Elektr o’tkazuvchanlik


Download 40.38 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi40.38 Kb.
#1126879
1   2   3   4
Bog'liq
Elektro’tkazuvchanlik

Birinchi sаvоl bаyоni.
Biologik ob’ektlarining elektro’tkazuvchanlik xossasini tekshirish, bir tomondan, tirik moddaning fizikaviy jihatdan tavsiflashdan iborat nazariy ahamiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning funksional holatga bog’liq ravishda o’zgarishini aniqlash orqali (masalan, to’qimaning yallig’lanishi yoki o’lik-tirikligi, diabet diagnostikasi va h.k.) undan amaliy maqsadlarda foydalanish mumkin. Yallig’langan to’qima bo’kadi. Natijada, hujayralararo bo’shliqlar torayib to’qimaning elektr qarshiligi oshadi. Ter chiqarishni kuchayti­rishga olib keladigan fiziologik jarayonlar, aksincha, to’qima (teri) qarshiligining kamayishiga sabab bo’ladi.
Elektr o’tkazuvchanlik G - o’tkazgichning elektr qarshiligi R-ga teskari kattalik bo’lib, u G q R-1 , qarshilik esa R q dir.
Bu erda  - solishtirma qarshilik, l- o’tkazgich uzunligi, S- o’tkazgichning ko’ndalang kesimi.
Tirik to’qimadan o’zgarmas yuqori, hujayralararo suyuqlikdan o’ta­di. qolgan qismi katta qarshilikka ega hujayra membranasi orqali o’tadi. Eritrositlarning soni o’zgarmas tok ishlatib aniqlangan solishtirma qarshiligi  - 1012 OmG’sm. Bu kattalik ( ) turli to’qimalarda turlicha bo’lib, ular o’zaro keskin farqlanadi.
Biologik ob’ektlari orqali o’zgarmas tok o’tkazilganda qayd etilganki, tok kuchi tok qo’shilishi bilanoq uzluksiz kamayib, oxirida eng tuban miqdorga erishib qaror topadi, ya’ni tok vaqt e’tibori bilan kamayadi. Bunday hol biologik ob’ektlarining tokni qutblanti­ra olish xossasiga ega ekanligi bilan izohlanadi. Boshqacha aytganda, o’zgarmas tok ta’siridan hujayralarda qo’yilgan tokka yo’nalishi jihatidan qarshi qutblanish EYUK (R) hosil bo’ladi, vaqt o’tishi bilan u ma’lum bir darajagacha osha boradi, demak, u vaqtning funksiyasi­dir, ya’ni REYUK q f(t). Shu asosda to’qimadan o’tadigan tok uchun yozamiz: I q (V-P)G’R
Tirik ob’ektda to’planadigan elektr miqdori (qutblanish toki) statik sig’imgina emas, qutblanish sig’imi bilan ham belgilanadi. Bunga, hujayra va to’qimalar sig’imining tok kuchlanishi hamda vaqtga bog’liq ravishda o’zgarishi dalil bo’ladi.
Biologik ob’ektlarining o’zgarmas hamda tuban chastotali tok ishlatib, o’lchab olingan qutblanish sig’imlari turlicha bo’lib, ancha katta, ya’ni 0.1 mkFG’sm2- 10 mkFG’sm2, hatto undan ham katta miqdorlar bilan xarakterlanadi. Masalan, uning eng katta miqdori 40 mkFG’sm2 krab muskul tolalarida qayd etilgan. Ta’kidlash lozimki, yuqori qutblanish sig’imi faqat zararlanmagan tirik hujayralarga xos xusu­siyatlardan hisoblanadi.
Biologik ob’ektlarning elektr qarshiligini aniqlash, ularda yuzaga keladigan qutblanish hodisasi tufayli murakkablashadi. Uning ustiga, tirik hujayradan o’zgarmas tok o’tganda, protoplazmada dezintegrasiya yuz berib, buning natijasida, hujayraning elektr o’tkazuv­chanligi oshadi. Shuning uchun qutblanish hodisasiga yo’l bermaslik maqsadida, elektr o’tkazuvchanlikni tekshirish o’zgaruvchan tok ishlatib amalga oshiriladi. Bunda o’ziga xos kompensasiyalash imkonlariga ega, maxsus ko’prikchalari (masalan, Koiraush ko’prigi) ishlatiladi.
Tirik to’qima elektr o’tkazuvchanligining dispersiyasi, tuban chas­totalarda ham o’zgarmas tok ishlatgandagi singari qutblanish hodi­sasiga bog’liq bo’lib, chastota yetishi bilan, qutblanishning elektr o’tkazuvchanlikka ko’rsatadigan ta’siri kamaya boradi. Demak, disper­siya ham qutblanish singari faqat tirik hujayraga xos xususiyatdir.
To’qima o’lganda, uning tuban chastotali tokka ko’rsatadigan qarshiligining kamayib ketishini Ostergau qayd etgan edi. Keyinchalik, to’qima qarshiligini tuban chastotalarda o’lchash metodidan to’qimaning fiziologik holatini baholash maqsadida ham foydalanila boshlandi. Masalan, to’qimalarni ko’chirib o’tqazishda (transplantasiya).
B.N.Tarusov tomonidan, to’qimaning fiziologik holatini baholash uchun tavsiya etilgan tuban chastotali o’lchab olingan qarshilikning yuqori chastotada aniqlangan qarshilikka nisbatidan iborat, elekt­ro’tkazuvchanlik dispersiyalanish qiyaligi aniqlash metodi ishonchli hisoblanadi. Chunki, bir xil sharoitda o’lchab olingan ikki xil qarshi­liklar nisbati (K) normal to’qimalarda o’zgarmas kattalikka ega. Shu maqsad uchun 104 Gs va 106 Gs chastotalar tavsiya etilgan. 104 Gs chastotada dispersiya egri chizig’ida egilish qayd etiladi, 106 Gs chas­totada esa to’qimaning elektr o’tkazuvchanligi maksimal kattalikka erishadi. Ba’zi bir tadqiqotchilar to’qimaning maksimal elektr o’tka­zuvchanli 108 Gs chastotada qayd etiladi, deb hisoblatadi.
K q
Tirik to’qimalar uchun u har doim K>1 bo’lishi lozim. To’qima o’lganda esa, u KQ1 bo’lib qoladi. Qizig’i shundaki, uning kattaligi organizmning evolyusion qatordagi o’rniga bog’liq bo’ladi.
Tadqiqotchilar, biologik ob’ektdan tok o’tganda qayd etilgan qonuniyatlarni izohlashda, tirik to’qimaning elektr qarshiligi, uning om va sig’im qarshiliklarining geometrik yig’indisidan iborat, degan nuqtai- nazarga asoslanadi. Elektrotexnikadagi singari, to’qima­ning yig’indi qarshiligi impedans (Z) nomi bilan yuritiladi. Impedans deganda, to’qimaning aktiv om qarshiligi (rezistans) sig’im qarshiligi (reaktans) iborat effektiv qarshilik tushiniladi, ya’ni
qR - i ,
bu erda R - om qarshiligi, S- sig’im qarshiligi,  - doiraviy chastota.

To’qima yoki organning impedansi, uning funksional holatiga bog’liq. To’qima impedansining o’zgarishini qayd etishga asoslangan diagnostika metodlari reografiya (impedans-pletizmografiya) deb ataladi. Aynan mana shu metod yordamida bosh miya reogrammasi, yurak (reokardiogramma) asosiy qon tomirlar, o’pka, jigar va oyoq-qo’l reogrammalari yozib olinadi. Bunday ishlar odatda 30 kGs chastotada olib boriladi.





Download 40.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling