Elektr texnikasi va elektr mashinasi
Magnitli ishga tushirgichlar
Download 0.51 Mb.
|
7B-18KEM Abdug\'aniyeva Shahzoda
Magnitli ishga tushirgichlar
Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni (AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, AD ni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ham kiradi. AD larning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. Shuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar qo’yiladi. 1.1 rasm PA seriyadagi magnitli ishga tushirgich 1.1-rasmda PME seriyadagi yuritgichning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Xarakatlanuvchan kontakt 1 ko’prik shaklida yasalgan. Tok uzatuvchi shinachalar 3 qo’zg’almas kontakt-detali 4 ga shunday tartibda ulanganki, bunda xosil bo’layotgan elektrodinamik kuchlar xosil bo’lgan yoyni kontaktdan tashqariga siqib chiqarishga (puflashga) yo’naltirilgan bo’ladi To’g’ri xarakatlanuvchan tipdagi elektromagnit SH-shakldagi o’zak 5 va yakorp 6 ni o’z ichiga oladi. Yuritgich, boshlang’ich xolatga, prujina7 yordamida keltiriladi. Qisqa tutashgan cho’lg’amlar (‘alqalar) 8 o’zakning ikki chekkadagi sterjenplarga o’rnatilgan. Elektromagnitning yakori 6 izolyatsion traversa 9 bilan bog’liqdir. Izolyatsion traversa 9 ga kontakt prujinasi 2 bilan ta’minlangan xarakatlanuvchan kontaktlar 1 qotirilgan bo’ladi. Yuritgich beshta bosh (asosiy) va ikkita yordamchi kontakt 12 ga ega bo’lishi mumkin. Elektromagnit yakori bilan kontaktlarining bir ‘il masofa oralig’ida xarakatlanishi elektromagnit mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday elektromagnitlarning kamchiligi uning kontaktlarining uzoq tebranishi (1 ms dan ortiq) va nisbatan tez yemirilishidir. Bunday yuritgichlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelplarini yuritishda ishlatiladi (nominal tok – 25A). Tok kuchi 25A dan yuqori xollarda PA seriyadagi yuritgichlardan foydalanish samarali ekan. Bunday yuritgichlarning kontaktlarining xarakatlanish masofasi yakornikidan 2,5 marta kichik. Dvigatelllarni yuklama tokidan ximoya qilish uchun uning ikkita fazasiga relelari ulanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling