Elektr toki, elektr yoki magnit maydonni to’g’ridan-to’g’ri ishlatilish
Download 68 Kb.
|
ГЛОССАРИЙ(1)
DBL- dugovaya bakteritsidnaya-yoyli bakteritsid lampa
LTBTS- issiqligi oq lyuminestsent rang uzatishi yuqori sifatli lampa LFR- lyuminestsentli fotosintezli reflektorga ega lampa Startyor – bu yog’dusiz razryadlanuvchi mini lampa DRT- simobli trubkadagi yoyli lampalar Elektrolit-elektroliz-bu usullar elektr tokining suyuqliklarni tok o’tkazuvchi eritmalari-elektrolitlardan o’tganda hosil bo’ladigan xodisalarga asoslangan Ga’vanoplastika - bu metall va nometall buyumlarni sirtiga elektrokimyo yo’li bilan metallarni yopishtirish Gal’vanostegiya -bu metall buyumni yuqori mexanik mustahkamlik va korroziyaga bardoshligini oshirish yoki tashqi ko’rinishini yaxshilash uchun sirtiga elektrokimyo yo’li bilan metal qoplashga aytiladi. Ul’tratovush – bu odam qulog’i eshitadigan chegaradan yuqori chastotali muhitni davriy mexanik tebranishlari. Magnitostriktsiya- ba’zi bir metallar (temir, nikel, kobalьt va boshqalari) sterjenlar shaklida bajarilib, magnit maydon ta’sirida o’z uzunligini (hajmini o’zgartirmay) o’zgartiradi. Pezoelektrik o’zgartirgichlar- ish printsipi ba’zi bir kristallarni elektr maydon ta’sirida o’z o’lchamlarini (qalinlik va hajmni) o’zgartirish xususiyatiga asoslangan. Elektrotermik qurilma - elektr bilan qizdirish jihozlari, ular energiya manbaalari va qizdirish jarayonini boshqaradigan apparatlardan iborat kompleksdir Elektr yoy- elektr tokining gaz, par va vakuumdan o’tishi oqibatida namoyon bo’luvchi xolat Elektrotermiya- Elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantirishni o’rganuvchi fan Elektr payvandlash-bu metallarni tok o’tqazib erigan yoki yumshagan xolatga keltirib bir-biriga biriktirish jarayonidir. Yoyli payvandlash- asosiy metall va erib ketadigan metall elektrod orasida paydo bo’ladigan yoy issiqlik manbasidir Ko’paytirilgan magnit tarqatishli – transformatorni magnit o’tqazuvchisida harakatlanuvchi magnitli shunt bo’ladi (vintlar yordamida siljitiladi), yoki shuntni qo’shimcha magnitlaydigan chulg’am mavjud, yoki harakatlanuvchi chulg’amlar mavjud bo’ladi; Normal magnit tarqaluvchili va qo’shimcha reaktiv g’altakli-rostlovchi drosselli- u transfor-matorlardan tashqarida bo’ladi va yoy zanjiriga ketma-ket ulanadi yoki transformator ichida bo’lishi mumkin. Kontaktli payvandlash- payvandlashni plastik turiga qaraydi va bosim bilan bajariladi. Ulanishli payvandlashda -detallar kontaktlangan sirt bo’yicha to’la payvandlanadi. Nuqtali payvandlash- detallar kontaktlangan sirtni kerakli nuqtalarida payvandlanadi. Payvandlash bir, ikki va ko’p nuqtali bo’lishi mumkin. Rolikli (chokli) payvandlash- detallar uzluksiz yeki uziluvchi chok bilan biriktirilib, aylanuvchi roliklar orqali keltirilayatgan tok o’tishi natijasida bajariladi. Induktsion qizdirish qurilmalari- elektr energiyasi magnit maydon energiyasiga aylantiriladi, keyin esa qizdiriladigan jismga uzatiladi va unda issiqlik sifatida ajraydi. Sanoat chastotasidagi qurilmalar -detallarni prokatkada, shakl berishda, shtamplashda, presslashda, qalaylash uchun, detallarni har xil maqsadlar bilan qizdirish uchun va hokazolar uchun qo’llaniladi. O’rta chastotali qurilmalar- detallarni toblash, zagotovkalarni bosim bilan ishlovdan oldin va zago-tovkani kichik qismlarini (masalan, trubani egish uchun) isitish, lak bo’yoq qoplamalarni quritish, metall listlarni payvandlash va boshqalar uchun ishlatiladi. IQQ- induktsion qizdirish qurilmalari IKP- induktsion kanalli pech ITP-induktsion tigel pech YuCHIQQ- yuqori chastotada ishlovchi qizdirish qurilmalari Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling