Dastur nomi
|
Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlarining elektr jihozlarini sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” fanidan
|
Ajratilgan soat
|
160
|
Mavzular soni
|
24
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchi-talabalarni elektr tarmoq va jihozlarini montaj qilishda qurilish meyorlari va qoidalari, montaj qilishni industrallashtirish va mexanizatsiyalash, montaj qilish uslublari bilan tanishtirish. Elektr jihoz va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatishda “Elektr uskunalarini ishlatish” qoidasi, elektr
tarmoq va jihozlarini ta’mirlash turlari bilan tanishtirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
-qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qiladi;
texnik ishlatish qoidalariga rioya qiladi;
yong‘indan xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi;
montaj qilishda ishlatiladigan buyum va materiallardan to‘gri foydalana oladi;
elektr o‘tkazgichlarning markalari, ishlatilish sohalari va o‘rnatilish shartlarini mustaqil bajara oladi;
asosiy elektroizolyatsion materiallar va ularning xarakteristikalarini tasniflay oladi;
o‘rnatish va mustahkamlovchi buyumlarni tasniflay oladi;
yoritqich va yoritish qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni ayta bera oladi;
atrof muhit sharoitiga nisbatan yoritqichlarni tanlay oladi;
yoritish elektr jihozlarining sxemalari va tarqatish qurilmalarining turlarini ajrata oladi;
elektr o‘tkazish liniyalirining trassalarini belgilashda meyoriy o‘lchamlarini belgilay oladi;
yoritish elektr jihozlarining elektr o‘tkazgichlarini montaj qila oladi;
elektr jihozlarining haroratini nazorat qilish usullarini aniqlay oladi;
elektr tizim, tarmoqlar va elektr ta’minoti manbalari haqida
umumiy ma’lumotlarni biladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |