Elektr texnologik qurilma va tizimlarni vazifasi, klassifikatsiyasi va ularga qo’yiladigan talablar


Download 20.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi20.84 Kb.
#1498613
  1   2
Bog'liq
Elektr texnologik qurilma va tizimlarni vazifasi, klassifikatsiyasi



 Elektr texnologik qurilma va tizimlarni vazifasi, klassifikatsiyasi va ularga 
qo’yiladigan talablar. 
 
1. Elektr tokining pirovard issiqlik ta‟siriga asoslangan qurilmalar.
Bu gurux qurilmalariga uy ro‟zg‟or kizdirish jixozlari, bevosita va bilvosita 
kizdirish karshilik pechlari, suyuklik va gazlarni kizdirish qurilmalari - turli 
kurinishdagi elektr kozonlari va elektrokaloriferlar, shuningdek kizdiruvchi 
elementlar vazifasini ishkorlar yoki oksidlar eritmalari bajaruvchi, elektrodli 
vannalar. 
Metallarni elektroshlak usulida kayta eritish va elektroshlak usulida 
payvandlash qurilmalarinnng ishlash prinsipi, elektrodlar orasidagi muxitni 
(bushlikni) tuldiruvchi shlaklarda elektr toki ta‟sirida ajralib chikadigan issiklik 
energiyaisdan foydalanishga asoslanadi.
Kontaktli payvandlash qurilmalarida elektr energiyasi ikki detalning tutash 
nuktalaridagi utish karshiligida issiklik energiyasiga aylanadi. Ushbu jarayon 
fakatgina tokning impulsli rejimida amalga oshirilib, mazkur kurinishidagi 
payvandlash qurilmalarining sxemasi va elektr ta‟minotining uziga xos 
xususiyatlarini belgilaydi. 
Induksion kizdirish qurilmalarining ishlash prinsipi sanoat chastotasi va 
undan yukori chastotadagi uzgaruvchan tok elektr energiyasini avval uzgaruvchan 
magnit maydon energiyasiga, bu energiyani esa yana elektr energiyasiga va sungra 
oxirgi kurinishdagi energiyani kizdiriluvchi materialda issiklik energiyasiga 
aylantirishga asoslanadi. Ushbu usuldan fakat tok utkazuvchan materiallarni 
kizdirishda foydalaniladi.
Dielektrik materiallarni kizdirishda esa moddalarni polyarizatsiyalash 
jarayonida yukori chastotali elektr maydon energiyasini issiklik energiyasiga 
aylantirishga asoslangan qurilmalardan foydalaniladi.
Ishlash prinsipi elektr yoyida ajralayotgan issiklikdan foydalanishiga 
asoslangan qurilmalarga metallarni va utga chidamli materiallarni eritish, fosfor va 
boshka metallarni olshi uchun belgilangan elektr yoy pechlari va rudnotermik 
pechlar, shuningdek metallarni kayta eritish va rafinatsiya qilish uchun belgilangan 
vakkum - yoy pechlarini misol qilish mumkin. Bunday qurilmalar sifatida metall 
va nometall ( metall bulmagan ) materiallarga plazmali va plazma yoy ususlida 
ishlov beruvchi qurilmalarni kursatish mumkin. Mazkur qurilmalarda metallarni 
kayta eritish, yuzalarga ximoya koplamalarini berish va shu kabi boshka 
jarayonlarni amalga oshirish mumkin.


Elektr yoy payvandlash qurilmalarida ajralib chikayotgan issiklik enegrgiyasining 
asosiy mikdori (quvvati) yoyning t a ya n ch nuktalariga ( katod va anod “do” 
lariga) to„g„ri kelishi bilan birga elektr yoy payvandlash jarayonining borishiga 
elektr yoyining “ ustun “ kismi xam uz ta‟sirini kursatadi. 
Elektron - nurli va lazer qurilmalarida issiklik enegiyasi razryad kanalidagi 
suyuklikdan katta kuchdagi tokning impuls rejimida okishi natijasida ajralib 
chikadi.
2. Elektr tokining pirovard elektrokimyoviy ta‟siriga asoslangan qurilmalar. 
Bunday qurilmalar toifasiga eritma yoki korishma bilan tuldiriladigan elekroliz 
vannalari, yuzalarga „imoyalash yoki dekorativ koplamalar beruvchi qurilmalar, 
shuningdek galvanoplastika usulida maxsulot olish qurilmalari va elektrolitlarda 
elektrokimyoviy - mexanik ishlov berish qurilmalari kiradi.
3. Elektromexanik qurilmalar. 
Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan materiallardan impuls rejimidagi tokning 
okib utishi mexanik kuchlar hosil bulishiga olib keladi. 
Mazkur qurilmalarning maxsus sinfini ultratovush tasirida ishlovchi 
qurilmalar tashkil kilib, ultratovush generatorlaridan berilayotgan yukori 
chastotadagi mexanik tebranishlar ta‟sirida texnologik jarayonlar amalga 
oshiriladi.
4. Elektrokinetik qurilmalar. 
Ularning ishlash prinsipi elektr maydon energiyasini xaraktadagi zarrachalar 
energiyasiga aylantirishga asoslangan. Bunday qurilmalar toifasiga elektron - ion 
texnologiyalarga asoslangan elektr filtrlari. poroshok materiallari va emulsiyalarni 
ajratish qurilmalari, elektr buyoklash va okava suvlarni tozalash qurilmalari kiradi. 
Elektrotexnologiya asoslari ni yukoridagi tartibda guruxlarga bulish yukori 
darajada shartli ravishda amalga oshirilgan, chunki kuplab texnologik jarayonlar 
bir paytning uzida bir necha energiya uzgarishi asosida amalga oshiriladi. Bu esa 
uz urnida elektrotexnologik jarayonlarining imkoniyatlarini yanada kupligini 
isbotlaydi.

Download 20.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling