Elektr Erkin zaryad tashuvchilar: Milliken tajribasi ld
Download 0.58 Mb.
|
Elementar elektr zaryadi kattaligini Milliken usuli bilan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat usuli
- Dinamik usul (Rasm 2. ga mos keluvchi elektr zanjir).
Tajribalarni o'tkazish
- Rezina sharchani qisman bosish bilan moyni Milliken kamerasi ichiga atomar holatda kiriting. Keyingi o'lchashlar ucun U = 0 bo'lganda 1-2 shkala bo'limi/sekund tezlik bilan "ko'tarilayotgan" tomchini va U = 600 V bo'lganda 1-2 shkala bo'limi/sekund tezlik bilan "tushayotgan" tomchini toping. Muvozanat usuli: O'lchash kattaliklari: - Moy tomchisi muvozanatda bo'ladigan kuchlanish U. - U kuchlanish o'chirilganda moy tomchilari x shkala barcha bo'limlari orasidagi masofani o'tish uchun ketadigan vaqt t. 1. (1) va (2) peraklyuchatellarni qo'shing. (Rasm 1.) Soat-to'xtatgich o'lchashlarni o'tkazishga tayyor va kondensatorning energiya manbaiga ulanishiga tayyor. 2. (3) aylanuvchi ruchka yordamida U kuchlanishni shunday rostlangki, eng pastda kuzatilayotgan tomchi 1 muvozanatda bo'lsin; kuchlanish U ni yozib oling . 3. (2) peraklyuchatelni "0" holatga siljiting, shunda U kuchlanish o'chiriladi; shu vaqtda soat-to'xtatgich ishlay boshlaydi. 4. Ko'tarilayotgan tomchini kuzating, va tomchi x shkala bo'limlarini otib bo'lganda (5) knopkani bosib soatni to'xtating. Rasm 2.Dinamik usul uchun soat-to'xtatgich elektr zanjiri. L: ko'rsatish sistemasi uchun, P: kondensator platasi uchun. Belgilanishlar xuddi Rasm 1. da ko'rsatilgandek. Dinamik usul (Rasm 2. ga mos keluvchi elektr zanjir). O'lchash kattaliklari: - U kuchlanish ulanganda moy tomchilari x shkala barcha bo'limlari orasidagi masofani o'tish uchun ketadigan vaqt t2. - kondensatorga ulangan U kuchlanish. - U kuchlanish o'chirilganda moy tomchilari x shkala barcha bo'limlari orasidagi masofani o'tish uchun ketadigan vaqt t1. 1. (1) pereklyuchatelni pastki holatga va (2) pereklyuchatelni yuqorigi holatga o'rnating. Soat-to'xtatgich zanjiri ochiq va kondensatorning energiya manbaiga ulanishiga tayyor. 2. (3) aylanuvchi ruchka yordamida U kuchlanishni 500 V dan 600 V gacha shunday rostlangki, eng pastda kuzatilayotgan tomchi sekin "tushsin"; kuchlanish U ni yozib oling . 3. Sekin tushayotgan tomchini kuzatish sohasidan tanlab oling, va u o'lchash belgisindan o'tganda (shkala bo'limi 40) (1) peraklyuchatelni qo'shing, B soat-to'xtatgich ko'tarilish vaqti t2 ni elektr maydon qo'shilganda o'lchashi lozim. 4. Tushayotgan tomchini kuzating va u ikkinchi o'lchash belgisidan o'tganda (shkala bo'limi 60) (2) pereklyuchatelni "0" holatga qo'ying. Kondensator kuchlanishi o'chirilgan, B soat to'xtagan va shu vaqtda A soat ishlay boshlagan bo'ladi. 5. Ko'tarilayotgan tomchini kuzating va u birinchi o'lchash belgisidan qaytadan o'tganda A soatni (5) to'xtatish knopkasini bosib to'xtating. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling