Elektr taminoti tizimi haqida umumiy malumotlar


Download 26.4 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi26.4 Kb.
#1478899
Bog'liq
ELEKTR TAMINOTI TIZIMI HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR


ELEKTR TAMINOTI TIZIMI HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR
1Xolov Fazliddin Anvar o'g 'li magistrant, Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti Annotatsiya
Ushbu maqolada elektr energiyasi sifati ko'rsatgichlarini elektr energiyasi isrofiga ta'siri, texnik, texnologik, hamda tijoriy isroflar haqida hamda ularni bir biriga bog'liqligi, kelib chiqish sabablari va ularni kamaytirish usullari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: texnik isrof, texnologik isrof, tijoriy isrof, nosimmetriya, nosinusoidallik, teskari ketma ketlik, nol ketma ketlik.
Kuchlanish va chastotaning og'ishi, kuchlanish va toklarning nosinusoidalligi hamda nosimetriyasi kabi elektr energiyasi sifati ko'rsatgichlari elektr tarmoqlarida quvvat va elektr energiyasi isroflariga ta'sir qiladi.
Amaliyotda isroflarni AW texnik, texnologik va tijorat isroflari hisoblaniladi. Hisoblarda isroflar, tarmoqqa yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tarmoqdan chiqarilgan hamda iste'molchi tomonidan to'langan elektr energiyasi o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Texnik isrof AWT, podstansiyaning o'z extiyoj iste'moli AWofzext, sababli isroflar va o'lchash asboblari xatolaridan W0,lch kelib chiqadigan texnologik isroflarni tashkil qiladi, chunki ular tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatish jarayonining texnologik extiyojlari va uni qabul qilish hamda iste'molchiga uzatishda o'lchov asboblari yordamida hisobga olish bilan belgilanadi.
Tijorat isrofi, AWK = AW — AWT — Wofzext — W0,lch> ga teng bo'lib "inson omili" ta'sirining natijasi hisoblanadi, elektr energiyasini o'g'irlash, iste'mol qilingan energiyani to'lovini to'liq yoki qisman to'lamaslik va boshqalar bilan bog'liq yo'qotishlarni o'z ichiga oladi.
Texnologik isroflarda elektr jihozlari va o'lchash vositalarining ish rejimlarida nominal yoki normallashtirilganlardan og'ishlar tufayli qo'shimcha komponentlar shartli ravishda aniqlanishi mumkin.
Bu isroflarga olib keladigan faktorlardan biri bu elektr energiyasining sifatidir. Nosinusoidal va nosimmetrik rejimlarda qo'shimcha texnologik isroflarni o'lchashning mohiyati va tamoyillarini tushunish uchun tizimdagi quvvat balansini hisobga olish kerak. 1.1 - rasmda sifatni buzuvchi va "sokin" yuklamalarni o'z ichiga olgan elektr tizimining soddalashtirilgan sxemasini ko'rsatilgan. Ushbu sxemaga muvofiq, sifatni buzuvchi yuklamani qiymatini rostlash imkoniyatli xususiyatlarga ega yuklama sifatida ko'rib chiqish kerak. U to'g'ri ketma-ketlikning asosiy chastotasida elektr energiyasini iste'mol qilib, uning bir qismini sifatni buzuvchi energiyasiga (teskari va nol ketma-ketliklarning garmonikalariga) aylantiradi va uni tarmoqqa qaytarib uzatadi, bu esa qo'shimcha isroflarga olib keladi.
rasm. Sifatni buzuvchi yuklama bo'lganda aktiv quvvatlarning yo 'nalishlari sxemasi. Zsis,ZY1,ZY2— energiya tizimidagi sokin hamda sifatni buzuvchi yuklamamalarni mos ravishdagi qarshiliklari; Pas T, Pas.Y1' Pas.Y2— energiya tizimining sokin va sifatni buzuvchi yuklamalarini asosiy chastotadagi to'g'ri ketma ketlik quvvatlarini mos qiymatlari; Psbuz.c, Psbuz.Y1, Psbuz.Y2 — sifatni buzuvchi iste'molchilarni mos holdagi aktiv quvvatlari, elektr energiyasi sistemasi elementlarida isfatni buzuvchi elementlarni ish rejimlarini rostlash isrofni kamaytirishga olib keladi. Quvvat tashkil etuvchilari tok va kuchlanishlarni yuqori garmonikasini tashkil etuvchilarini va simmetrik tashkil etuvchilari bilan aniqlanadi: To'rt o'tkazgichli tizim uchun (faza toklari va kuchlanishlari)
P1 = 3U1I1cos^1; P2 = 3U2I2cos
Uch o'tkazgichli tizimlar uchun (liniya toki va kuchlanishlari) P± = U±I 1C0S^1; ?2 = V3U2l2COS
pnI = 2 ^unin cos
Isroflarni hisoblash va tahlil qilish nosimmetrik tashkil etuvchilarning garmonik yoki ketma-ketligining mos keladigan chastotasida amalga oshiriladi. Quvvatning aktiv tashkil etuvchisi elektr energiyasining boshqa energiya turlariga aylanishini tavsiflaydi va uch fazali tizimda nosinusoidal va nosimmetrik toklar va kuchlanishlar uchun quyidagilarga teng:
Pz = Pi + Pnz + P2 + P0 Faraz qilaylik, yuqori garmoniklar energiyasi teskari hamda nol ketma-ketlikda hech qanday foydali ish bajarmaydi. Keyin nosinusoidal, nosimmetrik toklar va kuchlanishlarga ega bo'lgan elektr iste'molchilar yoki elektr tizimining bir qismi uchun qo'shimcha quvvat isroflari, sifatni buzuvchi quvvatlarni yig'indisiga teng va u quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:APqofsh = + P2 + P0
Qarshiligi r bo'lgan tizimdagi aktiv quvvat isrofi APH qo'llaniladigan kuchlanish U qiymatiga bog' liq.
p2 + Q2
AP =-—r
u2 r'
Bu yerda P va Q — tarmoq elementi uzatayotgan aktiv va reaktiv quvvat.
Salt ishlash holatidagi quvvat APX aktiv o'tkazuvchanlikga ega bo'lgan elementdagi o'tkazuvchanlik g orqali quyidagi ifodadan topiladi.
APX « U*g
Bu yerda UB — tarmoq elementining kuchlanishi (liniya kompensatsiyalovchi qurilma va boshqalar) yoki yuqori tomondagi kuchlanish (transformatorning).
Oxirgi ikki ifodadan kelib chiqadiki yuklama tufayli hosil bo'ladigan isroflarni kamaytirish uchun kuchlanish qiymatini oshirish ikkinchi holatda esa salt ish holatidagi yuklamani o'zini qiymatini kamaytirish kerakligini ko'rishimiz mumkin.
Muayyan elektr energetika sistemasi uchun minimal isroflarga mos keladigan optimal kuchlanish qiymatlari uning barcha kuchlanish sinflari tarmoqlarining tuzilishi va ish rejimlariga bog'liq. 110 kV kuchlanishli tarmoqlarda yuklama isroflari, salt ish rejimi isroflari va iqlimiy isroflar yig'indisi bilan solishtirilganda birinchi isrof yuqoriroq, 6 - 35 kV li kuchlanishli tarmoqdagi salt ish rejimi isrofi va iqlimiy isroflar, yuklama isrofalariga qaraganda yuqoriroqdir. Shunday qilib, elektr energetikasi tizimining tarmoqlarida kuchlanishni rostlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ulardagi isroflarni tarkibini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Nosinusoidalligi 5% dan kam bo'lgan tarmoqdagi qo'shimcha texnik isroflar ahamiyatsiz va Ku koeffitsientining 7-15% gacha ko'tarilishi bilan yuqori garmonikadan isroflar 10-12% ga yetishi mumkin. Elektrlashtirilgan temir yo'l transporti tarmoqlarida yuqori garmonikadan aktiv quvvatning qo'shimcha isrofi darajasi asosiy chastotadagi isroflarning 10-15% gacha bo'lishi mumkin. Elektr ta'minoti tizimida elementlardagi yuqori garmonikadan eng yuqori qiymatdagi isroflar rezonans rejimlarida sodir bo'ladi. Kuchlanish nosimetriyasi elektr tarmog'ining barcha elementlarida quvvat va elektr energiyasi isrofining oshishiga olib keladi, bu esa teskari va nol ketma-ketlik toklarining oqimi bilan bog'liq. Shunday qilib sifat ko'rsatkichlari past bo'lgan elektr energiyasini uzatilishi taqsimlash va iste'mol qilish qo'shimcha elektr energiyasini isrofini keltirib chiqarishini hisobga olish lozim.
Ushbu Qoidalar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — elektr stansiyalar) hamda elektr energiyasining uzatilishini, taqsimlanishini amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, ushbu tashkilotlarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta’mirlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
balandlikda bajariladigan ishlar — montaj moslamalaridan yoki bevosita konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlardan turib er, bostirma yoki ishchi to‘shama yuzasidan 3 metr va undan yuqori balandlikda bajariladigan ishlar. Bunda ish jarayonining barcha bosqichida va joydan-joyga o‘tishda ishchini balandlikdan yiqilishdan asraydigan yagona vosita bo‘lib himoya kamari xizmat qiladi;
brigada (naryad yoki farmoyish bo‘yicha) — tarkibida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi bilan birga ikki va undan ortiq a’zosi bo‘lgan brigada;
buzilmagan elektr maydonining kuchlanganligi — ish jarayonida odam bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonada aniqlanadigan, odamning qatnashishida buzilmaydigan elektr maydonining kuchlanganligi;
ikkilamchi (yordamchi) zanjir — elektr stansiyalardagi (podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, o‘lchov, himoya va signalizatsiya tuzilmalarini bir-biriga bog‘lovchi simlar va qisqichlar qatorining majmui;
“ijozat beriladi”, “mumkin” — Qoidalarning ushbu talablari, istisno tariqasida (mahalliy sharoitlarga qarab) majburan qo‘llanilishini bildiradi;
ilashgan kuchlanish ostidagi havo liniyasi — 110 kV va undan yuqori kuchlanishli boshqa elektr uzatish havo liniyasining (keyingi o‘rinlarda — HL) o‘q chizig‘idan:
110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 m;
220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 m;
500 kV kuchlanishli HL uchun — 200 m gacha masofada, uzunligi bo‘yicha yoki ayrim uchastkalar bo‘ylab umumiy uzunligi 2 km dan kam bo‘lmagan masofada o‘tadigan HL va aloqa havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda — AHL);
ish joyi — xodimlar ishlarni bajarish uchun ishga qo‘yiladigan elektr qurilmaning uchastkasi. Faqat naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar ko‘zda tutilgan ish joyiga taalluqli;
ish joyini tayyorlash — ish xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun ish joyida bajariladigan texnik tadbirlar;
ishlab turgan elektr qurilma — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsiya apparatlarini ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmasi yoki uning qismi;
kommutatsiya apparati — elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparati (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich, saqlagich va hokazolar);
kuchlanish ostidagi ish — kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok o‘tkazuvchi qismlarga ruxsat etilganidan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar;
ma’muriy-texnik xodimlar — elektr energetika sohasidagi tashkilotlarning rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, zimmasiga ma’muriy vazifalar yuklatilgan muhandislar, texniklar va ustalar;
mahalliy navbatchi xodimlarsiz elektr qurilma — tezkor chiqish brigadalari (keyingi o‘rinlarda — TChB) yoki tezkor ta’mirlash xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan elektr qurilma, HL va elektr uzatish kabel liniyasi (keyingi o‘rinlarda — KL);
mexanizmlar — gidravlik ko‘targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burg‘ulash-kran mashinalari, mexanik uzatma yordamida uzaytirish yoki qisqartirish mumkin bo‘lgan narvonlar va hokazolar;
mexanik qulf — kalit, olinadigan dastak va hokazolar bilan berkitiladigan qulf;
navbatchi xodimlar (navbatchi) — smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv yoki tezkor almashlab-ulashga ruxsat etilgan xodimlar: dispetcherlar, navbatchi muhandislar, texniklar, smena boshliqlari, uyda navbatchilik qiluvchilar va boshqaruv shchitlari navbatchilari, TChB a’zolari;
naryad-ijozat — ishning mazmuni, joyi, uni boshlash va tamomlash vaqtlarini, zarur xavfsizlik choralarini, brigada tarkibini hamda ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni belgilovchi ishni xavfsiz bajarish uchun maxsus blankada tuzilgan topshiriq;
ta’mirlovchi xodimlar — elektr stansiyalar, podstansiyalar, havo liniyasi, kabel liniyasi, AHL, aloqa kabel liniyasi (keyingi o‘rinlarda — AKL), rele himoyasi, avtomatika, o‘lchash vositalari, izolatsiya va yashindan himoya vositalari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalarida ekspluatatsion ta’mirlash va sozlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi muhandislar, texniklar, ustalar, ishchilar, elektr laboratoriyalar xodimlari;
tezkor ta’mirlovchi xodimlar — o‘ziga tasdiqlangan hajmda biriktirilgan elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida tayyorlangan, maxsus o‘rgatilgan, ta’mirlovchi xodimlar toifasiga kiruvchi xizmatchilar;
tok o‘tkazmaydigan qism — ishning avariya rejimlarida kuchlanish ostida bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmaning qismi, masalan, elektr mashina korpusi;
tok o‘tkazuvchi qism — elektr qurilmaning normal holatda kuchlanish ostida bo‘ladigan qismi;
ulanish — elektr stansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida joylashgan va taqsimlovchi qurilma (keyingi o‘rinlarda — TQ), generator, shchit, yig‘malarning shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo‘lgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar). Bitta kuch transformatorining (o‘ramlarining sonidan qat’i nazar), ikkita tezlikda ishlovchi elektr dvigatelning har xil kuchlanishli elektr zanjirlari bir ulanish hisoblanadi. Ko‘p burchakli, bir yarimtalik va shunga o‘xshash sxemalarda liniya, transformator ulanishsiga ushbu liniya yoki transformator TQga bevosita ulangan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar tegishli bo‘ladi;
farmoyish — ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo‘lgan taqdirda) bajarish topshirilgan shaxslarni belgilovchi og‘zaki topshiriq;
xavfli ta’sir — biror-bir narsaning qandaydir obyektga (organizmga, uskunaga) salbiy ta’siri xavfi;
“shart”, “zarur”, “kerak” — Qoidalarning ushbu talablarini bajarish majburiyligini bildiradi;
ekranlash zonasi — elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan ortmaydigan, elektr maydonida bo‘lgan bino va inshootlar, shuningdek, erga ulangan metall konstruksiyalar, uskuna poydevorlari, transformatorlar va yirik gabaritli obyektlar yaqinidagi fazo;
elektr maydonining ta’sir zonasi — elektr maydonining kuchlanganligi 5 kV/m dan ortiq bo‘lgan ochiq fazo;
elektr uzatish kabel liniyasi — bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita erga, kabel kanallariga, quvurlariga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish liniyasi;
elektr uzatish kabel liniyalari va aloqa kabel liniyalarining muhofaza zonasi — yer ostida joylashgan KLning eng chetdagi kabelidan ikki tomonga vertikal sirtlar bilan: KL uchun 1 m, AKL uchun 2 m masofada chegaralangan yer uchastkasi. Suv havzasining suv osti KL va AKL bo‘ylab eng chetdagi kabelidan ikki tomonga 100 m masofada vertikal sirtlar bilan chegaralangan suv sirtidan tubigacha bo‘lgan qism;
elektr uzatish havo liniyasi — ochiq havoda joylashgan, izolyator va armaturalar yordamida tayanchlarga yoki muhandislik inshootlari (ko‘priklar, ko‘prik yo‘llari va hokazolar) kronshteynlariga hamda ustunlariga mahkamlangan simlar orqali elektr energiyasini uzatish uchun tuzilma. Elektr uzatish havo liniyasining boshlanishi va oxiri deb liniya portallari yoki TQ, shoshobchalar uchun esa — shoxobchaga ajralgan erdagi tayanch va liniya portallari yoki taqsimlovchi qurilmaga kiruvchi qismi qabul qilinadi. Bunda HL tomonida liniya portallariga o‘rnatilgan tortuvchi izolatsiyalovchi osmalar hamda HL simlarida mahkamlangan barcha qisqichlar, HLga qarashlidir. Liniya portallari, podstansiya tomonidan tortuvchi izolatsiyalovchi osmalari bilan ushbu portallardagi halqa, HL simlaridan har xil uskunalarga (o‘chirish-yoqish apparatlariga, razryadlagichlarga, aloqa kondensatorlariga va hokazolarga) tushgan simlar hamda yuqori chastotali to‘sgichlar havo elektr uzatish liniyasiga kirmaydi;

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.


1. Висящев, А. Н. Метод определения параметров схем замещения потребителей для оценки их влияния на искажение напряжения в электрической сети / А. Н. Висящев, Д. С. Федосов // Повышение эффективности производства и использования энергии в условиях Сибири: материалы Всероссийской научнопрактической конференции с международным участием (Иркутск, 26-30 апреля 2011 г.). - Иркутск: Изд-во ИрГТУ, 2011. - С. 321-325.
2. Афанасенко, А. С. Оценка влияния потребителей и энергоснабжающей организации на искажение напряжения в точке общего присоединения / А. С. Афанасенко, Д. С. Федосов // Вестник Иркутского государственного технического университета. - 2011. - № 11(58). - С. 190-193.
МАУ 2022 18в1Ч:2180-2160
3. Баглейбтер, О. И. Разработка математических моделей и методов для оценки влияния участников системы электроснабжения на качество электроэнергии: автореф. дис. ... канд. техн. наук: 05.13.18: защищена 26.10.06 О. И. Баглейбтер. -Иркутск, 2006. - 20 с.: ил
Download 26.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling