Elektr ta’minoti tizimlarida avtomatik boshqarish haqida umumiy ma’lumotlar


Download 56.69 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi56.69 Kb.
#1481881
Bog'liq
7 amaliy Elektromagnit rele Elektron rele Mikroprotsessorli rele


Elektr ta’minoti tizimlarida avtomatik boshqarish haqida umumiy ma’lumotlar
Transformatorlarning ishlash tartibini boshqarish, yuklanish darajasini boshqarish va kuchlanish darajasini ushlab turish maqsadida transformatsiyalash koeffitsientini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Bunday boshqarishning asosiy xususiyatlari-yuklamani va transformatsiyalash koeffitsientini diskret o‘zgarishi, algoritmning murakkabligi va cho‘lg‘am tarmoqlarini o‘tkazish jarayoni inersionligi. Ikkita qo‘shni tarmoqlarni o‘tkazishda transformator chiqishidagi kuchlanish, kuchlanishning nominal qiymatidan, ±1,25-2,5 % rostlash foiziga o‘zgaradi.
Transformator koeffitsienti avtomatik rostlagichini o‘lchash qismiga asosiy talablar:

  • Kuchlanishni o‘lchash organining nosezgirlik doirasi bilan real ishlashi

  • Releli elementlarning qo‘yib yuborishni (qaytishni) yuqori koeffitsienti

  • O‘lchash organiga yuklama toki bo‘yicha, yuklash darajasini o‘zgartirganda kuchlanish og‘ishini to‘g‘rilash uchun, signal kiritish zarurati.151

Transformatorning ishlash tartibini boshqarish uchun (qurilma uchtagacha parallel ulangan transformatorni boshqarishi mumkin) SPAU341C turdagi MP rostlagich keng tarqalgan. U modulli tuzilishga, alfavitli-raqamli displeyga, avtomatik testlash va o‘zini diagnostika qiladigan qurilmaga ega. Oldingi panelida dasturni, displeyni boshqaradigan, parallel ishlashga yoki qo‘l bilan boshqarishga o‘tkazadigan tugmalar mavjud. Rostlagichning blok sxemasi 140-rasmda keltirilgan.
Bloklarning vazifasi:
Kirish qisqichlar bloki-rostlagichni ishlash tartibini berish uchun xizmat qiladi (MAN-qo‘l bilan ishlash tartibi, AUTO-avtomatik tartib, LOWER-kuchlanishni




151 Peter G. Martin and Gregory Hale. Automation Made Easy. International Society of Automation. USA, 2009 .
pasaytirish, RAISE-kuchlanishni oshirish, TSO- RPN o‘tkazish vaqtida rostlagich ishini blokirovka qilish, TAR-rostlagichni ishlashga ruxsat berish, POS- RPN o‘tkazgichning holatini rezistiv datchikdan kirishi).152
O‘zgartgichlar bloki-kuchlanish va tok transformatorlaridan signal oladi, tokni, kuchlanishni va faza siljishini normalovchi o‘zgartgichlarni o‘z ichiga oladi.
Hisoblovchi-mantiqiy blok-MP va mantiqiy elementlarni o‘z ichiga oladi, asosiy hisoblash va rostlash funksiyalarini bajaradi.
140-rasm. Rostlagichning blok sxemasi

Ta’minot va blokirovka bloki-rostlagichning asosiy tugunlarini ta’minlash uchun, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas kuchlanish o‘zgartgichlarini o‘z ichiga oladi (BLOCK-rostlagichni tashqi signal bo‘yicha ishini to‘xtatish, RSV-parallel ishlovchi transformatorlarni boshqarish).




152 Peter G. Martin and Gregory Hale. Automation Made Easy. International Society of Automation. USA, 2009 68- 88 p.
Qo‘l bilan boshqarish bloki- o‘rnatilgan o‘tkazgich yordamida RPN masofadan qo‘l bilan boshqarishni amalga oshirishga imkon beradi.
Kirish qisqichlar bloki- rostlagichning ishlash tartiblarini ko‘rsatuvchi yorug‘lik indikatorlarini ulashga xizmat qiladi (MAN, AUT-qo‘l yoki avtomatik tartib, IRF-o‘zini diagnostika qilish tartibi, LOWER-kuchlanishni pasaytirish, RAISE-kuchlanishni oshirish, I> -tokni berilgan qiymatdan oshirishi, U<- kuchlanishni berilgan qiymatdan pasayishi).
OEO’(opto-elektron o‘zgartgich)-tashqi kompyuterga va parallel ishlovchi transformator rostlagichlariga optik tolali kabel bo‘yicha signal uzatish uchun o‘zgartgich (Rx-o‘tkazgining xolati, rezistiv datchik holati bo‘yicha hisoblangan, Tx-ma’lum transformatorlar uchun, RPN ishlab ketish vaqtini saqlashga).
Rostlagich quyidagicha ishlaydi. Kuchlanishni o‘rnatilgan qiymatdan o‘chirilganda (belgisini hisobga olib) o‘tkazgich RPN vaqtni saqlagan holda ishlashiga signal beriladi (25 soniyagacha). Og‘ish qancha katta bo‘lsa, vaqtni saqlash shuncha qisqaradi. O‘tkazgich ishga tushgandan so‘ng kuchlanish darajasi berilgan qiymat bilan solishtiriladi. Agar, bitta darajaga o‘tkazishlar yetarli bo‘lmasa, keyingi vaqtni saqlash darajasiga o‘tishga vaqt beriladi va x.k. berilgan kuchlanish darajasi, ta’minot tarmog‘ining tugunli nuqtalaridagi kuchlanish bo‘yicha, kompensatsiyalovchi qurilmalarning ishlashini hisobga olgan xolda, operator tomonidan aniqlanadi. Transformatorlar parallel ishlaganda, rostlagich RPN o‘tkazgichlarning maqbul xolatini, aylanib yuruvchi toklarni (tenglashtiruvchi) minimizatsiyalash maqsadida, aniqlaydi.
Download 56.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling