Elektr yuritma mexanikasi. Turli texnologik jarayonlarda qo‘l anilasdigan ish mashinalarining mexanik tavsiflari


Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash bo‘yicha turlari


Download 93.18 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi93.18 Kb.
#1568774
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yоrdamchi mexanizmlarining elektr yuritmalarini boshqarish sxemalari

Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash bo‘yicha turlari. Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) roslanmaydigan, bunda motor bir o‘zgarmas tezlikda ishlaydi;
b) rostlanadigan, bunda motor tezligi texnologik talab bo‘yicha o‘zgartirilib turiladi; v) taqlidiy, bunda motor tezligi shablon harakati bilan bir xil o‘zgarishi ta’minlanadi; 207

g) dasturli boshqariladigan, bunda motor tezligi raqamli qurilma orqali dastur bo‘yicha boshqariladi;


d) adaptiv (o‘zi moslanuvchan), bunda motor tezligi muhitning o‘zgarishiga qarab avtomatik rostlanadi;
e) pozitsion (vaziyatni rostlovchi), bunda motor tezligi ishchi organining vaziyatini rostlashini ta’minlaydi.
Uzatish mexanizmining turiga ko‘ra - Uzatish mexanizmining turiga ko‘ra reduktorli va reduktorsiz elektr yuritmalarga bo‘linadi.
Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha turlari. Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha quyidagi gruhlarga bo‘linadi:
1. Avtomatlashtirilmagan elektr yuritmalar - bunda elektr yuritma to‘la qo‘lda (dastakli) boshqariladi. Hozirgi paytda bunday elektr yuritmalar kam uchraydi. Asosan kichik quvvatli sanoat yoki maishiy qurilmalar yuritmalari bunga misol bo‘la oladi.
2. Yarimavtomatlashtirilgan elektr yuritmalar - bunday elektr yuritmalarni chiqish parametrlari rostlanadigan bo‘lib boshqaruv operatsiyalarini bir qismini elektr yuritma, bir qismini esa inson tomonidan hosil qilinadi. Bu elektr yuritmalarda asosan avtomatik yurgizish, avtomatik tormozlash va tezlikni rostlash amalga oshiriladi.
3. Avtomatlashgan elektr yuritmalar - bu elektr yuritmalarda boshqaruv signali inson ishtirokisiz hosil qilinadi va boshqariladi. Bunday elektr yuritmalar sanoat robotlari va manipulyatorlarda qo‘l aniladi Avtomatlashgan elektr yuritmalar deb ishchi mashinalarning ijrochi organlarini harakatga keltirish maqsadida elektr dvigatel, o’zgartgich, uzatuvchi va boshqaruvchi qurilmalardan iborat elektromexanik tizimga aytiladi

5-rasm. Avtomatlashgan elektr yuritmaning funktsional sxemasi.



Download 93.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling