Elektr filtrlari Reja


Download 120 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi120 Kb.
#1485151
  1   2   3
Bog'liq
Elektr filtrlari


Elektr filtrlari


Reja:

  1. Elektr filtrlari xaqida umumiy ma’lumotlar. Ularning asosiy parametirlari.

  2. Past chastotali filtrlar.

  3. Yuqori chastotali filtrlar.

  4. Polosali filtrlar.

  5. Tusuvchi filtrlar.

  6. Pezoelektrik filtrlar.

  7. Eletromexanik filtrlar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Amplituda xarakteristkasi, chastota xarakteristkasi, kirkish chastotasi, pezoeffekt, kvars, rezonator, RC- zanjirli aktiv filtrlar.
Elektr filtrlari murakab signallari orasida ma’lum chastotalar oraligiga ega bulgan signallarini ajratib olish, belgilangan chastotalar oraligidagi signallarni bartaraf kilish va shunga uxshash vazifalarni bajaradi.
Elektr filtrlari tuzilishiga kura turt xil buladi:

  1. Past chastotali filtrlar

  2. Yuqori chastotali filtrlar

  3. Polosali filtrlar

  4. tusuvchi filtrlar

Past chastotali filtrlar. Bunday filtrning kirish kismiga past chastotali signal berilganda R1, L1, R2, L2 va xakozolardan iborat ketma ket ulangan zanjirning unga karshiligi aytarli katta bulmaydi. Xar bir tarmokga ulangan S1, S2, S3, va xokazolar kondensatorlarning karshiligi katta buladi.
Karshiligi katta bulgani uchun filtrdan utuvchi past chastotalar unchalik katta karshilikka uchramaydi. Siganl chastotasi orta borishi bilan R1, L1, R2, L2 larning karshiligi kupaya boshlaydi S1, S2, S3 kondensatorlarning karshiligi esa kamaya boshlab signalni shuntlay boshlaydi. SHu sababli yukori chastotali signallar uchun zanjirning karshiligi katta buladi. Bir zvenoli filtrning kirish chastotasi buladi.
Keyingi paytlarda radioelektron apparatlarning ixchamlashtirilishi tufayli LC filtrlar urnida RC filtrlar keng kullanilmokda.
Yuqori chastotali filtrlar. Filtrning kirish kismiga murakkab signal berilganda S1, S2, S3 elementlar uning past chastotali tashkil etuvchisiga katta karshilik kursatadilar. R1, L1, R2, L2 , R3, L3 elementlar karshiligi kam bulib, signalni shuntlaydilar. YUkori chastotali signallar S1, S2, S3 dan utishda unchalik katta karshilikka uchramaydi. R1, L1, R2, L2 , R3, L3 lar ulangan tarmoklarning yukori chastotalarga kursatgan karshiligi katta bulganligidan signal shuntlanmaydi.
Qarshilik va sigimdan yuqori chastotali filtrlar xam keng qo’llaniladi.
Polosali filtrlar. Boglangan konturlardan iborat bulib, anik bir chastotaga sozlangan filtr polosali filtr deb yuritiladi. Bunday filtrning chastota xarakteristikasida utkazish va tusish polosasi uzaro keskin ajralgan bulishi uchun boglangan konturlarning murakkabroq sxemasidan foydalaniladi.
Konturlardan biri zanjirlarga ketma - ket ulansa, ikkinchisi parallel ulanadi. Filtrning ishlash prinsipini kurib chiqaylik filtr kirish qismiga past chastotali signal berilganda ketma ket ulanganda C1, R1, L1, C3, R3, L3, lar karshiligi katta bulganligi tufayli va R2, L2, R4, L4 lar karshiligi kichik bulganligi tufayli va R2, L2, R4, L4 lar shuntlovchi ta’sir ko’rsatganligidan filtrning chiqish qismida past chastotali signalning amplitudasi juda kichik buladi.
Filtr kirish qismiga yuqori chastotali signal berilganda S1, S3 lar katta qarshilik ko’rsatmay, unga ketma ket ulangan R1, L1, R3, L3 lar katta qarshilik ko’rsatadi. S2, S4 lar esa shuntlovchi ta’sir kursatadi. Natijada yukori chastotali signal amplitudasi filtrning chiqish qismida juda kichik qiymatga ega bo’ladi.
Tushuvchi filtrlar. Ba’zi xollarda radioelektron qurilmalariga ma’lum bir chastotaga ega bulgan signalni o’tkazmaslik zarur buladi. Bu vazifani bajaruvchi filtr tusuvchi filtr deb ataladi.
Filtr kirish qismiga past chastotali signal berilsa, u R1, L1, R3, L3 orqali bemalol o’ta oladi. S2, S4 lar signalning shuntlanishiga yo’l qo’ymaydi. Filtrga yukori chastotali signallar berilgan xolda signal S1, S3 lar orkali Filtrning chiqish qismiga o’tadi. L2, R2, L4, R4 lar shuntlanishiga yo’l qo’ymaydi. Bundan tashkari filtrning kirish kismiga kontur rezonans chastotasiga teng yoki unga yaqin bulgan chastotali signal berilsa L1, R1,C1 va R3, L3 C3 dan iborat konturlarda toklar rezonansi L2, R2,C2 va L4, R4,C4 dan iborat konturlarda kuchlanishlar rezonansi kuzatiladi. Natijada L1, R1,C1 va L3, R3,C3 konturlarning qarshiligi keskin ortib, L2, R2,C2 va L4, R4,C4 konturlarning qarshiligi kamayadi.
Natijada shu polosaga to’gri kelgan signllarnig amplitudasi filtrning chiqish qismiga borgan sari kichiklashib boradi. Filtrdagi zvenolar soni ortgan sari filtrning chastota xarakteristikasi ideal xolatga yaqinlashib boradi. Elektr filtrlarining bundan tashqari yana turi bor. Bu filtrlarga pezoelektrik filtrlar, elektromexanik filtrlar, RC – zanjirli aktiv filtrlar kiradi. Filtrlar tarkibiga kirgan elementlariga ko’ra:
Pezoelektrik filtrlar. Bizga fizika fanidan ma’lumki, ba’zi bir kristallar elektrik mayndoniga qo’yilganda, ular mexanik difarsiyaga uchraydi. Kristallni plastina shaklida qirqib, uni o’zgaruvchan elektr maydoniga joylashtirilsa, u gox siqilib, gox kengayib tebranma xarakatga keladi. Bu xodisa pezoelektrik effekt deb ataladi. Pizoeelektrik effektga ega bo’lgan kristallarga kvars, segnet tuzi, titanat bariy, neobat litiy va shunga o’xshash kristallar kiradi. Kvars kristalidan yasalgan plastina doira va turt burchak shaklida X yoki Y kristollografik o’qlarga nisbatan perpendikulyar xolda qirqib, uning 2 tomoni tok o’tkazadigan modda bilan qoplanadi. So’ng u biror plastmassa qobiq ishga joylashtirilib, tok o’tkazadigan soxalaridan metall o’tgazgich chiqariladi. Bu sistema kvars rezonatori deb yuritiladi.
Kvars rezonatorlari tashqi muxit xarorati o’zgarishi bilan uz rezonans chastotasini deyarli o’zgartirmaydi. Shu sababli kvars rezonatorlari yordamida chastota o’tkazish polosasi kichik bo’lgan filtrlani tuzish mumkin. Rezonatorda asosiy rezonans chastotali tebranishlardan tashkari uning 1,3,5 garmoniklarga teng bo’lgan tebranishlarni xosil kilish mumkin. Shu sababli filtrning rezonatorning asosiy chastotasidan tashqari uning garmonikalariga to’g’ri keladigan chastotalarga xam moslash mumkin.
Pezoelektrik rezonatorlar ishtirokida yasalgan filtrlar «narvon» va «kuprik» sxemalarida quriladi. Narvon sxemasida bo’ylama va ko’ndalang shaxobchalarda elementlar rezonatorlar bilan almashtiriladi va qo’shimcha sigimlar ulanadi. Bunda xosil bo’lgan filtrning chastota o’tkazish polosasi juda kichik buladi. Chastota o’tkazish polosasi keng bo’lgan xosil qilish uchun ko’prik sxemasidan foydalaniladi va filtrga qo’shimcha induktivliklar ulanadi.
Elektromexannik filtrlar. Bunday filtrning p’ezoelektrik filtrlardan farki shundaki, rezonator elementlari fakat mexanik ko’rinishda bo’lmasdan balki ular orasidagi aloqa xam mexanik ravishda amalga oshiriladi. Elektromexannik filtrning blok sxemasi ko’rsatilgan.
Kirishdagi o’zgartirgich elektr tebranishdarini mexanik tebranishlarga ya’ni tok va kuchlanishni tezlik - Vm va kuch Fm ga aylantirib beradi. Mexanik tebranishlar uzgartgichdan sung filtirning mexanik kismiga uzatiladi. U rezonatorlar va ular – F ning boglovchi elementlardan tashkil topgan filtrlangan mexanik tebranishlar oxirgi blokda yana elektr tebranishlarga aylantiriladi.
Elektormexanik filtrlar. Zanjirli tuzilishga ega bulib, narvon shaklidagi elektr ekvivalent sxemasiga ega buladi.
RC – zanjirlar aktiv filtrlar.
Mikroelektronika asosidagi radioelektroan kurilmalarida ishlatiladigan filtrlarning ulchamlari kichik bulishi talab kilinadi. SHuning uchun bu erda ulchami katta bulgan galtakli passiv LC – zanjirni ishlatib bulmaydi.
Bu filtrda 1 karshilik, 1 sigim va operatsion kuchaytirgich mavjud.
Bu filtrda karshilik va sigimning urni almashtirilsa, past chastotali filtr yukori chastotaliga aylanadi. Bu filtr parametrlari jw ning birinchi darajasiga propotsianal bulganligidan 1 tartibli filtr deb ataladi.
Filtrning asosiy parametrlaridan biri A=F(W) ya’ni, signal amplitudasining chastotaga boglik grafigidir.
Lekin kupincha amplituda urniga chastota utkazish koeffitsentining chastotaga boglikligini olib kuriladi.
Filtrning chastota utkazish polosasi deyilganda utkazish koeffitsienti ma’lum bir belgilangan Ku (jw)
kiymatdan katta bulgan chastotalarni uz ichiga olgan oralik tushuniladi. Filtrning chastotani tusish polosasi deyilganda, filtrning utkazish koeffitsienti ma’lum bir belgilangan kiymatdan kichik bulgan chastotalarni uz ichiga olgan oralik tushuniladi. Ideal filtrlarda utkazuvchi polosada Ku (jw) = 1,tusuvchi polosada esa Ku (jw) = 0 bulishi kerak. Utkazuvchi polosa va tusuvchi polosalarni uzaro ajratuvchi chastota kirkish chastotasi deyiladi.
Real filtrlarda 0Xozirgi zamon radioelektron filtrlari passiv va aktiv elementdan iborat buladi. Passiv filtrlarda R1 L1 C passiv elementlar buladi. Aktiv filtrlar tarkibida R1 L1 C lardan tashkari aktiv elementlar tranzistorlar, integral mikrosxemalarga kuchaytirgichlar yoki maxsus asboblar buladi. Radioelektron kurilmalarda asosan past chastotali PCHF, yukori chastotali YUCHF, polosali PF, va tusuvchi filtrlar TF kullaniladi.

Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling