Dars jihozlari: elektron darslik, slayd, kodoskop, olimlarning rasmlari.
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum», «Modifikatsiya-langan ma'ruza» interfaol metodlari, «Fizik diktant» o'tkazish.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
Uy vazifalarini so'rash - 10 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 13 minut.
Uyga vazifalar berish - 2 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
Uy vazifalarini tekshirish. «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalanishda o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1) Zaryadlangan jismlarning o'zaro ta'sir kuchi qachon va kim ;
tomonidan kashf etilgan?
Buralma tarozining tuzilishi, ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Kulon qonunining matematik ifodasini yozib bering.
к koeffitsientning ma'nosi nimadan iborat? Uning qiymatini yozib bering.
Eng kichik elementar zarra nima? Uning qiymatini yozib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |