Elektr o'tkazuvchanlig Elektr oʻtkazuvchanlik
Download 212.85 Kb.
|
MARUZA -7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr otkazuvchanlig Elektr oʻtkazuvchanlik
- Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun
MARUZA – 7 YERNING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI VA UMUMIY ELEKTR MODELI REJA: Elektr o'tkazuvchanlig. Turli xil muhitlar elektr o'tkazuvchanligi. Yerning elektr o’tkazuvchanligi Magnito-telurik metod asoslari Elektr o'tkazuvchanlig Elektr oʻtkazuvchanlik — tashki elektr maydon taʼsirida moddada elektr zaryadlarning koʻchishini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatni miqdoran ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr tokini oʻtkazadigan jismlarni oʻtkazgichlar deyiladi. Oʻtkazgichlarda doimo erkin zaryad eltuvchilar — elektronlar va ionlar boʻladi (ana shularning tartibli yoʻnalgan harakatlari elektr toki hisoblanadi). Elektr oʻtkazuvchanlik miqdor jihatdan oʻtkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligi bir birlik boʻlganda undan oʻtayotgan tok zichligi bilan aniklanadi. Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning zonalarda energetik sathlar boʻyicha joylashishi bir xil, lekin taqiqlangan zonaning kengliligi dielektriklarda kattaroq. Yarimoʻtkazgichlarda elektronlar issiqlik energiyasi hisobiga taqiqlangan zona orqali boʻsh zonaga oʻta oladi. Temperatura ortishi bilan bunday oʻtishlar ehtimoli ortadi. Oʻtgan elektronlar metallarda oʻtkazuvchanlik elektronlari turgan sharoitga oʻxshash boʻlgan sharoitda boʻladi va oʻtkazuvchanlikda ishtirok etadi. Dielektriklarda bunday natijaga ancha yuqori trada erishish mumkin. Shunday qilib, yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda temperatura koʻtarilgan sari Elektr oʻtkazuvchanlik ortib boradi. 1/ R – elektr o’tkazuvchanlik Bu fizik miqdor, qarshilikga teskari proportsional bo’lgan, moddaning elektr tokini o'tkazish xususiyatini tavsiflaydi. R – elektr qarshilik. Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun: moddada erkin elektr zaryadlari; ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon; zanjir berk boʻlishi kerak. Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat. Download 212.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling