tarmoqdagi 
yo‘qotishlarni hisobga olmasdan, iste’mol qilish quvvati - 8,9 MVt bo‘lganda, 
podstansiya shinalarining 2 uchastkasidagi normal kuchlanish 6,6 kV ni tashkil 
qiladi. Elektr qabul qiluvchilarning 90% 0,4-6 kV kuchlanishli asixron 
dvigatellardan (AD) iborat, qolgani statik yuklama, avariyali holatgacha bo‘lgan 
asosiy blokning umumiy quvvati 12 MVt. Elektr ta’minoti tizimi talablarga asosan 
CHAT (chastotani avtomatik tushirish) qurilmalari bilan jihozlangan, umumiy 
iste’mol quvvati 4,6 MVt bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilari CHAT 1 ga 
ulangan, CHAT 1 ning sozlamalari - 0,2 Hz da 48,8 dan 46,4 Hz gacha, 13 bosqichli, 
vaqtni kechiktirish - 0,3 s, boshqariluvchi harakatni amalga oshirish vaqti - 0,1 s. 
Grafiklarda: f - chastota, Hz, U – podstansiya shinalaridagi kuchlanish, kV, ∑PICHQ 
– ishlab chiqaruvchi qurilmalarning umumiy yuklamasi, MVt [3]. 
Bitta TUG (turbogenerator) ni o‘chirib qo‘yish dastlabki quvvat 
taqchilligining 50% ni tashkil qiladi. O‘tkinchi jarayonning asosiy qismi 1 - rasmda
ko‘rsatilgan, bunda fmin = 48.0 Hz, CHAT 1 ni ishga tushirish 4 bosqichda 1,5 



Download 458.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling