Elektrodinamika asoslari


Download 71.21 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi71.21 Kb.

 

 

ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI 

Elektrodinamika-elektr  zaryadlari  orasidagi  o‘zaro  ta’sirni  amalga  oshiruvchi  elektromagnit 

maydon qonunlari haqidagi bo‘limdir. 

Eng sodda elektr va magnit hodisalari juda qadim zamonlardanoq odamlarga ma’lum bo‘lgan. Bu hodisalar 

yagona sistemaga solinguncha ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan, kashfiyotlar qilingan. 1785-yilda fransuz fizigi 

Sh.Kulon  (1736−1806)  nuqtaviy  zaryadlar  orasidagi  o‘zaro  ta’sir  qonunini  kashf  etdi.  1820-yili  daniyalik 

fizik  Ersted  (1777−1851)  elektr  toki  atrofida  magnit  maydon  hosil  bo‘lishini  kashf  etdi.  1831-yilda 

M.Faradey  (1791−1867)  elekromagnit  induksiya  hodisasini  ochdi.  Ingliz  olimi  J.Maksvell  (1831−1879) 

elektrodinamikaning  asosiy  qonunlarini  yaratdi  va  1867−yilda  e’lon  qildi.  U  o‘zining  nazariyasida  tabiatda 

yagona  elektromagnit  maydon  mavjudligini  ko‘rsatdi.  Nemis  fizigi  G.Gers  (1857−1894)  elektromagnit 

to‘lqinlarning mavjudligini tajribada isbotlab, Maksvell nazariyasini tasdiqladi. 

I BOB. ELEKTR MAYDON 

Elektr  maydon−elektromagnit  maydonning  (magnit  maydon  bilan  birgalikda)  namoyon  bo‘lish 

shakllaridan biridir. U harakatsiz zaryadga ta’sir ko‘rsatadi. Elektr maydon haqidagi tushuncha ingliz fizigi 

M.Faradey  tomonidan  kiritilgan.  Uning  tasavvuri  bo‘yicha  harakatsiz  har  bir  zaryad  o‘z  atrofida  elektr 

maydon  hosil  qiladi.  Bu  zaryadlar  bir-birlari  bilan  maydonlari  orqali  ta’sirlashishadi.  Harakatsiz  zaryad 

atrofidagi  elektr  maydonga  elektrostatik  maydon  deyiladi.  Ushbu  bob  elektrostatik  maydonni  o‘rganishga 

bag‘ishlanadi. 

1-§.Elektr zaryadi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. 

Elektr  zaryadi.  Jun  matoga  ishqalangan  kahrabo  tayoqcha  yengil  narsalarni  tortish  xususiyatiga  ega 

bo‘lishi  juda  qadim  zamonlardan  ma’lum  bo‘lgan.  Ingliz  shifokori  Jilbert  (XVI  asrning  oxiri)  ishqalashdan 

keyin yengil narsalarni torta olish xususiyatiga ega bo‘lgan jismlarni elektrlangan (yunoncha kahrabolangan) deb 

atadi  va  elektr  so‘zi  qo‘llanila  boshlandi.  Tabiatdagi  moddalarning  turli-tumanligiga  qaramasdan  faqat  ikki 

xilgina, qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari mavjud. Amerikalik fizik R.Milliken (1868−1953) tajribalar 

yordamida elektr zaryadi diskret ekanligini, ya’ni istalgan jismning zaryadi elementar elektr zaryadi e(e=1,6 

10

–19


C)ga karrali ekanligini aniqladi. Boshqacha aytganda, istalgan jismning zaryadi QNe, (N−butun son) 

bo‘lmog‘i  kerak.  Elektron  (m



e

=9,11  10

–31

kg)  va  proton  (m

p

=1,67  10

–27

kg)  mos  ravishda  manfiy  va 

musbat elementar zaryadli zarralardir. 

Manfiy  zaryadlangan  jismda  elektronlar  protonlardan  ko‘p.  Musbat  zaryadlangan  jismlarda 

elektronlar protonlardan kam.  

Zaryad  zarraning  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Zaryadsiz  zarra  bo‘lishi  mumkin,  lekin  zaryad  zarrasiz 

bo‘la olmaydi.  

Elektr  zaryadi  –  zaryadlangan  zarralarning  o‘zaro  ta’siri  amalga  oshiriladigan  elektr 

maydonini vujudga keltiruvchi fizik kattalikdir.  

Jismlarning har qanday ta’sirlashuvida ham ularning to‘la elektr zaryadlari o‘zgarmaydi.  

Tajribalarning  ko‘rsatishicha,  jismlarning  elektroneytralligi,  ya’ni  musbat  va  manfiy  zaryadlari 

tengligining aniqligi 10

−21


ga teng.  

Elektr  zaryadining  saqlanish  qonuni  1750-yilda  amerikalik  olim  va  davlat  arbobi  Bendjamin  Franklin 

tomonidan aniqlangan. Musbat va manfiy zaryadlarini “+” va “” ko‘rinishidagi belgilashlarni fanga u 

kiritgan.  

Elektromagnit  ta’sir.  Yuqorida  ko‘rganimizdek,  har  qanday  jism  massasidan  tashqari  elektr  zaryadi 

bilan ham xarakterlanadi va ular orasida nafaqat gravitatsion, balki elektromagnit ta’sir ham mavjuddir. Bir 

xil ismli zaryadlar itarishadi, turli ismlilari esa tortishishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, elektromagnit 

ta’sir  gravitatsion  ta’sirdan  ko‘p  marta  kuchliroqdir.  Shu  bilan  birga  gravitatsion  ta’sir  barcha 



jismlarga  xos  bo‘lsa,  elektromagnit  ta’sir  faqatgina  zaryadlangan  jismlargagina  xos  xususiyatdir. 

Elektromagnit ta’sirning kuchliligi jismdagi zaryad miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 



Jismlarning  zaryadlanishi.  Tabiatdagi  barcha  jismlar  elektrlanib  qolish  xususiyatiga  ega.  Elektrlanish 

esa  turlicha  usullar  bilan  amalga  oshiriladi.  Ularning  eng  soddasi  bir  jismni  ikkinchisiga  ishqalashdir. 

Masalan,  teriga  ishqalangan  shisha  tayoqcha  musbat,  junga  ishqalangan  kahrabo  tayoqcha  esa  manfiy 

zaryadlanib  qoladi.  Xo‘sh,  bu  zaryadlar  qanday  paydo  bo‘ladi?  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  barcha  jismlarda 

elektr  zaryadi  mavjud.  Faqatgina  elektroneytral,  ya’ni  zaryadlanmagan  jismlarda  musbat  va  manfiy 

zaryadlarning miqdori teng. Tayoqchalarni matoga ishqalash esa zaryadlarning paydo bo‘lishiga emas, 



balki ularning qayta taqsimlanishigagina olib keladi.  

Tayoqcha  mato  sistemasida  ham  zaryadlar  miqdori  o‘zgarmay  qolaveradi.  Ya’ni    hosil  bo‘ladigan 

zaryadlarning algebraik yig‘indisi nolga teng bo‘ladi. 


Bir  xil  ishorali  ortiqcha  elektr  zaryadlar  jismdagi  zaryad  miqdori  deyiladi.  Umumiy  zaryad  undagi 

hamma elektr zaryadlarning algebraik yig‘indisiga teng. 



Elektrostatika.  Jismlarni zaryadlash (elektrlash) turlari. 

Bu  jarayonda  elektrlanadigan  jism  elektrlanadi,  ya’ni  elektr  zaryadi  oladi.  Bunda  zaryadlarning  qayta 

taqsimlanishi  ro‘y  beradi  va  natijada  ba’zi  jismlarda  elektronlar  ortiqcha  bo‘lib  qoladi  (jism  manfiy 

zaryadlanadi), ba’zi jismlarda esa elektronlar kam bo‘lib qoladi (jism musbat zaryadlanadi). Shu bilan birga 

elektr zaryadining saqlanish qonuni bajariladi.  

Elektrlashning eng qadimgi turi ishqalash bilan elektrlashdir. Bir jism ikkinchisiga ishqalanganda tashqi 

kuchlar  zaryadlarni  ajratish  uchun  zarur  bo‘lgan  ishni  bajaradi.  Qattiq  jismlar  kristall  panjarasining 

defektlarida zaryadlar yig‘ilgan bo‘ladi va ustki qismda teskari zaryadlangan zarralar qatlami hosil qilinadi.  

Ular  birgalikda  elektroneytral  bo‘ladi.  Tashqi  ishqalanish  aynan  shu  qatlamni  buzadi  va  jismning 

zaryadlanishi ro‘y beradi.  



Kontakt usulida zaryadlangan va zaryadlanmagan jismlar bir-birlariga tegdiriladi. Bunda zaryadlangan 

jism  zaryadining  bir  qismi  zaryadlanmagan  jismga  o‘tadi.  Ya’ni  elektronlarning  diffuziyasi  ro‘y  beradi. 

Kontakt  usulida  zaryadlanish  elektroneytral  jismlarda  ham  ro‘y  berishi  mumkin.  Bunda  elektronlarning 

diffuziyasini  temperaturalar  farqi,  elektronlar  konsentrasiyalarining  teng  emasligi  ham  vujudga  keltirishi 

mumkin.  

Kimyoviy  reaksiyalar  natijasida  zaryadlarning  qayta  taqsimlanishi  ro‘y  berishi  mumkin.  Galvanik 

elementlar bunga misol bo‘ladi.  



Maydon  ta’sirida  (elektrostatik  induksiya).  Tashqi  maydon  ta’sirida  jismdagi  musbat  va  manfiy 

zaryadlarning bir tekis taqsimoti buziladi. 



Turli nurlanishlar ta’sirida (ultrabinafsha, rentgen va 

?????? –nurlar ta’sirida). Bu nurlar ta’sirida metallar 

sirtidan elektronlar uzib olinadi va metall musbat zaryadlanib qoladi.  

Elektr  zaryadi  doimo  zarracha  va  biror  jism  bilan  bog‘langan  bo‘ladi.  Ammo  fizikada  jism  va 

zarralarga urg‘u bermasdan “zaryad” atamasidan foydalanishni afzal ko‘rishadi . 



Elektr  zaryadining  saqlanish  qonuni.  Juda  ko‘plab,  jumladan,  o‘z  tajribalari  asosida  ingliz  fizigi 

M.Faradey 1843-yilda tabiatning fundamental qonunlaridan biri elektr zaryadining saqlanish qonunini 

ta’rifladi: 

Istalgan yopiq sistemada, sistema ichida qanday jarayonlar ro‘y berishidan qat’i nazar, 

elektr zaryadlarining algebraik yig‘indisi o‘zgarmaydi:      

,

1



const

Q

n

i

i





  

 

(48.1) 

bu yerda n−sistemadagi zaryadlar soni. 

Yopiq sistema deb tashqi jismlar bilan zaryad almashmaydigan sistemaga aytiladi. 



Elektr  zaryadi  paydo  ham  bo‘lmaydi,  yo‘qolmaydi  ham,  u  faqat  bir  jismdan  ikkinchisiga 

uzatiladi yoki shu sistema ichida qayta taqsimlanadi. 

Zaryadning saqlanish qonuni chuqur ma’noga ega.  Agar elementar zarralar soni o‘zgarmasa, uni tushunish 

qiyin  emas.  Lekin  elementar  zarralar  paydo  bo‘lishi  (tug‘ilishi)  va  yo‘qolishi,  ya’ni  zarralarning  turli 

aylanishlari  ro‘y  berishi  mumkin.  Zaryadning  saqlanish  qonuniga  muvofiq  ular  juft-juft  bo‘lib 



yo‘qolishi  yoki  paydo  bo‘lishlari  mumkin.  Barcha  aylanishlarda  elektr 

zaryadlarining  saqlanish  qonuni  bajariladi  va  u  tabiatning  fundamental 

qonunidir.  

Shunday  qilib,  olamda  zaryadning  saqlanish  qonuni  bajariladi  va 



aftidan uning yig‘indisi nolga teng bo‘lsa kerak.  

Elektr  zaryadi−relativistik  invariant  kattalik  bo‘lib,  uning  miqdori  qanday 

sanoq  sistemasida  qaralayotganligiga,  zaryadning  harakatda  yoki  tinch 

turganligiga mutlaqo bog‘liq emas. 



Elektr  zaryadining  SIdagi  birligi.  Elektr  zaryadining  SIdagi  birligi 

hosilaviy kattalik bo‘lib, 1 A tok oqayotgan o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim 

yuzidan 1 s da oqib o‘tgan zaryadlar miqdoriga tengdir. Bu zaryad miqdori 1 

kulon (C) deyiladi. 



s

A

s

А

С



1



1

1

1



 

Elektroskop.  Plastmassa  taglikka  o‘rnatilgan    tayoqcha  ilgagiga  ikki  buklangan  yupqa  metall 

qog‘ozni 1-rasmda ko‘rsatilganidek osib qo‘yamiz.  

Ebonit tayoqchani jun matoga  ishqalab elektrlaymiz va uni simga tekkizamiz. Bunda sim ham, unga osilgan 

folga yaproqchalar ham elektrlanib qoladi va yaproqchalar bir-biridan itariladi. Bunga yaproqchalarning bir 



xil  ishorali  elektrlanganligi  sabab  bo‘ladi.  Bu  tajriba  elektroskopning  ishlashiga  asos  qilib  olingan. 

«Elektroskop»  so‘zi  grekcha  «elektron  va  «skopeo»  so‘zlaridan  olingan.  “Skopeo”−“kuzatmoq”, 



“payqamoq”  demakdir.  Elektroskop−  jismlarning  elektrlanganligini  sezish,  kuzatish  uchun 

qo‘llaniladigan asbob. 

Eng  sodda  elektroskop  2-rasmda  ko‘rsatilgan.  Unda  metall  gardishga  o‘rnatilgan  plastmassa  tiqin 

orqali  metall  sterjen  o‘tkazilgan.  Sterjenning  yuqori  uchiga  sharcha  o‘

rnatilgan,  pastki  uchiga  esa  metall 

yaproqchalar mahkamlangan. Gardishning ikkala tomoni oyna bilan berkitilgan. 

Elektrometr.  Jismlarning  qay  darajada  elektrlanganligini  aniqlaydigan  ko‘rsatkichli  va  darajalangan 

elektroskop−elektrometr deb ataladi. 

3-rasmda  elektrometr  tasvirlangan.  Elektrometrda  metall  sterjen  (1)ga 

muvozanatlangan  ko‘rsatkich  tayoqcha  (2)  o‘rnatilgan.  Sterjen  va  ko‘rsat-kichni 

tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun metall g‘ilof (3) yerga ulangan. 

Elektrometrning ichiga ko‘rsatkich mahkamlangan. Sharcha elektrlanganda 

sterjen  va  ko‘rsatkich  bir  xil  ishorali  elektrlanadi.  Natijada  ko‘rsatkich  tayoqcha 

sterjendan  itariladi.  Uning  holatiga  qarab,  sharchaning  elektrlanganlik  darajasini 

aniqlash mumkin. 

Elektr o‘tkazgichlar va  dielektriklar (o‘tkazmaslar). 

Ikkita  bir  xil  elektrometr  olaylik.  Ulardan  birining  sharchasi  elektrlangan 

bo‘lsin.  Ularni  yonma-yon  qo‘yib,  elektrometrlar  sharchalarini  shisha  tayoqcha 

bilan  o‘zaro  ulaylik.  Elektrlangan  elektromet

rning  ko‘rsatishi  o‘zgarmaydi. 

Undagi  elektr  zaryadlari  ikkinchi  elektrometrga  shisha  tayoqcha  orqali  o‘tmaydi  (4-a  rasm).  Bunga  sabab, 

shisha elekt

rni o‘tkazmaydi. 

Endi  elektrometrlar  sharchalarini  metall  tayoqcha  bilan  o‘zaro  ulaylik. 

Birinchi  elektrometrdagi  elektr  zaryadlari  ikkinchi  elektrometrga  o‘tadi. 

Natijada birinchi elektrometr ko‘rsatishi kamayadi, ikkinchisiniki esa ortadi (4-b 

rasm). Bunga sabab, metall elektrni yaxshi o‘tkazadi. 



Moddalardagi elektronlar miqdori. Erkin elektronlarining miqdoriga qarab 

moddalar  o‘tkazgichlarga,  dielektriklarga  va  yarim  o‘tkazgichlarga  ajraladi.  

Butun  hajmi  bo‘ylab  elektr  zaryadini  erkin  o‘tkazuvchi  moddalar  o‘tkazgichlar 

deyiladi.  Barcha  metallar,  tuz  va  kislotaning  suvdagi  eritmalari  hamda  yer, 

beton,  ko‘mir  va  boshqalar  elektr  o‘tkazgichlardir.  Odam  tanasi  ham  elektrni 

o‘tkazadi.  O‘tkazgichlar  ikki  guruhga  bo‘linadi:  1)  birinchi  tur  o‘tkazgichlar 

(metallar)−ularda zaryad (erkin elektronlar) ko‘chganda kimyoviy o‘zgarish ro‘y 

bermaydi; 2) ikkinchi tur o‘tkazgichlar (eritmalar) −ularda zaryadning ko‘chishi 

kimyoviy o‘zgarishlarga olib keladi. 

O‘zidan  elektrni  o‘tkazmaydigan  moddalar  dielektriklar  deb  ataladi.  Dielektriklardan 

tayyorlangan buyumlar esa izolyatorlar deyiladi. 

«Dielektrik»−grekcha so‘z bolib, «o‘tkazmas» degan ma’noni bildiradi. 

«Izolyator»  esa  lotincha  «izolyaro»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «yakkalangan» 

degan ma’noni anglatadi. Dielektriklarga barcha turdagi shishalar, pastmassalar, 

rezina, kauchuk, sopol, havo kiradi. 

Ularda amalda erkin elektronlar mavjud bo‘lmaydi. Yarim  o‘tkazgichlar 

(germaniy,  kremniy  va  hokazolar)  o‘tkazgichlar  va  dielektriklar  oralig‘ida 

bo‘ladi. 

Jismlarning  elektr  qutblanishi.  Kahrabo  tayoqcha  elektrlanganda 

manfiy  zaryad  oladi.  Unda  qanday  qilib  u  zaryadlanmagan  zarrani  o‘ziga 

tortadi? 

Demak,  zarra  ham  qandaydir  usul  bilan  zaryadlanib  qolgan  bo‘lishi 

kerak.  Zarra  ham  har  qanday  dielektrik  kabi  tayoqning  elektr  maydonida 

qutblanadi.  Zarraning  tayoqchaga  yaqin  joyida  bog‘langan  musbat  zaryadlar, 

uzoq joyida esa manfiy zaryadlar paydo bo‘ladi. Zarraning umumiy zaryadi esa 

nolga teng bo‘lib qolaveradi.  Zarraning  musbat zaryadlari  manfiy zaryadlariga 

nisbatan tayoqchaga yaqin bo‘lgani uchun ham zarraning manfiy zaryadlangan 

tayoqchaga tortilishi kuzatiladi. 

Ikkita  bir  xil  jismli  zaryadlangan  jismlarning  bir-birlariga  tortilishlari  ham 

shunday ro‘y beradi.  



Agar ulardan birining zaryadi ikkinchisinikidan juda katta bo‘lsa, kichik zaryadli jism shunday kuchli 

qutblanishi  mumkinki  induksiyalangan  bog‘langan  zaryad  uning  xususiy  zaryadidan  ham  ancha  katta 

bo‘ladi.  Bu  holda,  tabiiyki,  induksiyalangan  zaryadning  tortishishi  kichik  jism  xususiy  zaryadining  itarish 

kuchidan ham kattaroq bo‘ladi. Natijada ikkita bir xil ismli zaryadlangan jismlarning tortishishlari kuzatiladi. 

Zaryadlanmagan  jismlarning  elektr  ta’sirlashuvi  juda  ham  g‘aroyib  tuyuladi.  Atomlar  moddada  va 

elektronlar atomlarda doimo harakatda. Shuning uchun istalgan neytral jismning turli nuqtalarida o‘z-o‘zidan 

zaryadlar induksiyalanishi mumkin. Bu holda ham jismning to‘la zaryadi o‘zgarmay qolaveradi. Jism ichida 

zaryadlarning bunday  o‘z-o‘zidan ajralishi tasodifiy ro‘y beradi va unga  qutblanish fluktatsiyasi deyiladi. 

Agar  bitta  jism  (atom)  tasodifan  qutblansa,  bu  jism  zaryadining  maydonida  qo‘shni  jism  (atom)  shu 

lahzadayoq  qutblanadi  va  natijada  bu  zaryadlanmagan  jismlar  orasida  elektr  tortishish  kuchi  vujudga 

keladi. Neytral atom va molekulalar orasidagi o‘zaro elektr ta’siri (Van-der-Vaals mexanizmi) ham shu kabi 

ro‘y beradi. 



Sinov savollari 

1.  Elektrodinamika  bo‘limi  nima  haqida?  2.  Elektr  hodisalarini  kishilar  qachon  seza  boshlashgan? 

3.Elektrlangan  tushunchasi  kim  tomonidan  va  nima  asosida  fanga  kiritilgan?  4.  R.Milliken  o‘z  tajribasida 

nimani aniqlagan? 5. Qanday elektr zaryadlari mavjud? 6. Elektr zaryadi diskret deganda nimani tushunasiz? 

7.  Elektron  va  protonlar  haqida  nimalarni  bilasiz?  8.  Zaryadlangan  zarralar  orasida  qanday  ta’sir  mavjud? 

9.Elektromagnit  ta’sir  barcha  jismlarga  xos  xususiyatmi?  Gravitatsion  ta’sir-chi?  10.  Elektr  zaryadining 

miqdori nima bilan xarakterlanadi? 11. Gravitatsion ta’sir kuchlimi yoki elektromagnit ta’sirmi? 12. Jismlar 

qanday  usullar  bilan  elektrlanishi  mumkin?  13.  Jismlarda  zaryad  qayerdan  paydo  bo‘ladi?  14.  Biror 

jarayonda hosil bo‘ladigan zaryadlarning algebraik yig‘indisi nimaga teng? 15. Elektr zaryadining saqlanish 

qonunini  ayting?  16.  Yopiq  sistema  deb  qanday  sistemaga  aytiladi?  17.  Elektr  zaryadining  miqdori  sanoq 

sistemasining tanlanishiga bog‘liqmi? 18. Elektr zaryadining SIdagi birligi qanday? 

 

Asosiy atamalar. 

O‘zbekcha 

Ruscha 

Inglizcha 

Elektr 


Электр 

Electr 


Zaryad 

Заряд  


Charge 

Maydon 


Поле  

Field 


Bo‘lim 

Раздел  


Section 

Qadim zamon 

Древние времена 

Ancient times 

Yagona 

Единственный 



Single 

Kashfiyot 

Открытие  

Exploration 

Namoyon 

Проявление  

Visible 

Tushuncha 

Понятие  

Idea 


Diskret 

Дискрет  

Discret 

Miqdor 


Количество  

Amount 


Jun 

Шерсть  


Wool 

Mato 


Ткань (материал) 

Dothcloth, material 

Kahrabo 

Эбонит  


Magnet 

Ishqalash 

Трение 

Rubbing 


Elektroneytral 

Электронейтральное  

Elektroneutral 

Ortiqcha 

Болше (лишний) 

Irrelative 

Yig‘indi 

Сумма  


Sum 

Ko‘chish 

Перемещение  

transfer 



 

Mashqlar 

1. Kahrabo tayoqcha jun matoga ishqalanganda zaryadlanib yengil narsalarni tortadi. Yengil narsalar 

zaryadlanmaganku? Ular orasidagi tortish kuchi qanday tabiatga ega? 



2. Nima uchun plastmassa yoki ebonit taroqlar bilan soch taralganda soch taroqqa yopishib qoladi? 

Javob: Ebonit yoki plastmassa taroqlar bilan soch taralganda zaryadlarning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi 

va ular qarama−qarshi ishorali zaryadlar bilan zaryadlanib qoladi. Shu sababli sochlar taroqqa tortiladi.  



3. Shkivga o‘tkazilgan qayish harakatlanganda vaqti-vaqti bilan uchqun chaqnab turadi, buning sababi nima? 

Javob: Qayish va shkiv orasidagi ishqalanish natijasida elektr zaryadlarning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi. 

Ular ortiqcha biror turdagi elektr zaryadlariga ega bo‘lib qolishadi. Bu zaryadlar biror qiymatga yetganidan 

so‘ng ular orasida zaryadlarning o‘tishi, ya’ni uchqun ro‘y beradi. 

4. Agar elektroskopning sharchasiga zaryadlangan jism tegdirilsa, yaproqlari nega 

ochiladi? 



Javob: Bunda elektroskop yaproqlarining ikkalasi ham bir xil zaryadlanib qoladi 

va natijada bir– birlarini itarishadi. 



5.  Ingichka  ipga  osib  qo‘yilgan  zaryadlangan  sharchaga  elektroskoplar 

yaqinlashtirildi.  Bunda  sharcha  o‘ng  tomonga  og‘di  (5-rasm).  Bundan  qanday 

xulosa chiqarish mumkin. 

Javob:  Demak,  chap  tomondagi  elektroskop  va  sharchaning  zaryadlari  bir  xil 

ismli,  yoki  bir-birlarini  itarishadi.  O‘ng  tomondagi  elektroskop  va  sharcha 

zaryadlari turli ismli, ya’ni bir-birlarini tortishishadi. 

6. Musbat zaryadlangan sharga qo‘limizni tegdirsak, uning massasi o‘zgaradimi? 

Agar shar manfiy zaryadlangan bo‘lsa-chi? 



Javob:  Qo‘limizni  tegdirsak,  shar  zaryadlanib  qoladi.  Ya’ni  unga  barmog‘imizdan  qanchadir  miqdorda 

elektronlar  o‘tib  yetishmagan  elektronlar  o‘rnini  to‘ldiradi.  Sharning  massasi  esa  o‘tgan  elektronlar 

massalariga teng miqtorda ortadi.  

Agar shar manfiy zaryadlangan bo‘lsa ortiqcha elektronlar qo‘limizga  o‘tadi. Demak,  manfiy zaryadlangan 

sharning massasi qo‘limizga o‘tgan elektronlar massalarining soniga teng miqdorda kamayadi.  

7. Zaryadlangan elektroskopning shariga qo‘lni yaqinlashtirsak(tekkizmadan) uning yaproqchalari bir-biriga 

yaqinlashadi. Bunga sabab nima? 



Javob:  Elektroskop  yaproqlarining  bir-birlariga  yaqinlashishiga  sabab  ulardagi  zaryad  miqdorining 

kamayishidir.  Qo‘lni  elektroskop  shariga  yaqinlashtirganimizda  (qo‘l  juda  yaxshi  o‘tkazgich)  unda 

elektroskopnikiga  teskari  ishorali  zaryadlar  yig‘iladi  (induksiyalanadi).  Natijada  elektroskopdagi  zaryadlar 

sharga yig‘ilib yaproqchalarda kamroq qoladi va ular bir-birlariga yaqinlashishadi. 



8.  Zaryadlangan  elektroskop  shariga  (tegdirmasdan)  zaryadlangan  metall  tayoqcha  yaqinlshtirilgan. 

Elektroskop yaproqlarining joylashuvi qanday o‘zgaradi? 



Javob:  Agar  tayoqchaning  zaryadi  elektroskopning  zaryadi  bilan  bir  xil  ismli  bo‘lsa,  yaproqchalar  yanada 

uzoqlashadi.  Bunga  sabab  elektroskop  sharida  teskari  ishorali  zaryadlarning  induksiyalanishi  va 

yaproqchalardagi  zaryadlarning  yanada  ortishidir.  Agar  tayoqchaning  zaryadi  elektroskopning  zaryadiga 

teskari  bo‘lsa  yaproqchalar  yaqinlashishadi.  Bunga  sabab  zaryadning  bir  qismi  sharda  yig‘lib 

tayoqchalardagi zaryad miqdorining kamayishidir. 

9.  Nima  uchun  elektrostatikada  zaryadlangan  jismlarni  oddiy  ipga  emas,  balki  shoyi  ipga  olishni  tavsiya 

qiladilar (Quruq bo‘lishi maqsadga muvofiq)? 



Javob:  Shoyi  juda  yaxshi  izolyator  (elektr  zaryadini  juda  yomon  o‘tkazadi)  va  bundan  tashqari  suvni 

shimimaydi. 



10. Elektroskopning shariga barmog‘imizni tegizsak, u tezda zaryadsizlanib qolishiga sabab nima? 

Javob:  Inson  tanasi  yaxshi  o‘tkazgich.  Agar  qo‘limizni  elektroskop  shariga  tegizsak,  zaryadlar  tanamizga 

o‘tib qoladi. 



11.  Nima  uchun  chaqmoq  qaytargichning  pastki  uchi  yerning  chuqurroq,  doimo  nam  bo‘lgan  qismigacha 

tushiriladi? 



Javob: Yig‘ilgan zaryadlarni yerning chuqurroq, yaxshi o‘tkazuvchi bo‘lgan nam qismigacha yetib borishini 

ta’minlash uchun.  



 

 

Qo‘llanmani sotib olish bo‘yicha +998 90 615 90 09;  +998 97 772 92 26   



telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Qo‘llanma  bo‘yicha  barcha  mulohazalarni  fizika.1011@mail.ru 

elektron pochtaga yuborishingizni so‘raymiz. 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling