Elektr motorlarining nominal tezligini tanlash. Elektr motorlarni ish mashinalari bilan o’zaro biriktirishning eng sodda va mustahkam turi ularni bevosita mufta orqali ulashdir. Bu holda motorning tezligi ish mashinasining tezligiga teng qilib olinadi. Motorlar esa ma’lum standart tezlikka mo’ljallangan bo’ladi. Bundan tashqari, motorlarning nominal quvvatda ( kattaroq bo’ladi. Shuning uchun aksariyat motorlar 1500 va 3000 ayl/min tezlikka mo’ljallab chiqariladi. Ikkinchidan, ish mashinalari, asosan, kichik tezlikka (200500 ayl/min) mo’ljallangan bo’ladi. Binobarin, motorlarni ish mashinalariga ulash uzatish qurilmalaridan foydalanishni taqozo qiladi. Bunday hollarda motorning nominal tezligi bir necha variantlarda hisoblash, tekshirish va analiz qilish asosida tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |