Mashg`ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-issiqlik miqdori;
-Joul-Lens qonuni.
I. Darsning tashkil etilishi:
a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;
b) salomlashib, davomat aniqlanadi;
c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:
I guruh — Beruniy
II guruh — Ulug`bek
III guruh — Ibn Sino
II. O`tilgan mavzuni takrorlash. Guruhlar bilan “Savol –javob” o`tkazish.
O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo`yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig`i chiqib tanlab oladilar.
1-guruhga: «Tokning bajargan ishi haqida» tushuntiring.
2-guruhga: “Tokning quvvati”ni tushuntiring.
3-guruhga: “Elektr iste`molchilarning quvvati haqida” tushintiring.
III. Yangi mavzu bayoni: Elektr toki ta`sirida o`tkazgichlarning qizishi. Joul-Lens qonuni.
Reja:
O`tkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori.
Cho`g`lanma elektr lampa.
Iste`molchilarning foydali ish koeffitsienti
Joul-Lens qonuni.
Yangi mavzuni boshlashdan avval o`quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida “Savol-javob” metodidan foydalaniladi.
O`quvchilarga savollar beriladi. O`tkazgich nima va ulardan qayerlarda foydalanish mumkinligi so`raladi.
O`quvchilarning fikrlari va g`oyalari tinglanadi.
O`quvchilar tomonidan berilgan fikr va g`oyalari umumlashtiriladi.
Shundan so`ng o`quvchilarga o`tkazgichlarda zaryadlarning taqsimlanishi haqida to`liq ma’lumot beriladi. Slayd orqali mavzudagi tasvirni katta ekranga chiqarib, o`quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |