Elektr zanjiri
Download 22.97 Kb.
|
Elektr zanjiri passiv element
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezistor
- Elektr Kondensator
- Induktivlik
- Diod-(
- Yarimotkazgich diod
- Tranzistor
Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulab-uzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzib-ulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirxgof koidalari). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar Rezistor (lot. resisto — qarshilik koʻrsataman) — radio va elektrtexnika qurilmalari elektr zanjirining strukturaviy (tugal buyum koʻrinishidagi) elementi; asosiy vazifasi — elektr toki ga faol qarshilik koʻrsatish. Qarshilikning nominal qiymati (bir necha Om dan 1000 GOm gacha), undan ogʻish qiymati (0,001—20%) va maksimal sochish quvvati (Vt ning yuz larcha ulushlaridan bir necha MVt gacha) bn tavsiflanadi. Tayyorlanadigan materialiga qarab, R. metall, uglerodli, suyuqlikli va yarimoʻtkazgichli; qarshilik turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, qarshiligi kuchlanishga (maxsus; varistorlar), temperaturaga (termorezistorlar), yoritilganlikka (fotorezistorlar) va deformatsiyaga (tenzodatchik) bogʻliq boʻlgan xillari bor. R. yordamida radioelektron qurilmalarda tok kuchi va kuchlanish rostlanadi, tra, yorugʻlik kuchi oʻlchanadi va boshqa Termobardosh materiallardan tayyorlangan baʼzi R. qizdirish elementi sifatida ishlatiladi. Elektr Kondensator. (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. K.ning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. K.lar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi Induktivlik (lot. inductio — taʼsirlash, uygʻotish) — oʻtkazgichdan yasalgan konturdan bir amper tok kuchi oʻtayotganda shu konturni kesib oʻtuvchi magnit maydon induksiyasi oqimini vujudga keltirish xususiyati. Elektron lampalar — elektronlar oqimi maxsus elektrodlar (toʻrlar) yordamida boshqariladigan elektr vakuum asboblar; ikki, uch va koʻp elektrodli xillari bor. Ikki elektrodli oddiy Elektron lampalar — diod bir tomonlama oʻtkazuvchanlikka ega; undan detektor va kenotron sifatida foydalaniladi. Uch elektrodli Elektron lampalar — triodt boshqaruvchi toʻrning potensiali bir oz oʻzgarsa, anod tok kuchi anchagina oʻzgaradi. Koʻp elektrodli Elektron lampalar (mas, pentod) yordamida chastotasi bir necha oʻn MGs gacha boʻlgan elektr tebranishlar generatsiyalanadi (hosil qilinadi) hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi. Elektron lampalar signallarni qabul qiluvchikuchaytiruvchi yoki tebranishlarni generatsiyalovchi (generatorliE.l.) turlarga boʻlinadi. Elektron lampalar radiotexnika, elektrotexnika, elektronikala, fan va texnikaning boshqa koʻp sohalarida qoʻllanadi. Diod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektr od) – bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodi asbob. Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika, еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni almashlab ulashda ishlatiladi. Yarimo'tkazgich diod deb bir (yoki bir necha) elektr o'tishlarga ega ikki elektrodli elektron asbobga aytiladi. Diodlar radioelektron qurilm alarda ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar. Barcha yarimo'tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: to'g'rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To'g'rilovchi diodlar o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka o'zgartirish uchun qo'llanadi. To'g'rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog'liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga ajratiladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda p-n o'tishlarning turli elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik hodisalardan. manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus '.azifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o'zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo'llaniladi. Tranzistor (ing . transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob. Mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi. Amerika olimlari J. Bardin, U. Bratteyn va U. Shokli 1948 yilda ixtiro qilishgan. Tuzilishi va tokni boshqarish mexanizmiga koʻra, T. 2 katta sinfga: bipolyar (oddiy T.) va unipolyar (dala T.i) sinflarga boʻlinadi. T.lar kichik quvvatli va kam shovqinli; impulsli; past, yuqori va oʻta yuqori chastotali; foto T.lar (yorugʻlik signallarini elektr signallariga oʻzgartiruvchi) va boshqa turlarga boʻlinadi. T.lar, asosan, germaniy, kremniy va boshqa monokristall yarimoʻtkazgich materiallardan yasaladi. Xalq orasida ixcham mikroelektron radiopriyomniklar ham T. deb yuritiladi. Triod [yun. tri — uch va (elek)trod] — termoelektron katod (bevosita yoki bilvosita qiziydi), boshqaruvchi toʻr va anodlardan iborat 3 elektrodli elektron lampa. Oddiy T.da silindrik anod (qiyin eruvchi metall — Ni, Mo yoki Ta dan yasaladi) ichiga spiralsimon toʻr (oʻsha metalldan qilinadi) joylashtiriladi. Anod va toʻrning umumiy oʻqiga katod (vanadiy W dan tayyorlanadi) joylashtiriladi. Vazifasiga koʻra, T.larning konstruksiyasi va koʻrsatkichlari qiymati turlituman, T. qabul qiluvchikuchaytiruvchi lampa, generator lampa sifatida ishlatiladi. T. yuqori quvvatli elektr tebranishlari generatorlarida, yuqori radiatsiyali va oʻzgaruvchan trali sharoitda ishlaydigan radiopriyomniklarda qoʻllanadi. Download 22.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling