Elektr energiyasi taʼminoti bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatuvchi subʼektlarda xarajatlar va moliyaivy natijalar hisobi reja
Elektr energiyasini maishiy isteʼmolchi (aholi)ga sotish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Download 99.66 Kb.
|
Xizmatlar sohasida buxgalteriya hisobi mustaqil ish
Elektr energiyasini maishiy isteʼmolchi (aholi)ga sotish bo‘yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Maishiy isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob davrida haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi miqdori maishiy isteʼmolchidagi hisobga olish asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi. Hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlarini navbatdagi yozib olish paytigacha maishiy isteʼmolchiga hisob-kitob davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davr uchun elektr energiyasi isteʼmolining haqiqiy hajmi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida, yaʼni oxirgi ikkita aylanib chiqishdagi hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqni ular o‘rtasidagi kunlar soniga bo‘lib va hisob-kitob davridagi kunlar soniga ko‘paytirib aniqlangan o‘rtacha sutkalik isteʼmol hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanishi mumkin. Maishiy isteʼmolchidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hisobiga kelib tushadigan bo‘nak to‘lovlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100, 5200, 5500 va h.k.); kredit 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti. Qonunchilikda belgilangan tartibda hajmi aniqlanib, maishiy isteʼmolchilarga sotilgan elektr energiyasining buxgalteriya hisobi quyidagicha amalga oshiriladi: a) qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida elektr energiyasini maishiy isteʼmolchilarga sotishdan tushum hisoblanganda: Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti - elektr energiyasining shartnomadagi miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosidagi hisob-kitoblarga muvofiq elektr energiyasini maishiy isteʼmolchilarga sotishdan tushum summasiga; Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - elektr energiyasining shartnomadagi mikdoriga muvofiq yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida elektr energiyasini maishiy isteʼmolchilarga sotilgan hajmidan hisoblangan QQS summasiga; b) maishiy isteʼmolchilarga sotilgan elektr energiyasining tannarxini aks ettirish: Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti; Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr nergiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida sotilgan hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan maishiy isteʼmolchilarga sotilgan elektr energiyasining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga; v) hisobot davri mobaynida elektr energiyasini shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha sotishdan tushum har bir maishiy isteʼmolchi bo‘yicha tan olinganda ilgari olingan bo‘nak to‘lovlari hisobga olinganda: Debet 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti; Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; g) maishiy isteʼmolchilar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun keyinchalik qayta hisob-kitob qilinganda: elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlariga muvofiq maishiy isteʼmolchilar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi hisoblangan miqdor bo‘yicha yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida tan olingan sotish tushumi summasidan oshgan summasiga (ijobiy farq): Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti; Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - ijobiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga; ijobiy farq hajmi tannarxini aks ettirish: Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti; Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga; ilgari olingan bo‘nak to‘lovlarining qolgan summasi mavjud bo‘lgan hollarda, ularni isteʼmol qilingan elektr energiyasining ijobiy farqi summasiga hisobga olinganda: Debet 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti; Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; shartnomadagi hisoblangan mikdor bo‘yicha yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida tan olingan sotish tushumi summasining, elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlariga muvofiq maishiy isteʼmolchilar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatidan oshgan summasiga (salbiy farq): Debet 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti; Debet 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - salbiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga; Kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; salbiy farq hajmi tannarxining tuzatilishini aks ettirish: Debet 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga; Kredit 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti; shartnomadagi hisoblangan miqdordan kelib chiqib yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan isteʼmol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha maishiy isteʼmolchining qarzdorligi bo‘lmagan holatda yoki XETKning ilgari olingan avans to‘lovlari bo‘yicha maishiy isteʼmolchidan qarzdorligi mavjud bo‘lgan holatda, salbiy farq summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar" schyoti. Maishiy isteʼmolchining aybi bilan hisobga olish asbobi buzilgan: hisobga olish asbobini ishga tushirish sxemasi o‘zgargan, hisobga olish asbobidan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‘g‘irlangan hollarda elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va maishiy isteʼmolchining elektr taʼminoti shartnomasida ko‘rsa-tilgan ishlash soatlari bo‘yicha elektr energiyasi sarfini tasdiqlovchi hujjat asosida qayta hisoblab chiqilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti; Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - elektr energiyasi sarfini qo‘shimcha ravishda qayta hisoblangan hajmidan hisoblangan QQS summasiga; maishiy isteʼmolchining aybi bilan va/yoki mazkur bandda ko‘rsatilgan boshqa shunga o‘xshash hollarda, hisobga olish asbobi buzilgan holatlarda qo‘shimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxini aks ettirish: Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti; Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qo‘shimcha ravishda qayta hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi isteʼmolining shartnomada hisoblangan miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun maishiy isteʼmolchilar tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda penya hisoblangan hollarda, hisoblangan penya summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4860 "Daʼvolar bo‘yicha olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 9330 "Undirilgan jarima, penya va ustamalar" schyoti. O‘zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan hollarda, maishiy isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi bo‘yicha undiriladigan summaning hisoblanishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti; Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - undiriladigan summadan hisoblangan QQS summasiga; o‘zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan hollarda, maishiy isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi tannarxining hisobdan chiqarilishi: Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti; Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - undirish hisoblanilgan davrda o‘zlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulagan hollarda, maishiy isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasining foydalanilgan hajmi (miqdori) va sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan foydalanilgan elektr energiyasining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga. Elektr energiyasidan foydalanish qoidasini buzganligi uchun maishiy isteʼmolchiga qonunchilikda belgilangan tartibda jarima sanksiyalarining hisoblanishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4860 "Daʼvolar bo‘yicha olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 9330 "Undirilgan jarima, penya va ustamalar" schyoti - elektr energiyasidan foydalanish qoidasini buzganligi uchun maishiy isteʼmolchiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan jarima sanksiyalari summasiga. Elektr energiyasini hisobga olish maishiy isteʼmolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob HETKning qaroriga ko‘ra, hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi: a) elektr energiyasini hisobga olish maishiy isteʼmolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda, HETKning dalolatnomasi va to‘lov uchun qo‘shimcha yozib berilgan to‘lov hujjati asosida maishiy isteʼmolchiga sotilgan elektr energiyasi hajmining hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisoblanishi: Debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti; Kredit 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" schyoti; Kredit 6410 "budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti - qo‘shimcha hisoblangan hajm summasidan hisoblangan QQS summasiga; b) qo‘shimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmi tannarxini aks ettirish: Debet 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyoti; Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda - qo‘shimcha ravishda hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori bo‘yicha yoki o‘tgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqib qo‘shimcha ravishda hisoblangan elektr energiyasi tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga. Elektr energiyasini elektr tarmoqlari orqali uzatish vaqtida "O‘zdavenergonazorat" DI tasdiqlagan meʼyor doirasidagi texnologik sarf miqdori, qabul qilingan elektr energiyasining sotib olish qiymati bo‘yicha hisoblangan holda davr xarajatlariga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 9410 "Sotish xarajatlari" schyoti; Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasining miqdori, mazkur Nizomning 8, 21 va 22-bandlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasining miqdori, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori va xuddi shu davrda HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o‘rtasidagi tafovut va bundan elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida "O‘zdavenergonazorat" DI tasdiqlagan meʼyorlar doirasidagi (miqyosidagi) texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) hisobot yili mobaynida: hisob-kitob davrida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmining, xuddi shu davrda HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmidan har oyda oshgan miqdorini elektr energiyasini sotib olish qiymati bo‘yicha hisoblab va bundan elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida "O‘zdavenergonazorat" DI tasdiqlagan meʼyorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda aniqlangan summaga: Debet 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda; Kredit materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da "Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut" schyotini alohida ajratgan holda; Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmining, xuddi shu davrda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmidan har oyda oshgan miqdorini elektr energiyasini sotib olish qiymati bo‘yicha hisoblab va bundan elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida "O‘zdavenergonazorat" DI tasdiqlagan meʼyorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda aniqlangan summaga: Debet materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da "Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut" schyotini alohida ajratgan holda; Kredit 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida "Elektr energiyasi" schyotini alohida ajratgan holda; b) hisobot yili tugagandan so‘ng materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da alohida ajratib ko‘rsatilgan "Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut" schyotining debet qoldig‘i, hisobot davrining xarajatlariga boshqa operatsion xarajatlar sifatida olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Birlamchi hujjatlarga asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha (mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalari) hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi bilan, xuddi shu davrda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovut summasiga va bundan "O‘zdavenergonazorat" DI tasdiqlagan meʼyorlar doirasidagi elektr energiyasining texnologik sarfi miqdorini chegirgan holda: Debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti; Kredit materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da "Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut" schyotini alohida ajratgan holda; ayni bir vaqtning o‘zida, hisobot davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasining hajmi va isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi tafovutga to‘g‘ri keladigan, ilgari hisobga olishga olib borilgan va hisobga olishdan chiqarib tashlanishi lozim bo‘lgan QQS summasining tuzatilishi, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti; Kredit budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) - materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlarning (1600) debet qoldig‘i summasiga to‘g‘ri keladigan va hisobot davrining xarajatlariga olib boriladigan QQS summasiga; Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da alohida ajratib ko‘rsatilgan "Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut" schyotining kredit qoldig‘i boshqa operatsion daromadlarga olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da "Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut" schyotini alohida ajratgan holda; Kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti. Download 99.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling