Elektr mashinalar


O’quv laboratoriya xonalariga qo’yiladigan


Download 0.88 Mb.
bet5/20
Sana28.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1024576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
сиртқига лаборатория

1.4. O’quv laboratoriya xonalariga qo’yiladigan
xavfsizlik talablari

41. Ta’lim muassasasi binosiga tutash holda qurilgan o’quv laboratoriya xonalari boshqa xonalardan tovush yutuvchi vositalar bilan himoyalangan bo’lishi lozim.


42. O’quv laboratoriya xonalaridagi chiqindilar har doim yig’ishtirib olinishi lozim.
43. O’quv laboratoriya xonalarining poli issiq, tekis va tozalash uchun qulay bo’lishi lozim.
44. O’quv laboratoriya xonalarining devorlari silliq bo’lishi, bo’yoq bilan qoplanishi va namlab tozalab turish uchun qulay bo’lishi lozim.
45. O’quv laboratoriya xonalari ichimlik suvi bilan ta’minlanishi lozim.
46. O’quv laboratoriya xonasida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun tibbiyot qutichasi (aptechka) bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
47. O’quv laboratoriya xonalarida o’quvchilarning ustki kiyimlarini saqlash uchun alohida shkaf ajratilgan bo’lishi lozim.
1 – LABORATORIYA ISH.
UCH FAZALI TRANSFORMATORNI SALT ISHLASH VA QISQA TUTASHUV REJIMLARINI O’RGANISH


Ishning maqsadi. Transformator qurilmasi bilan tanishish; uni salt ishlash va qisqa tutashuv usuli orqali laboratoriyada tekshirishning amaliy yo’llarini o’rganish.
Ishning dasturi. 1.Transformator qurilmasi bilan tanishish; pasport, shuningdek o’lchov asboblari va kuchlanish rostlagichning ko’rsatkichlarini yozib olish.
2. Transformatorning salt ishlash (c.i) tajribasini bajarish uchun sxemani yig’ish va u o’qituvchi tomondan tekshirilgandan so’ng, salt ishlash tajribasini o’tkazish.
3. Transformator qisqa tutashuv (q.t) tajribasini olish sxemasni yig’ish va u o’qituvchi tomondan tekshirilgandan so’ng, qisqa tutashuv tajribasini bajarish.
4.Salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalarining natijalaridan foydalanib, transformatorning tashqi xarakteristikasini, yuklamaning quvvat koeffitsiyenti cos2 = 1 va sos2 = 0,9 bo’lganda, qurish.
5.Salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalarining natijalaridan foydalanib, transformatorning FIK ning yuklamaga bog’liqli grafiklarini cos2 = 1 va sos2 = 0,9 bo’lganda qurish va FIK ning maksimal kiymatiga mos transformator yuklamasini aniqlash.
6. Bajarilgan laboratoriya ishi bo’yicha xulosa qilish va xisobot yozish.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling