Elekтr o‘lchovlari


Elektrostatik sistema asboblari


Download 307.53 Kb.
bet5/7
Sana05.06.2020
Hajmi307.53 Kb.
#114979
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
elektr olchovlari


Elektrostatik sistema asboblari

Elektrostatik sistema asboblarining ishlash prinsiplari qo‘zg‘almas (1) va qo‘zg‘aluvchan (2) metall, izolatsiyalangan va qarama-qarshi zaryadlangan plastinkalarning o‘zaro ta’siriga asoslangan (1.66-rasm).



Qo‘zg‘aluvchan plastinka o‘zini ko‘rsatuvchi strelkasi bilan o‘qda (3) elektr maydonning ta’sirida buriladi. Bunday asboblar yuqori kuchlanishlarni o‘lchash uchun maxsus laboratoriyalarda qo‘llaniladi. Elektrostatik voltmetr o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuch- lanishlarni o‘lchash uchun qo‘llanadi. Voltmetr elektr energiyasini sarf qilmaydi, shuning uchun u kam quvvatli zanjirlarda qo‘llanadi.



Induksion sistema o‘lchov mexanizmi

Induksion sistema o‘lchov mexanizmlari sarf bo‘layotgan elektr energiyani hisoblash asboblari — schyotchiklarda ishlatiladi. Bu asboblarning qo‘zg‘alish qismi aylanadi. Uning aylanish chastotasi tekshirib turiladigan quvvat nagruzkasiga proporsional bo‘ladi. Schyotchikni (1.67-rasm) o‘zgaruvchan tok dvigateli desa bo‘ladi. Asbobda ikkita qo‘zg‘almaydigan elektromagnitlar (1) va (4) o‘qqa o‘rnatilgan alumin diskni (2) o‘zgaruvchan elektr magnit maydonlari bilan kesib o‘tadi va unda toklar induksiyalanadi. O‘zgarmas magnit (3) ularning elektromagnitlari oqimi bilan o‘zaro qarama-qarshi aylanish momentini yaratadi. O‘rami ko‘p bo‘lgan chulg‘amli bitta elektromagnit katta induksiyaga ega bo‘lib, u zanjirga parallel ulanadi, o‘rami kam bo‘lgan chulg‘amli elektromagnit esa zanjirga ketma-ket ulanadi. Shunday qilib, bitta magnit oqimi U kuchlanishga proporsional, boshqasi esa I tokka proporsional. Bu holda aylanuvchi oqim Mayl. o‘zgaruvchan tok quvvatiga proporsional:





Induksiya sistema asboblari ortiqcha yuklarga bardoshli, katta aylanish momentiga ega, tashqi magnit maydonlariga kam sezgir. Lekin sezgirligi yetishmaydi, uning ko‘rsatkichlari o‘lchanadigan tokning chastotasiga va haroratiga bog‘liq.



Тokni va kuchlanishni o‘lchash

Тok va kuchlanishni o‘lchaydigan ampermetr va voltmetrlar mexanizmlarining tuzilishi bir xil. Ularning o‘lchaydigan sxema parametrlari esa har xil bo‘lib, zanjirga ham har xil ulanadi. Ampermetr R iste’molchi zanjiriga ketma-ket ulanadi (1.68-rasm).



Voltmetr elektr zanjiriga tokopriyomnik bilan parallel ulanadi (1.69-rasm). Voltmetrning qarshiligi juda katta bo‘ladi. Om qonuniga asosan voltmetrning tok kuchi:



Shuning uchun ham voltmetr qo‘zg‘aluvchan qismining burchak o‘zgarishi kuchlanishning miqdoriga bog‘liq.



Zanjirning ishlash rejimini buzmaslik va ortiqcha energiya sarf bo‘lmasligi uchun voltmetrning qarshiligi juda katta, voltmetrning oladigan quvvati kam bo‘lishi kerak:





Download 307.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling