Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi bitiruvchi bosqich talabalarining bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish


BITIRUVCHILARNING AMALIYOTINI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR


Download 141.5 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1535292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Битрув олди амалиёти учун кулланмаси

1. BITIRUVCHILARNING AMALIYOTINI TASHKIL ETISH VA UNI O‘TKAZISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR



    1. Amaliyotni maqsadi va vazifasi




    1. Bitiruv oldi amaliyotining maqsadi - talabalarning o‘qish davomida auditoriya mashg‘ulotlari (ma’ruza, amaliy, tajriba) da olgan nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik texnikalari va energiya ta’minoti bilan ishlash, ularni doimo soz holatda ushlab turish uchun servis va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida bevosita qatnashib, mutaxasislik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birgalikda talabalarni ish beruvchi tashkilotlardagi mehnat sharoitlariga moslashishlari, ularda mehnat intizomi qoidalari, ishlab chiqarish xulqi va odobini shakllantirishdan iboratdir.

Bitiruv oldi amaliyotining vazifasi - bitiruvchi bosqich talabalarining ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita qatnashib, mutaxasislik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashlari bilan birgalikda ish beruvchi tashkilotlardagi mehnat sharoitlariga moslashishlari hamda kelgusida ularni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlashdan iborat.
Buning uchun talabalar:
-ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita qatnashib o‘qish davomida auditoriya mashg‘ulotlarida olgan nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtiradi;
-mutaxasislik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birgalikda ish beruvchi tashkilotlardagi mehnat sharoitlariga moslashadilar;
-talabalarda ishlab chiqarishdagi mehnat intizomi qoidalari, ishlab chiqarish xulqi va odobi shakllantiriladi;
- kelgusida talabalar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi.


1.2. Bitiruv oldi amaliyotni o‘tkazish joyi

    1. Bitiruvchi talabalarning bitiruv oldi amaliyotlari ularning ta’lim yo‘nalishlari xususiyatlaridan, talabaning shaxsiy qiziqishlari va bevosita ishga yuborish maqsadlaridan, shuningdek, ularning yashash manzillarini e’tiborga olgan holda ish beruvchi tashkilotlar bilan kelishuvlar asosida mutaxassislik kafedrasi tomonidan tavsiya etilgan hamda amaliyotga chiqarish bo‘yicha institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan xududlarda amalga oshiriladi.



Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling