Elektr qurilmаlаridаn yongʼin chiqish sаbаblаri vа uning oldini olish chorаlаri


Download 54.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi54.71 Kb.
#252686
  1   2


ELEKTR QURILMАLАRIDАN YONGʼIN CHIQISH SАBАBLАRI VА UNING OLDINI OLISH CHORАLАRI

© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2021

ELEKTR QURILMАLАRIDАN YONGʼIN CHIQISH

SАBАBLАRI VА UNING OLDINI OLISH CHORАLАRI

    


Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish, qishloq xoʼjaligi va boshqa bir qancha sohalar (Neft-gaz, mashinasozlik,

paxtani qayta ishlash, kimyo, gʼallani qayta ishlash, yengil-sanoat, metallurgiya elektrotexnika va h.k.) ni

elektr energiyasiz tasavvur etib boʼlmaydi. 

    


   Elektr energiyasining boshqa energiyalarga nisbatan bir qancha afzalliklari mavjud boʼlib, jumladan, uni

hosil  qilish,  uzatish,  boshqarish,  taqsimlash,  boshqa  energiyaga  oʼzgartirish  atrof  muhitga  zararsizligi

kabilardir.  Shunga  qaramasdan  elektr  energiyasi  ham  kamchiliklardan  holi  emasligini  unutmasligimiz

kerak,  yaʼni  inson  va  jonivorlarni  tok  urish  xavfi  va  yongʼinlarni  kelib  chiqishiga  asosiy  manba  boʼlishi

shular  jumlasidandir.

    Statistik maʼlumotlarga koʼra yongʼinlarning sabablari (olovdan ehtiyotsizlik, elektr uskunalari, isitish

pechlari, bolalar shoʼxligi, qasddan oʼt qoʼyish, texnologik uskunalar va boshqalar) boʼyicha deyarli 30%

aynan elektr uskunalaridan sodir boʼlmoqda. Elektr qurilmalaridan yongʼin chiqishining asosiy sabablari

quyidagilardir: - Elektr simlarida, mashina choʼlgʼamlarida va apparatlarda qisqa tutashuv (QT) hodisasi; -

Elektr oʼtkazgichlarda, mashinlarda va apparatlarda ortiqcha yuklanish hodisasi; - Ulash (kontakt) joylarida

katta oʼtish qarshiligi, uchqun va elektr yoyi hisoblanadi. Bulardan tashqari, yongʼinga qarshi qoidalarni va

tartiblarni buzilishi hisoblanadi. Qisqa tutashuv deb - normal ish xolatidagi xar qanday koʼzda tutilmagan

kichik qarshilik orqali fazalar orasidagi tutashuvga aytilib, yerga yotqazilgan neytral tizimda esa - bir yoki

bir nechta fazalarni tutashuvining yerga oʼtishidir (yoki nol simga). Elektr tormogʼidagi qisqa tutashuv

tormoqdagi  umumiy  qarshilikning  tez  kamayishiga  olib  keladi  (kamayishi  darajasi  tarmoqdagi  qisqa

tutashuv nuqtasining oʼrniga bogʼliq), bu esa normal holatdagi tokga nisbatan tarmoq toklarini oshib

ketishiga olib keladi. Bu oʼz navbatida tarmoqdagi kuchlanishni kamayishiga olib kelib, bu ayniqsa qisqa

tutashuv oʼrnida baland boʼladi. Qisqa tutashuvning oddiy uslubi boʼlib, uch fazali qisqa tutashuv, yaʼni bir

vaqtning oʼzida hamma uchta fazani bir nuqtada tutashuviga aytiladi. Bu simmetrik boʼlib hisoblanib,

hamma fazalar bir xil boʼlmagan qisqa tutashuvga quyidagilar kiradi: ikki fazali; bir fazali yerga ulanish;

ikki-fazali yerga ulanish.

      Qisqa tutashuvlarning qaysi birlari xavf ehtimoli yuqori ekanligini aniqlash qiyin. Qisqa tutashuvdagi

tokning qiymati koʼp faktorlardan kelib chiqadi, misol uchun, qisqa tutashuvdagi zanjir elementlarining

parametrlari, manba va isteʼmolchilarning quvvati hamda kuchlanishi, qisqa tutashuvning taʼsir etish vaqti

va h.k. Qisqa tutashuvning asosiy sabablari boʼlib ochiq izolyatsiyalanmagan elektr simlarida shamol

taʼsirida va har xil predmetlar orqali fazalar va faza bilan neytral simning ulanib qolishi, elektr simlarida,

kabel, mashina va apparatlarda himoya qatlamining (izolyatsiya) atrof muhit taʼsirida buzilishi, himoya

qatlamini  eskirishi,  kuchlanishning  yuksalishi,  yashinni  toʼgʼridan-toʼgʼri  tushishi,  elektr  moslamalariga

qarovsizlik  va  mexanik  jarohatlanishi  sababli  hosil  boʼladi.  Qisqa  tutashuvning  -  ajralib  turadigan

sabablariga simlarni va tok oʼtkazuvchi qismlarni erishi kiradi. Bunday simlarni erishi koʼp hollarda metall

sharsimon erigan koʼrinishida boʼladi. Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yoʼnalishda olib borilishi

kerak: - birinchidan qisqa tutashuvga hosil boʼlishiga yoʼl quymaslik kerak; - ikkinchidan xavfli toklar taʼsir

vaqtini  cheklash,  yaʼni  himoya  apparatlarini  (saqlagich,  avtomat)  qoʼllash.  Bundan  tashqari  qisqa

tutashuvning oldini olish amallariga elektr qurilmalarining montaj qilish, ularni toʼgʼri tanlab, ekspluatatsiya

qilish kiradi. Taqsimlov shitlari, mashinalar, apparatlar, qurilmalar, sim va kabellar atrof muhit, elektr

tokining qiymati va turi, kuchlanish, yuklanish quvvatiga mos kelishi kerak. Qisqa tutashuv xavfi.

     Zamonaviy elektr tizimida qisqa tutashuv toklari oʼn ming amperga yetadi. Bunday toklar qisqa vaqt

ichida katta hajmdagi issiqlik ajratib chiqaradi va haroratni yuqori darajaga yetkazib yonadigan himoya

qatlamini alangalantiradi, metall oʼtkazgichlarni eritib atrof muhitga quvvati katta boʼlgan uchqunlarni

tarqatadi, bu esa yengil alangalanuvchilarni oʼt olishga va portlashga olib keladi. Issiqlik taʼsiridan tashqari,

qisqa  tutashuv,  katta  mexanik  taʼsirga  ega.  Oʼtkazgichlarni  mustahkamligi  kam  boʼlsa,  ularni  qotirib

turuvchilar  buzilishiga  olib  keladi.  Qisqa  tutashuvning  -  ajralib  turadigan  sabablariga  simlarni  va  tok

oʼtkazuvchi  qismlarni  erishi  kiradi.  Bunday  simlarni  erishi  koʼp  hollarda  metall  sharsimon  erigan

koʼrinishida boʼladi. Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yoʼnalishda olib borilishi kerak: birinchidan

qisqa  tutashuvga  hosil  boʼlishiga  yoʼl  quymaslik  kerak,  ikkinchidan  xavfli  toklar  taʼsir  vaqtini  cheklash

kerak. Qisqa tutashuvning oldini olish amallariga elektr qurilmalarining montaj qilish, ularni toʼgʼri tanlab,

ekspluatatsiya qilish kiradi. Taqsimlov щitlari, mashinalar, apparatlar, priborlar, sim va kabellar atrof

muhit, tokning qiymati va turi, kuchlanish, yuklanish quvvatiga mos kelishi kerak. Qisqa tutashuvning

xavfini kamaytirish, yoʼqotish uchun himoya apparatlari oʼrnatiladi, ular himoya qatlamini alangalanishini,

oʼtkazgichlardagi tok oʼtkazuvchi tolalarini erishini oldini oladi. Buning uchun tezkor ishlaydigan avtomatlar

(oʼchirish vaqti 0,008-0,005 sek) va eruvchi saqlovchilar ishlatiladi. Kuchlanishni kamaytirish uchun qisqa

tutashuv  paytida  generatorlar  elektrostantsiyalarda  kuchlanishni  avtomat  ravishda  meʼyorlar  (АRN)

vositasi bilan jihozlanadi. Yuklanish deb - shunday xodisaga aytiladiki, unda elektr tarmogʼida sim va

kabellarning, mashinalar chulgʼamlarida va apparatlarda ishchi (Iishchi) tok ruxsat etilgan (Iruxs.et) tokdan

uzoq vaqtga kattadir, yaʼni Iishchi > Iruxs.et. Ishchi tokning qiymati Iishchi tok qabul qiluvchining quvvati




Download 54.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling