Электр хавфсизлиги


 Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

5.5. Kabel tarmoqlari. Yer qazish ishlari 
Yer osti inshootlari va yo‗llarida joylashgan kabellarni ta‘mirlash yoki 
kabellarni yotqizish bilan bog‗liq yer qazish ishlari, ushbu yer osti inshootlari va 
yo‗llarini ekspluatatsiya qiladigan javobgar korxona yoki sex rahbarining yozma 
ruxsati bilan ish rahbari tayinlanganida olib boriladi. Ruxsatnomada yer osti 
inshootlari va yo‗llarini joylashishi, hamda yotgan chuqurligi ko‗rsatilgan chizmasi 
ilova qilingan bo‗lishi kerak. 
Agar chizmada belgilanmagan kabel, quvur, yer osti inshooti va shuningdek 
qurol-yarog‗lar topilsa, ularni qaysi tashkilotga tegishligini aniqlanmaguncha va 
tegishli tashkilotlardan ishni davom ettirishga ruxsatnoma olmaguncha yer qazish 
ishlari to‗xtatilishi zarur. 
Kabel trassasidan 5 m gacha yaqin joylarda kuch bilan uradigan mashina va 
mexanizmlardan, kabel tarmoqlarini qo‗riq maydonida esa, yer qazish 
mashinalaridan foydalanish man etiladi. 
Kabel tarmoqlarini himoya maydonlarida yer qazish mashinalaridan 
foydalanish, faqat qazish uchun ushbu tarmoqni ekspluatatsiya qiluvchi korxona 
xodimlarigagina ruxsat etiladi. Qazish ishlarini yer qazish mashinalari va 


77 
pnevmatik mashinalar, hamda lo‗m va kirkalar yordamida, bevosita kabel ustida 
uni himoya qatlamigacha 0,3 m qolgunga qadar amalga oshirish mumkin. Yerni 
qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak. 
Qish faslida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproqni isitganidan so‘ng, 
kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelgacha 15 sm ga yaqinlashtirish 
mumkin. 
O‗ra, xandaq va transheya qaziladigan joylar talabini e‘tiborga olgan holda, 
to‗silgan bo‗lishi kerak. To‗siqda ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar, tunda esa 
ogohlantiruvchi yorug‗lik signali bo‗lishi kerak. 
O‗pirilish xavfi bor bo‗lgan bo‗sh yoki nam tuproqli yerlarda transheyalar 
qazilayotganda ularning devorlari mustahkam mahkamlanishi kerak. 
To‗kilib 
ketadigan 
tuproqli 
yerlardagi 
ishlarni 
devorlarini 
mustahkamlamasdan, uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda, 
bajarish shart. 
Yer osti suvlari yo‗q, ammo tabiiy nam tuproqli yerlarda, yer osti inshootlari 
yaqin joylashgan yerlarda transheya va handaqlarning, mustahkamlanmagan tik 
devorlarning chuqurligini: 
- o‗yilgan, qumli va katta bo‗lakli yerlarda 1 m dan; 
- qumloq yerlarda 1,25 m dan; 
- qumloq va soz tuproqli yerlarda 1,5 m dan oshirmasdan qazishga ruxsat 
etiladi; 
Zich yopishqoq yerlarda tik devorli transheyalarni mahkamlash uskunalarini 
qo‗ymasdan, rotorli yoki oddiy ekskavatorlarda 3 m gacha chuqurlikda kovlashga 
ruxsat etiladi. Bunday hollarda transheyalarga odamlarning tushishi man etiladi. 
Odamlarni tushishi zarur bo‗lgan transheya qismlari tirgovichlar bilan 
mustahkamlanishi yoki yon tomonlari tabiiy qiyalik holida bajarilishi shart. 
Qish faslida, yerni muzlagan qismida (yerni quruq tuproq qismidan tashqari) 
yer qazilganda, uni tirgovichlarsiz bajarishga ruxsat etiladi. 


78 
Yer qazish sharoiti texnika xavfsizligi qoidasida ko‗rsatilgandan farq 
qiladigan holatlarda, o‗ra va xandaqlar qazishni tik devorlarini tirgovich bilan 
mustahkamlagan yoki tabiiy qiyalikni
saqlagan holda boshlash zarur. 
Chuqurligi 3 m gacha bo‗lgan o‗ra va xandaqlarni namunaviy loyiha asosida 
maxsus mahkamlovchi yasamalar bilan mustahkamlash shart. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling