Elektr yuritmalarni ishga tushirish. Reja
Ishga tushirish reostatlarini grafik usulda aniqlash
Download 337.27 Kb.
|
el yur at2
Ishga tushirish reostatlarini grafik usulda aniqlash.
Bu usulni hamma o’zgarmas tok yuritgichlariga va asinxron faza rotorli yuritgichlarga qo’llaniladi. Ma’lum rusumli yuritgichlarning pasportidagi ko’rsatgichlarning nominal miqdorlari berilgan bo’lishi kerak va shu bilan birga ularning tabiiy mexanik yoki elektromexanik tavsiflari grafiklari qurilgan bo’lishi lozim. SHu grafiklar keltirilgan koordinatalar tizimida ishga tushirish diagrammalari quriladi va ishga tushirish reostati pog’onalari qarshiliklari aniqlanadi. Parallel va mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichlari Parallel va mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok yuritgichlarini ishga tushirish diagrammasi quyidagi tartibda quriladi. Tabiiy mexanik tavsifidagi n ordinata o’qining n0 nuqtasidan abtsissa o’qiga parallel gorizontal chiziq o’tkaziladi. M abtsissa o’qida chegaraviy maksimal M1 va minimal M2 momentlar belgilanadi, ularning qiymatlari va dan topiladi. Belgilangan miqdorlardan, o’tkazilgan gorizontal chiziq bilan kesishguncha M1 va M2 vertikal chiziqlar o’tkaziladi. Keyin abtsissa o’qidagi M1 dan ordinata o’qidagi n0 gacha og’ma to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqning M2 vertikal chizig’i bilan kesishgan nuqtasidan M1 vertikal chizig’i bilan kesishguncha gorizontal chiziq o’tkaziladi. Bu kesishgan nuqtadan n0 gacha yana og’ma to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Yana bu chiziqning M2 vertikal chizig’i bilan kesishgan nuqtasidan M1 vertikal chizig’i bilan kesishguncha gorizontal chiziq o’tkaziladi. SHu tariqa og’ma va gorizontal chiziqlar o’tkazish davom ettiriladi. Oxirgi o’tkazilgan gorizontal to’g’ri chiziq tabiiy tavsif va M1 vertikal chiziqlarning kesishgan nuqtasidan o’tishi lozim. Aks holda M1 va M2 momentlar uchun yuqorida keltirilgan chegarada boshqa qiymatlar qabul qilinib, diagramma takroran quriladi. M1 vertikal chizig’idan n0 gacha o’tkazilgan og’ma chiziqlar yuritgichning sun’iy mexanik tavsiflaridir. M2 vertikal chizig’ining, sun’iy, tabiiy, mexanik tavsiflari va n0 dan o’tkazilgan gorizontal chiziq bilan kesishgan nuqtalari 10-rasmda ko’rsatilganidek harflar bilan belgilab qo’yiladi va ishga tushirish pog’onalari soni m aniqlanadi. Download 337.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling