Issiqlik o‘tkazuvchanlik usuli - qattiq jism ichida yoki harakatda bo‘lmagan suyuqlikda (gazda) amalga oshiriladigan issiqlik almashuvi usuli bo‘lib, bunda molekulalar - kinetik nazariyaga ko‘ra jismlar zarrachalarining (molekula, atom, elektron) issiqlik ta’siridagi harakati va o‘zaro ta’sirlashuvi oqibatida jismning nisbatan yuqori haroratga ega qismidan kamroq qizigan qismiga qarab uzatish ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Fure gipotezasiga ko‘ra uzatilayotgan issiqlik energiyasi miqdori:
(1)
bilan aniqlanadi. Bu erda:
- jism yoki moddaning issiqlik o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti;
- issiqlik energiyasi yo‘nalishi bo‘yicha harorat gradienti;
d - elementar vaqt;
dF - issiqlik oqimiga perpendikulyar bo‘lgan elementar yuza.
Do'stlaringiz bilan baham: |