Elektr energiyasi taʼminoti bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatuvchi subʼektlarda xarajatlar va moliyaivy natijalar hisobi reja


Download 99.66 Kb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi99.66 Kb.
#1225998
  1   2   3   4
Bog'liq
Xizmatlar sohasida buxgalteriya hisobi mustaqil ish


Elektr energiyasi taʼminoti bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatuvchi subʼektlarda xarajatlar va moliyaivy natijalar hisobi

REJA:

  1. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi

  2. Elektr energiyasini isteʼmolchi - yuridik shaxslarga sotish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi

  3. Elektr energiyasini maishiy isteʼmolchi (aholi)ga sotish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi

  4. Maishiy isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblarda tariflar o‘zgarishi natijasini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi


Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Mijozlarga elektr energiyasni sotish (yetkazib berish) maqsadida elektr energiyasini, elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasiga asosan oladi. HEKT har oyda elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning tegishli vakillari bilan birgalikda elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublilik chegarasida hisob-kitob davri uchun elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini yozib oladi.
Elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha operatsiyalar HETKning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan tuzilgan va HETK uchun rasmiylashtirilgan schyot-fakturaga muvofiq:
Debet 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda;
Kredit 6120 "Shoʼba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" schyoti - har oylik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi dalolatnoma va schyot-fakturaga asosan xarid qilingan elektr energiyasining summasiga;
b) Olingan schyot-fakturaga muvofiq sotib olingan elektr energiyasi bo‘yicha QQS summasiga:
Debet 4410 "Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)" schyoti;
Kredit 6120 "Sho’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" schyoti;
v) HETK tomonidan xarid qilinayotgan elektr energiyasi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari amalga oshirilganda:
Debet 4310 "TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar" schyoti;
Kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5500 va h. k.) - hisobot davrida xarid qilinayotgan elektr energiyasi uchun berilgan bo‘nak summasiga;
g) Xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilayotganda ilgari berilgan bo‘nak to‘lovlari summasi hisobga olinganda:
Debet 6120 "Sho‘ʼba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" schyoti;
Kredit 4310 "TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar" schyoti;
d) Hisobot davri mobaynida xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar har oylik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi dalolatnoma va schyot-fakturaga muvofiq amalga oshirilganda:
Debet 6120 "Shoʼba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" schyoti;
Kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5500 va h. k.) - ilgari berilgan bo‘naklar hisobga olingandan keyin to‘langan pul mablag‘lari summasiga.


Download 99.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling