Elektr qurilmalariga xizmat ko'rsatishda to'k ta'siridan saqlovchi shaxsiy himoya vositalari


Download 39.91 Kb.
bet1/5
Sana21.11.2023
Hajmi39.91 Kb.
#1791562
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr qurilmalariga xizmat ko\'rsatishda to\'k ta\'siridan saqlovchi shaxsiy himoya vositalari


Elektr qurilmalariga xizmat ko'rsatishda to'k ta'siridan saqlovchi shaxsiy himoya vositalari
Reja
Kirish
1. Umumiy talablar
2. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
3. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo’yilgan-ligi sababli, elektr toki ta‘siridan ro’y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish, bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta‘sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan sezishning imkoniyati yo’q. Shuning uchun elektr toki ta‘sirining xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni belgilash, to’siq vositalari bilan ta‘minlash, shaxsiy va umumiy muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim hisoblanadi. Umuman olganda, elektr tokining ta‘siri faqatgina biologik ta‘sir bilan chegaralanib qolmas-dan, balki elektr yoyi ta‘siri, magnit maydoni ta‘siri va statik elektr ta‘sirlariga bo’linadi. Bularni bilish har bir inson uchun kerakli va zaruriy ma‘lumotlar jumlasiga kiradi. Elektr energiyani sanoatda va xalq xo’jaligida keng qo’llanishini o’sishi va kengayishi, elektr xavfsizligini ta‘minlash masalalarini qo’yadi.


Darslikda talabalarga elektr toki va uning tirik organizmlarga ta‘siri, elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va jarohatlanishni oldini olish, himoyalash, elektr xavfsizligi bo’yicha texnik va tashkiliy tadbirlarni qo’llash, tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni xavfsiz bajarish, himoya vositalari hamda asosiy va yordamchi himoya vositalarini qo‘llash, xavfsizlik shiorlari va belgilarini osishlar to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot beriladi.
Talabalarga 1000 Voltgacha va undan yuqori bo’lgan kuchlanish ostidagi elektr uskunalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo’yicha bilimini berish, ular o’z bilimiga suyangan holda amaldagi ishlarni xavfsizlik bilan olib borishi va ish joylarini to’g’ri tayyorlashlari mumkin, baxtsiz hodisalar sodir bo’lganida jabrlanuvchiga amaliy birinchi yordam berish, shuningdek yurakni tash-qaridan massaj qilish va sun’iy nafas berish kabi ishlarni to’g’ri bajarishlari mum-kin. Bundan tashqari amalda himoya vositalarini to’g’ri qo’llashlari mumkin.


Download 39.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling