Elektr energiyasi taʼminoti bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatuvchi subʼektlarda xarajatlar va moliyaivy natijalar hisobi reja


Elektr energiyasini isteʼmolchi - yuridik shaxslarga sotish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi


Download 99.66 Kb.
bet2/4
Sana23.02.2023
Hajmi99.66 Kb.
#1225998
1   2   3   4
Bog'liq
Xizmatlar sohasida buxgalteriya hisobi mustaqil ish

Elektr energiyasini isteʼmolchi - yuridik shaxslarga sotish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Bevosita HETKlarning elektr tarmoqlaridan hamda isteʼmolchi yuridik shaxslar yoki subisteʼmolchilarning elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan (yetkazib berilayotgan) elektr energiyasi uchun isteʼmolchi - yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasining tegishli tariflari bo‘yicha elektr taʼminoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Barcha toifadagi isteʼmolchi - yuridik shaxslarga elektr energiyasini har oyda yetkazib berish, shartnomaga muvofiq tegishli oy uchun yetkazib berilishi nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmining qiymatidan qonunchilikda belgilangan miqdorda bo‘nak to‘lovi isteʼmolchi - yuridik shaxs tomonidan to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
Shartnomaga asosan tegishli oy uchun elektr energiyasini yetkazib berish hisobiga bo‘nak to‘lovlarining kelib tushishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5200, 5500 va h. k.);
Kredit 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti.
Isteʼmolchi - yuridik shaxsning elektr energiyasi uchun qarzi bo‘lgan taqdirda, uning bo‘nak to‘lovi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari qarzni qoplashga yo‘naltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi. Qarzni qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5200, 5500 va h. k.);
Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti.
Isteʼmolchi - yuridik shaxsning aybi bilan shartnomada ko‘rsatilgan elektr energiyasi hajmi to‘liq isteʼmol qilinmagan taqdirda, bo‘nak tariqasida to‘langan mablag‘larni qaytarish amalga oshirilmaydi va u isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
Isteʼmolchi - yuridik shaxslarga hisobot davrida yetkazib berilgan (sotilgan) elektr energiyasi hajmi, isteʼmolchi bilan birgalikda yozib olingan hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib elektr energiyasi isteʼmolining amalga oshirilgan hisoblanishi asosida, agarda ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, elektr taʼminoti shartnomasida ko‘rsatilgan elektr energiyasi (quvvati) isteʼmolining shartnomadagi miqdori asosida aniqlanadi.
Isteʼmolchi - yuridik shaxs tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasining hajmi shartnomadagi miqdorlar bo‘yicha hisoblanganda, keyinchalik HETK tomonidan isteʼmolchi - yuridik shaxs bilan birgalikda aniqlangan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi (quvvati) uchun qayta hisob-kitob qilinadi.
Elektr energiyasi (quvvati)ning sotilgan hajmini hisoblash yakuniga muvofiq HETK hisob-kitoblarni amalga oshiradi va isteʼmolchi - yuridik shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 222-moddasining talablariga muvofiq schyot-faktura yozib beradi.
Isteʼmolchi - yuridik shaxsda turli tarif guruhlariga mansub bo‘lgan obʼektlar mavjud bo‘lgan taqdirda har qaysi tarif guruhini alohida ko‘rsatgan holda umumiy schyot-faktura yoziladi.
Isteʼmolchi - yuridik shaxslarga elektr energiyasini sotish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti - tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarga (elektr energiyasini yetkazib berish dalolatnomasi, schyot-faktura) muvofiq elektr energiyasini sotishdan tushum summasiga;
Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - sotilgan elektr energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga.
Hisobot davrida sotilgan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda ilgari olingan bo‘nak to‘lovlari summasi hisobga olinganda:
Debet 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti;
Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti.
Elektr energiyasini isteʼmolchi - yuridik shaxslarga shartnomadagi miqdor bo‘yicha hisoblab sotilishi hamda haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun isteʼmolchi - yuridik shaxslar bilan qayta hisob-kitob qilinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Elektr energiyasini isteʼmolchi - yuridik shaxslarga, qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‘yicha sotishdan tushum hisoblanganda:
Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti - elektr energiyasini isteʼmolchi - yuridik shaxslarga, "O‘zbekenergo" DAK tomonidan qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan va "O‘zdavenergonazorat" davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda - "O‘zdavenergonazorat" DI) tomonidan tasdiqlangan XETK va isteʼmolchi - yuridik shaxs o‘rtasidagi elektr taʼminoti shartnomasiga asosan hisoblangan shartnomadagi miqdor bo‘yicha sotishdan olingan tushum summasiga;
Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - yuridik shaxslarga sotilgan elektr energiyasining shartnomadagi miqdori bo‘yicha hisoblangan hajmdan hisoblangan QQS summasiga.
b) Isteʼmolchi - yuridik shaxslarga sotilgan elektr energiyasining tannarxini aks ettirish:
Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti;
Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha sotish hajmi (miqdori) va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan isteʼmolchi - yuridik shaxslarga sotilgan elektr energiyasining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga;
v) hisobot davri mobaynida elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha har bir isteʼmolchi - yuridik shaxs bo‘yicha sotishdan olingan tushum tan olinganda va unda, ilgari olingan bo‘nak to‘lovlari summasi hisobga olinganda:
Debet 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti;
Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
g) isteʼmolchi - yuridik shaxslar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun keyinchalik qayta hisob-kitob qilinganda:
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlariga muvofiq isteʼmolchi - yuridik shaxslar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‘yicha tan olingan sotish tushumi summasidan oshgan summasiga (ijobiy farq):
Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti;
Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - ijobiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
Ijobiy farq hajmi tannarxini aks ettirish:
Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti;
Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmi tannarxi summasiga;
Isteʼmol qilingan elektr energiyasining ijobiy farqi summasiga, ilgari olingan bo‘nak to‘lovlarining qolgan summasi hisobga olinganda:
Debet 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti;
Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‘yicha tan olingan sotish tushumi summasining, elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlariga muvofiq isteʼmolchi - yuridik shaxslar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatidan oshgan summasiga (salbiy farq):
Debet 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti;
Debet 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - salbiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Salbiy farq hajmi tannarxining tuzatilishini aks ettirish:
Debet 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi summasiga;
Kredit 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti;
Shartnomadagi hisoblangan miqdordan kelib chiqib isteʼmol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha isteʼmolchi - yuridik shaxsning qarzdorligi bo‘lmagan holatda yoki HETKning ilgari olingan avans to‘lovlari bo‘yicha yuridik shaxsdan qarzdorligi mavjud bo‘lgan holatda, salbiy farq summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti.
Isteʼmolchi - yuridik shaxsning aybi bilan hisobga olish asbobi buzilgan: hisobga olish asbobini ishga tushirish sxemasi o‘zgargan, hisobga olish asbobidan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‘g‘irlangan hollarda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va isteʼmolchi - yuridik shaxsning elektr taʼminoti shartnomasida ko‘rsatilgan ishlash soatlari bo‘yicha elektr energiyasi sarfini tasdiqlovchi hujjat asosida qayta hisoblab chiqilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti;
Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - elektr energiyasi sarfini qayta hisoblangan hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
Isteʼmolchi - yuridik shaxsning aybi bilan va/yoki boshqa shunga o‘xshash hollarda hisobga olish asbobi buzilgan holatlarda, qo‘shimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxini aks ettirish:
Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti;
Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qo‘shimcha ravishda qayta hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxi summasiga.
O‘zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan taqdirda, isteʼmolchi-yuridik shaxs tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi bo‘yicha undiriladigan summaning hisoblanishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti;
Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - o‘zboshimchalik bilan ulangan taqdirda, isteʼmolchi - yuridik shaxsdan undiriladigan elektr energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
O‘zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan taqdirda, isteʼmolchi-yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi tannarxining hisobdan chiqarilishi:
Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti;
Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - o‘zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan hollarda, undirish hisoblanilgan davr mobaynida elektr energiyasining foydalanilgan hajmi (miqdori) va sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan isteʼmolchi-yuridik shaxs tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining tannarxi summasiga.
Isteʼmolchi - yuridik shaxslar, oy mobaynida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni, qonunchilikka muvofiq tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiradi. Agarda, yakuniy hisob-kitoblar ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilmagan bo‘lsa, HETK isteʼmolchilar - yuridik shaxsga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatadi, bundan elektr energiyasi yetkazib berishning maxsus tartibiga ega bo‘lgan korxonalar mustasno. Ayni bir vaqtda, HETK isteʼmolchi - yuridik shaxsning shaxsiy varaqasidagi maʼlumotlar asosida, hisob-kitob qilinayotgan oyda yetkazib berilgan elektr energiyasi summasidan amalga oshirilgan to‘lovlar summasini chiqarib tashlagan holda xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali akseptlangan to‘lov talabnomasini taqdim etadi.
Hisobot davri mobaynida sotilgan elektr energiyasi bo‘yicha yozilgan schyot-fakturaga muvofiq yakuniy hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari kelib tushganda:
Debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5500 va h. k.);
Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti - ilgari olingan bo‘naklarni hisobga olgandan keyin olingan pul mablag‘lari summasiga.
HETK tomonidan shartnomaviy miqdordan ortiqcha elektr energiyasi va quvvatini isteʼmol qilganligi uchun jarima sanksiyalari hisoblanganda hamda isteʼmolchi - yuridik shaxs tomonidan olingan elektr energiyasi qiymatini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun penyalar hisoblangan hollarda, hisoblangan jarima sanksiyalari va penyalar summalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4860 "Daʼvolar bo‘yicha olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 9330 "Undirilgan jarima, penya va ustamalar" schyoti.
Elektr energiyasini hisobga olish isteʼmolchi-yuridik shaxsning aybisiz vaqtinchalik buzilganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob HETKning qaroriga ko‘ra, hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) elektr energiyasini hisobga olish isteʼmolchi - yuridik shaxsning aybisiz vaqtinchalik buzilganda, HETKning dalolatnomasi va to‘lov uchun qo‘shimcha yozib berilgan to‘lov hujjati asosida isteʼmolchi - yuridik shaxsga sotilgan elektr energiyasi hajmining hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisoblanishi:
Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti;
Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - qo‘shimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
b) qo‘shimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmi tannarxini aks ettirish:
Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti;
Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qo‘shimcha ravishda hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqib qo‘shimcha ravishda hisoblangan elektr energiyasi tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga.
Hisob-kitob davri uchun elektr energiyasi (quvvati)ning ortiqcha olingan hajmi, isteʼmolchi - yuridik shaxsning hisoboti bilan yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi va u jarima miqdorini hisoblash uchun asos hisoblanadi.
HETK jarima sanksiyalari va penyalar bo‘yicha alohida hisobni yuritadi, ularni hisobotlarda alohida ustunda aks ettiradi va ular bo‘yicha alohida to‘lov talabnomalarini rasmiylashtiradi va taqdim etadi.



Download 99.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling